Hukmning tarkibi va xususiyatlari reja: Hukmning tarkibi va xususiyatlari


 Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi


Download 28.7 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi28.7 Kb.
#1178587
1   2
Bog'liq
f18

2. Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi. 
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb 
tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan 
ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga 
murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida keyingi paragrafda to’xtalib 
o’tamiz.
Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. 
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan 
hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan 
biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, 
“Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi 
bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu
qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum belgilarini rad 
etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”. 
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. 
Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor 
ham bo’lishida ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid 
bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor 
hukm esa S – P emas formulasi bilan ifodalanadi.
b) hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan 
predmetlarning miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm faqat 
o’z sifati bilangina ajralmasdir balki son bilan xam ajraladi. hukm bir predmet, 
predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar sinfiga kiruvchi barcha 
predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor qilishi mumkin. 
Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga bo’linadi. 

Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni 


ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. Masalan: 
Ahmedov ikkinchi kurs talabasi yoki Ahmedov uchinchi kurs talabasi emas. Yakka 
hukmlar formulasi:
“S – P dir” yoki “S – P emas”. 
Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos 
bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm «ba'zan S – P dir» yoki 
«ba'zan S – P emasdir» formulasiga ega. Masalan: ba'zi yoshlar talabadir yoki ba'zi 
yoshlar talaba emas. 
Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos 
bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti hamma vaqt 
tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma», «har bir», inkor etuvchi bo’lsa «hech bir», «hech 
qaysi» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan: hamma fanlar o’z 
tadqiqot ob'ektiga ega. hech bir metall gaz emas. Umumiy hukmlar tasdiqlovchi 
shaklda «hamma S – P dir», inkor shaklida esa «hech bir S – P emas» formula 
bilan ifodalanadi.
 

Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar 


son va sifat jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy inkor 
hukmlarga bo’linadi. Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida guruhga 
ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan tenglashtiriladi. 
Umumiy tasdiq hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra tasdiq 
hisoblanadi. Masalan: hamma daryolar (S) o’z oqimiga ega (R). Umumiy tasdiq 
hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi. 
Umumiy inkor hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra inkor 
hisoblanadi. Masalan: hech bir o’simlik hayvon emas. Umumiy inkor hukmlar 
lotin alifbosidagi ye harfi bilan belgilanadi. 
Juz'iy tasdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq 
hisoblanadi. Masalan: Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq hukmlar lotin 
alifbosidagi I harfi bilan belgilanadi. 
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. 
Masalan: Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi O 
harfi bilan belgilanadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlarda terminlar(sub'ekt va 
predikat)ning hajmiga ko’ra to’liq va to’liqsizga bo’linadi.
Umumiy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liq, predikati esa to’liq 
yoki to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: “hamma talabalar o’quvchidir”. Bu yerda 
hukmning sub'ekti to’liq, predikati to’liqsie, chunki barcha o’quvchilar talaba 
emas. “hamma insonlar ongli mavjudotdir”. Bu yerda hukmning sub'ekti ham, 
predikati ham to’liq olingan, chunki faqat insonlargina ongli mavjudotdir. 
Umumiy inkor hukmlar ning sub'ekti va predikati har doim to’liq hajmda 
olingan bo’ladi. Masalan:
Juz'iy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liqsiz, predikati esa to’liq 
yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Masalan: “Ba'zi o’simliklar daraxtdir”. Bu
hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liq olingan, chunki fikr o’simliklarning
bir qismi va daraxtlarning barchasi haqida ketayapti. “Ba'zi respublikalar 
yevropada joylashgan”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liqsiz 

olingan, chunki respublikalarning va yevropa davlatlarining bir qismi haqida fikr 


yuritilmoqda. 
Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti to’liq va predikati to’liqsiz hajmda olingan 
bo’ladi. 
Hukmlarning predikat mazmuniga ko’ra turlari. 1.Atributiv (xususiyat) 
hukm. 2.Mavjudlik hukmi. 3.Munosabat hukmi.
1.Atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o’z belgilari bilan bo’lgan 
bog’lanishlarini ifodalaydi. 
Buyumlar belgisiz bo’lmagani kabi, belgilar ham buyumlardan ajralgan 
holda bo’lmaydi. 
2.Munosabat hukmi ob'ektiv borlikdagi buyumning bor yoki yukligin 
haqida ma'lumot, bilim beradi. 
3. Munosabat hukmlari. Bu hukmlar ikki yoki undan ko’p buyumlarning 
fazoga, 
vaqtga, jinsga, ketma-ketlikka va tenglikka nisbatan bo’lgan 
munosabatlarini aks ettiradi. 
Mantiq ilmida munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. 
Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar xaqidagi tushunchani;

«R» belgisi esa ular orasidagi munosabatni ko’rsatadi. 


Endi yuqorida aytilgan munosabatlarni kursatadigan hukmlaga misol 
keltiramiz. 
1. Buyumlarning fazodagi munosabati: «Ukraina Rossiyaning g’arbida 
joylashgan». 
2. Vakt munosabati: 
«Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi». 
3. Tenglik: 
«institutning bosh binosi uning yangi binosidan katta». 
4. Jins munosabati: 
«Ulug’bek qaxramonning ukasi». 
5. Ketma-ketlik : «Ikkinchi jaxon urushi birinchi jaxon urushidan yigirma 
besh yildan keyin bo’lgan». 
Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishi. Hukmlarning modallik bo’yicha 
bo’linishiga hukm predikatidagi belgining fikrimiz predmetida tasdiq yoki inkor 
shakldagi bog’lanish darajasi asos bo’ladi. Shunga ko’ra, mantiqda hukmlar ikki 
asosiy guruhga bo’linadi. 
Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va 
ikkinchidan, uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli 
hukmlarga ajraladi. 
1. Hukmnng ob'ektiv modalligi inson ongidan tashqari bo’lgan 
buyumlarning ob'ektiv, ehtimoliy, voqeiy yoki zaruriy bog’lanishlarini aks ettiradi. 
a) Ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ularning belgilari o’rtasidagi 
bog’lanishning tasdiq yoki inkor shakli extimoliy bo’lishini yoki bo’lmasligini 
ko’rsatadi. Mantiqda ehtimoliy hukm «extimol S - R emas» formulasi bilan 
ifodalanadi. 
Ehtimoliy hukmlarning chinligi va bu hukmlarning voqeiy hukmlarga 
aylanishi, aytilgan xodisaning qanday darajada yuz berishi bilan bogliq. Odatda, 
ehtimoliy hukmlar haqiqatga zid bo’lmasalar, albatta, chin vokeiy hukmlarga 
aylanadi. 
b) Voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi, ya'ni S va R orasidagi 
bog’lanish aniq ekanligi, ya'ni hukm fakt va bo’lgan voqeaning haqiqat ekani yoki 
emasligi haqida xabar beradi. Odatda, voqeiy hukmlar ifoda etilgan voqeaning 

mavjud xolatini qayd qilishga qaratilgan bo’ladi. Bunday vaqtda bog’lanishning 


tasodifiy yoki zaruriy ekanligi alohida ko’rsatiladi.
O’zbek adabiy tilida voqelik hukmlar, agar ular tasdiqlovchi bo’lsa, 
«so’zsiz», «haqiqatan», «ham», «albatta», «shubxasiz», «darhaqiqat» kabi so’zlar 
yordami bilan ham ifodalanadi. 
c) Zaruriy-apodiktik hukmlar turli sharoitlardi ham buyumlar, ham ularning 
belgilari o’rtasidagi bog’lanishlarning zaruriy bor yoki yo’kligini aks ettiradigan 
hukmlardir. Zaruriy hukmlar tabiat, jamiyat qonuniyatlari va aqidalarini ifodalaydi. 
Ikkinchi xil qilib aytganda, zaruriy hukm narsalar, xodisalar bilan belgilar 
orasidagi bog’lanishning muqarrar ekanligini aniqlab beradi. 
2. 
Fikrning isbotlanuvchanlik darajasiga qarab hukmning mantiqiy 
modalligi ikki asosiy qismga: a) problematik va b) ishonchliga bo’linadi.
a) Mantiqiy modallikdagi problematik hukm o’z xususiyatlari bilan 
ob'ektiv modallikdagi extimoliy hukmlardan ajraladi. Ob'ektiv modallikdagi 
problematik hukm tajribadan tekshirilgan bo’lib, uning yukorida bayon etilgandek, 
voqelikka o’tishi, ya'ni ob'ektiv voqelikni aks ettirishi muqarrardir. 
Mantiqiy modallikdagi problematik hukmning xulosasi hali tajribada 
tekshirilmagan bo’ladi. Shuning uchun ham narsa, xodisa va ular belgisi orasidagi 
bog’lanish tasdiq yoki inkor problematik shaklda ifodalanadi.
Shuning uchun mantiqiy modallik shaklidagi problematik hukm: tasdiq 
shaklida «ehtimol S – P dir» va rad etuvchi shaklda «ehtimol S – P emas» 
formulalaridan foydalaniladi. 
b) Ishonchli hukmlar tafakkur premetlari uchun ma'lum xususiyatni – 
belgining xos yoki xos emasligini aniqlaydi. Bunday hukmlar “S – P dir” yoki “S 
– P emas” formulalari bilan ifodalanadi. 
3. Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar. 
Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz'iy tasdiq (J); juz'iy inkor (O); umumiy 
tasdiq (A) va umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu 
hukm shakllari o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi. 
hukm munosabatlari chin va 

Download 28.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling