Hujjatli film ustasi m a L i k q a y u m o V


Download 23.69 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi23.69 Kb.

Toshkent shahar Bilim Ахborot-kutubxona markazi 

Axborot-bibliografiya bo’limi 



 

 

Hujjatli film ustasi 



M A L I K    Q A Y U M O V 

(1912-2010) 

105 yilligiga bag‘ishlangan

 

 



 

 

E S L A T M A 



 

Toshkent – 2017 

Tug‘ilgan sana: 1912 Aprel 22 

Vafot etgan sana: 2010 Aprel 29 

Tug‘ilgan joyi: Toshkent 

Yo‘nalishlar: Rejissyor

 

 



«O’zbekiston  xalq  artisti»,  «Mehnat  Qahramoni»  unvonlari  sohibi  «El-

yurt  hurmati»  ordeni  sohibi  bo’lgan  Malik  Qayumov  «Soyuzkinoxronika»ning 

O’rta  Osiyo  respublikalari  bo’yicha  muxbiri,  ijodiy  faoliyatida  110  dan  ortiq 

hujjatli  filьmlar  yaratib,  o’zbek  xalqining  tarixi,  madaniyati,  fani  va  san’atini 

jahonga  tanitgan  ulkan  san’atkor,  o’zbek  hujjatli  kinosiga  asos  solib,  o’zbek 

kino san’atini nodir asarlar bilan boyitdi. 



 

Tarjimai hol 

 

O’zbek  kinosan’atining  ulkan  namoyandasi  Malik  Qayumov  1912  yilda 



Toshkentda tug’ilgan. Mehnat faoliyatini 1929 yildan «Sharq yulduzi» (O’zbek 

Davlat kinosi) kinostudiyasida boshlab, «Bog’doddagi amirkon», «Ajoyib kun», 

«Qumlikdagi  voha»,  «Qumdagi  quduq»  va  boshqa  filьmlarda  suratga  tushish 

bilan 


bir 

qatorda 


operator 

assistenti 

bo’lib 

ishlagan. 



         M.  Qayumov  1930—1932  yillarda  Moskva  Butunittifoq  Davlat 

kinematografiya  institutining  operatorlik  bo’limida  tahsil  olib  qaytgach,  1932 

yildan  Toshkent  xronika  kinostudiyasida  operator  va  «Soyuzkinoxronika»ning 

O’rta Osiyo respublikalari bo’yicha muxbiri bo’lib faoliyat ko’rsata boshlagan. 

Ikkinchi  Jahon  urushi  yillarida  Malik  Qayumov  ko’ngilli  sifatida  urushga 

jo’nab,  hujjatli  filmlar  Markaziy  studiyasining  harbiy  kinooperatori,  urushdan 

qaytgach,  1946  yildan  Toshkent  badiiy  va  hujjatli-xronikal  filьmlar 

studiyasining («O’zbekfilm») rejissyor operatori va badiiy rahbari bo’lib ishlay 

boshladi.  1961  yildan  esa  O’zbekiston  ilmiy-ommabop  va  hujjatli  filьmlar 

kinostudiyasining  direktori,  keyinchalik  badiiy  rahbari  vazifasida  faoliyat 

ko’rsatdi.  O’zbekiston  kinematografiya  xodimlarining  IV  syezdida  Malik 

Qayumov  O’zbekiston  kinematografiya  xodimlari  uyushmasining  birinchi 

kotibi 

bo’lib 


saylandi. 

        Malik  Qayumov  60  yildan  ziyod  ijodiy  faoliyatida  110  dan  ortiq  hujjatli 

filьmlar  yaratib,  o’zbek  xalqining  tarixi,  madaniyati,  fani  va  san’atini  jahonga 

tanitgan ulkan san’atkor sifatida hurmat-e’tiborga sazovor bo’ldi, o’zbek hujjatli 

kinosiga  asos  solib,  o’zbek  kino  san’atini  nodir  asarlar  bilan  boyitdi. 

         O’z filmlari bilan ona Vatanimizning boyligi va go’zalligini olamga ko’z-

ko’z qildi.  Ayniqsa,  u suratga olgan  «Qudratli oqim»,  «Bizning O’zbekistonga 

keling», «Tinchlik va do’stlik kinofestivali», «Insonnyatning besh qo’li», «Qirq 



yil  va  bir  kun»,  «Bahordan  bahorgacha»,  «O’zbekiston  bo’ylab  sayohat», 

«Toshkent tinchlik shahri», «Toshkent, zilzila», «San’atga bag’ishlangan umr», 

«O’zbekiston san’ati», «13 qaldirg’och», «Sharqda shunday saxiy shaxslar bor» 

kabi hujjatli filmlari o’zbek kinosan’atining ulkan yutug’i sifatida e’tirof etiladi. 

Malik  Qayumov  ijodida  «Hindiston  tongi»,  «Vetnam  -  mening  Vatanim», 

«Hindi  qush  bo’ylab  yo’l»,  «Oltin  Bengaliya»  kabi  xorijiy  mamlakatlar 

haqidagi 

hujjatli 

filьmlari 

alohida 


o’rin 

tutadi. 


         Uning  ko’plab  filmlari  xalqaro  va  sobiq  Ittifoq  kinofestivallarida  yuksak 

baholanib,  sovrin  va  diplomlarga  sazovor  bo’ldi.  «Toshkent  to’qimachilik 

kombinati»  filьmi  1938  yilda  Nyu-Yorkda  bo’lgan  Jahon  ko’rgazmasida  katta 

Oltin  Medal  bilan,  «Bizning  O’zbekistonga  keling»  filmi  Venetsiyada  bo’lgan 

Xalqaro  kinofestivalda  katta  Oltin  Medal  bilan,  «O’zbekiston  madaniyati 

obidalari»  filmi  Osiyo  va  Afrika  mamlakatlari  kinofestivalida  birinchi  darajali 

diplom  bilan,  «Bahordan  bahorgacha»  filmi  esa  1964  yilda  Sankt-Peterburgda 

bo’lgan  kinofestivalda  birinchi  darajali  diplom  bilan  taqdirlandi. 

         Malik  Qayumov  uch  marta  Moskvada  bo’lgan  Xalqaro  kinofestivalda 

jyuri a’zosi, 1966, 1977 yillarda Moskvada bo’lgan sobiq Ittifoq kinofestivalida 

ikki  marta  jyuri  raisi  bo’lgan.  Uning  o’zbek  kinosan’ati  kamolotadagi  ulkan     

xizmatlari 

munosib 

taqdirlandi. 

        «Bahordan  bahorgacha»  filьmi  uchun  «O’zbekiston  Davlat  mukofotiga 

sazovor bo’ldi. U «O’zbekiston xalq artisti», va «Xalq artisti» hamda «Mehnat 

Qahramoni» unvonlari sohibidir. 1999 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan 

mukofotlandi 



                                                      

 

Adabiyotlar 

Kayumov,

 МЖизн моя- кинематограф [Текст]/ М. Каюмов. – Ташкент: 

Изд-во им. Г’. Г’улом. 1982. – 287 с.  

 Malik Kayumov haqida  ma’lumot 

Qayumov Malik // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi [Matn]: Jild-10. Sharq-

Qizilqum / Tahrir haу’ati M. Aminov, B. Ahmedov, H. Boboyev va boshq 

// O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy 

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. – B. 539-540. 

Malik Kayumov 

[Текст]// Кинематографисты Советского Узбекистана 

: справочник / сост. А. Якубходжаева. – Ташкент: Изд-во лит. и 

искусства им. Г. Гуляма, 1979. – С. 86-88.  

 Teshabayev, D. 

Узбекское кино[Текст]: традитсии, новаторство / Д. 

Тешабаев. – Ташкент:. Г. Гулом,1979. – 182 c 

Xodjayev, F. 

Снимат как дышат[Текст]:рассказы документалиста / Ф. 

Ходжаев. – Москва: Искусство, 1982. – 208 с.

 

 



 

 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling