Hujjat turlari va xususiyatlari


Download 57.39 Kb.
bet5/6
Sana21.01.2023
Hajmi57.39 Kb.
#1107499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjat turlari va xususiyatlari

TILXAT.
Ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tilxat).

  2. Matn:

  1. tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familyasi, ismi va ota ismi;

  2. pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi);

v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
g) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, apparatlar va sh. k. bo‘lsa).

  1. Tilxat berilgan sana.

  2. Tilxat muallifining imzosi.

Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, q avs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi y ozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
TUSHUNTIRISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya’ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassa sada bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaga, rahbarning ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, kolxozchi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda i sh (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki o‘ qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Shaxsiy Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa q o‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy q ismlardan iborat bo‘ladi:
Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.
Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
Hujjat matni (mazmuni).
Imzo.
Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki, muassasaning to ‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbarning yoki xodimning to‘liq nomi deganda, u ishlaydigan (o‘ qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxsning lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarning joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirilgan ma’qulroqdir.
IKKINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA

  1. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan leksik-grammatik xususiyatlarni ko‘zd an kechirib shunday xulosaga kelish mumkinki, mazkur uslubda kitobiylik ottenkasi kuchli.

  2. Rasmiy uslubga xos bo‘lmagan xususiyatlar quyidagilar: subyektiv munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki kuchli bo‘lgan so‘zlar. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi meyor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. Ko‘chirma gaplar yoki o‘zlashtirma gaplar, kiritma gaplar, modal ma’nodagi ga p lar qo‘llanilmaydi.

  3. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor. Hujjatshunoslikdag i ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar, eng avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tash qi hujjatlar farqlanadi.

  4. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.

UMUMIY XULOSALAR

  1. So‘zlashuv, badiiy, ilmiy va publitsistik nutq uslubi bilan rasmiy nutq uslubi o‘zbek adabiy tilining amaldagi faoliyat va muloqot shakli hisoblanadi.

  2. Rasmiy nutq uslubi o‘zbek xalqining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqdir. Qachon davlat tuzumi shakllangan va yuzaga kelgan bo‘lsa, rasmiy nutq uslubi ham o‘sha vaqtda shakllangan, yuzaga kelgan. Davlat mulkini hisobga olish, mulkni davlat hisobchilariga tarqatib berish, masjid va madrasalardagi ta’lim tizimini ta’minlash, harbiy kishilarning ta’minotini bajarish, tartibu qonunni buzgan kishilarni jazolash kabi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar rasmiy nutqning shakllani shi va yuzaga kelishi uchun asos hisoblangan.

  3. Sobiq sho‘rolar tuzumi hukmronligi davrida rasmiy nutq uslubining ko‘pgina namunalari rus tilida yozilishi an’anaga aylangan edi.

  4. Rasmiy nutq namunalari quyidagilar hisoblanadi: ariza, tilxat, tarjimayi hol, ishonchnoma, tushuntirish xati, bildirishnoma, bildirgi, dalolatnoma, buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, e’lon, farmon, guvohnoma, qaydnoma, yo‘riqnoma, nizom, ustav, bayonnoma, ma’lumotnoma, mehnat daftarchasi, yig‘ma jild, shaxsiy varaqa, tavsifnoma, munosabat be lgisi (rezolyutsiya), tavsiyanoma, taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modem, hisobot, kafolatnoma, shartnoma, bitim, turli grafiklar, adres va boshqalar.

  5. Maktab ta’limida quyidagi ish qog‘ozlari ta’lim jarayonida o‘quvchining bo‘sh vaqtlarida va boshqa tarbiyaviy jarayonlarda o‘rgatilishi lozim. Har bir tayanch ma’lumot egasi quyidagi ish qog‘ozlarini yozish, tuzatish, turli shakllarda yozishni bilishi zarur: Tarjimayi hol, ariza, e’lon, tushuntirish xati, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, shaxsiy varaqa, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, qaydnoma, dalolatnoma, telegramma, bildirishnoma va boshqalar.

  6. Rasmiy nutq muloqotning bir turi sifatida har bir shaxsning ish

faoliyati uchun zarur hisoblanadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”g i qonuni (1989-yil 21-oktabr) qabul qilinganidan keyin rasmiy nutq uslubining mavqei ortdi. Har biri kishi fuqaro sifatida o‘zining kelgusi faoliyatida zarur bo‘ladigan rasmiy hujjatlarning to‘g‘ri yozilishini bilishi lozim, to‘g‘ri yozilganligini bilmog‘i zarur.

  2. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida ish qog‘ozlarining rasmiy nutq oddiy namunalarining yozilish tartibi o‘zgardi. Rus tiliga xos bo‘lgan yozish usullari bekor qilindi. Lekin bu tartibga hamma joyda ham amal qilinayotgani yo‘q. Ta’lim tizimida rasmiy nutqning oddiy namunalari o‘quvchiga yoshlikdan o‘rgatilsa, u kelgusida davlatning rasmiy, ma’muriy idoralarida ishlaganda qiynalmaydi. Har qanday rasmiy nutq namunalarini erkin tarzda, sodda qilib, tushunarli qilib yozib beraveradi.

  3. Rasmiy nutq uslubi namunalari leksik, grammatik xususiyatlari bilan boshqa nutq uslublaridan farq qiladi.

  4. Rasmiy uslub namunalarida so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash mumkin emas. Har qanday so‘z asosiy, izohli lug‘atlardagi bosh ma’nosida qo‘llanadi. So‘zlarning shevaga xos shakllari, kitobiy nusxalari, eskirgan namunalari va shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘zlar ishlatilmaydi.

  5. Rasmiy nutq namunalarida iboralar, tasviriy ifodalar, ko‘chma ma’noli birikmalar, frazemalar, kinoya va qochiriqlar, kesatiqlar, o‘xshatishlar ishlatilmaydi.

  6. So‘zshakllar - so‘zning grammatik shakllari, so‘zga qo‘shilgan turli xil shakl yasovchilar faqat adabiy til normasida bo‘ladi. Gaplarning kesimlari, asosan, fe’l turkumiga mansub so‘zlar bilan izohlanadi. Fe’l turkumiga tegishli so‘zlar I shaxs birligi va ko‘pligida, III shaxsning birligi va ko‘pligida beriladi, asosan, buyruq maylida bo‘ladi.


Download 57.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling