Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va ikkinchidan, uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli hukmlarga ajraladi.
1. Hukmnng ob'ektiv modalligi inson ongidan tashqari bo’lgan buyumlarning ob'ektiv, ehtimoliy, voqeiy yoki zaruriy bog’lanishlarini aks ettiradi.
a) Ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishning tasdiq yoki inkor shakli extimoliy bo’lishini yoki bo’lmasligini ko’rsatadi. Mantiqda ehtimoliy hukm «extimol S - R emas» formulasi bilan ifodalanadi.
Ehtimoliy hukmlarning chinligi va bu hukmlarning voqeiy hukmlarga aylanishi, aytilgan xodisaning qanday darajada yuz berishi bilan bogliq. Odatda, ehtimoliy hukmlar haqiqatga zid bo’lmasalar, albatta, chin vokeiy hukmlarga aylanadi.
b) Voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi, ya'ni S va R orasidagi bog’lanish aniq ekanligi, ya'ni hukm fakt va bo’lgan voqeaning haqiqat ekani yoki emasligi haqida xabar beradi. Odatda, voqeiy hukmlar ifoda etilgan voqeaning mavjud xolatini qayd qilishga qaratilgan bo’ladi. Bunday vaqtda bog’lanishning tasodifiy yoki zaruriy ekanligi alohida ko’rsatiladi.
O’zbek adabiy tilida voqelik hukmlar, agar ular tasdiqlovchi bo’lsa, «so’zsiz», «haqiqatan», «ham», «albatta», «shubxasiz», «darhaqiqat» kabi so’zlar yordami bilan ham ifodalanadi.
c) Zaruriy-apodiktik hukmlar turli sharoitlardi ham buyumlar, ham ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishlarning zaruriy bor yoki yo’kligini aks ettiradigan hukmlardir. Zaruriy hukmlar tabiat, jamiyat qonuniyatlari va aqidalarini ifodalaydi. Ikkinchi xil qilib aytganda, zaruriy hukm narsalar, xodisalar bilan belgilar orasidagi bog’lanishning muqarrar ekanligini aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |