Hunarmandchiligi texnologiyasi umumiy tushunchalar 1-2-mashg'ulot


Download 65.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2017
Hajmi65.48 Kb.
#23443

 

 

HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI UMUMIY TUSHUNCHALAR



 

1-2-mashg'ulot

 

“Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo’nalishlari uchun 

Mavzu: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar

 

Darsning maqsadi: 

 

a)

 

ta  ’limiy  -  o’quvchilarga  xalq  xunarmandlari  tomonidan  eksport  va  ichki  bozor  uchun  ishlab  chiqarilayotgan  maxsulotlar  va 

“Belanchak” yasash xaqida ma’lumot berish; 

b)

 

tarbiyaviy - o’quvchilarda, g’urur va nafosat tuyg’ularini rivojlantirish; 

c)

 

rivojlantirnvchi

- o’quvchilarda iqtisodiy bilimlami chuqurlashtirish.

 

Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilaming ishlab chqarishni boshqarish va 



o’z-o’zini  mablag’  bilan  ta’minlashga  oid  bilimlarini  kengaytirish  orqali  ularni  iqtisod  va  savdo-sotiq  hamda  hunarmandchlik  kasblariga 

qiziqtirish.

 

Darsning vazifalari:



 

-

 

hunarmandlarning ishlari bilan tanishtirish;

 

-



 

bozorni o'rganish hamda hunarmandlarning mahsulotlarini sotuvga chiqarish haqida tushuncha berish;

 

-



 

oldi-sotti, marketing, iqtisod haqida tushuncha berish;

 

-



 

“Belanchak” yasash uchun tehnalogik xarita tuzishni o'rgatish. 

Dars tipi: yangi bilimlar berish.

 

Dars turi: nazariy, amaliy.

 

Darsda qo'Haniladigan o'qitish metodlar: ma’ruza, tushuntirish, suhbat, taqdimot, bahs-munozara.

 

Fanlararo bog'Ianish: tasviriy san'at, chizmachilik, matematika, fizika, iqdisodiy bilim asoslari va b.

 

Dars jihozi: tarqatma materiallar, kampyuter, ekran, slaydlar, xalq hunarmandchiligiga oid ishlar va ko'rgazmalar, “Belanchak” yasash 

uchun tehnalogik xarita, asbob-uskunalar.

 

Darsning borishi:



 

I.

 

Tashkiliy qism.

 

II.

 

So'rash. O'tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkazish.

 

III.



 

Yangi mavzu bayoni.

 

Reja:

 

1.



 

Hunarmandchilik ishlari va ularning ahamiyati.

 

2.



 

Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.

 

Respublikamiz  kashtachilik,  zardo'zlik,  kulolchilik,  misgarlik,  kandakorlik,  ganchkorlik,  yog'och  o'ymakorligi  xalq amaliy  sa n'at  bilan 



butin dunyoda mashhurdir. Yog'ochga, misga, qog'ozga, motoga, ganchga chizib, o'yib, tirnab, zarb bilan ishlangan naqshu nigoralar, ularning 

go'zalligi, nafisligi va tasirchanligi kishini o'ziga maftun etadi. Xalq amaliy bezak san'ati an'analari avloddan avlodga o'tib kelishi bilan birga 

taraqqiyotning  yangi  sifatiga  ega  bo'lmoqda,  bu  jarayon,  ayniqsa,  hozirgi  qayta  qurulish  davrida  yanada  yuqori  samaralarga  erishuv 

imkoniyatiga ega bo'lib bormoqda. Binobarin

 

3



 

amaliy bezak san'atlarini o'rgatish mashg'ulotlarida xalq, ustalari yaratgan asarlarining beqiyos ma'naviy qiymatlarini namoyish etish orqali yosh 

avlodda  estetik  didni  shakllantirish,  ularga  zarur  bilimlar  va  axloqiy  tarbiya,  berish,  mehnat,  ko'nikma  va  malakalarini  rivojlantirish,  kasb 

tanlashga  ruhiy  va  amaliy  tayorlash  vazifalari  e'tiborda  turadi.  O'zbek  amaliy  bezak san'ati  turlarining  ko'pligidan  kelib chiqadigan  o'ziga  xos 

ta'lim  va  tarbiya  imkoniyatlari  yaxshi  natijalar  beradi.  Birinchidan,  yakka  kishi  hech  qachon  amaliy  bezak  san'atining  hamma  turlarini  to'liq 

o'zlashtira  olmaydi.  Lekin  umumiy  darajada  tanishish  shaxsning  yuqori  madaniy  darajaga  erishuvida  zarur  shartdir.  Bundan  kelib  chiqadiki, 

ushbu  san'atlarni  o'rgatish  ikki  xil  shaklda  amalga  oshirilishi  mumkin:  umumiy  nazariy  ma'lumotlarga  ega  bo'lish  yoki  biror  turini  amaliy 

jihatdan  to'liq  eqallash.  Ikkinchidan,  har  bir  murabbiy-usta  o'zi  chuqur  egallagan  san'at  turini  shogirtlariga  chuqur  o'rgatish  bilan  cheklanishi 

mumkin.  Uchinchidan  har  turli  mahaliy  sharoitlaridan  kelib  chiqqan  holda  ushbu  san'atlaming  u  yoki  bu  turi  bo'yicha  mashg'ulotlar  tashkil 

etishda tanlash uchun keng imkoniyatlari mavjud. Lekin har qanday biiim va hunar o'rgatishdan asosiy maqsad kelgusi amaliy, zarur vazifalami 

hal  etishga  qaratilishi  lozim.  Mashg’ulotlarida  o'quvchilar  bajaradigan  har  turli  topshiriqlar  ularning  botānikā,  biologiya,  tarix,  adabiyot  va 

boshqa fan sohalaridagi bilimlaridan foydalanishni taqoza etadi, ya'ni bu mashg'ulotlarda predmedlararo bog'lanishni hisobga olish zarur. 

Bolalikda  bo’lgan  qiziqish  bora-bora  bir  umrlik  kasbga  aylanishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  yoshlikda  birorta  san'at  bilan  qiziqib 

shug'illangan bo’lib, lekin keyinchalik boshqa kasb egasi bo'lib ketish hollari ham  ma’lum. Bunda har ikki holda ham san’at olamining kishi 

shaxsining  takomillashtirishidagi  vazifasi  etarlicha  bajarilgan  deb  hisoblash  mumkin.  Chunki  har  ikkala  holda  ham  estetik  did  va  ma’naviy 

darajaning  zarur  taraqqiyotiga  erishiladi.  Shuni  unitmaslik  kerakki,  yaqin  o’tmishda  o’zbek  amaliy  bezak  san’atining  eng  rivojlangan 

ganchkorlik,  naqqoshlik,  yog’och,  tosh  va  suyak  o’ymakorligi,  kandakorlik,  pichoqchilik,  zargarlik,  kashtachilik,  zarduzlik,  gilamchilik, 

savatchilik,  bo’yrachilik  kabi  turlarining  o’ziga  xos  bajarish  texnologiyalari,  haqiqiy  milliy  nomlari,  ularga  xos  atamalar,  bu  san’atlarga  xos 

maktablar, uslublar hamda shu soxalarda nom qozongan ustalarning unuta borilib, yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan edi. Bunday holat hozirgi 

kunda san'atkorlar xalq ustalari, muallimlar va san'at havaskorlari oldiga amaliy bezak san'atini saqlab qolish ulami har tomonlama o'rganish va 

rivojlantirish,  yosh  avlodga  san'atda  sir-asrorlarini  o'rgatish  orqali  o'rinbosarlar  tayorlash  san'at  asarlarini  keng  targ'ib  qilish  orqali 

jamoatchilikning estetik didni vazifalarini qo'yadi. Biroq mustaqillik tufayli qadriyatlarimiz tiklandi, hunarmandchilik qayta rivojlanmoqda. Bu 

maqsadlar yo'lida olib boriladigan ishlar halq ustalari, san'atkorlar uchun eng qulay shart- sharoitlar yaratish, yoshlarning badiiy ta'lim olishlari, 

san'atlarni  egallashlarini  tashkil  etish  va  to'g'ri  ilmiy-metodik  yo'nalishda  olib  borish,  san'atkor-pedagoglar  tayorlashni  yo'lga  qo'yish,  tegishli 

ilmiy tadqiqodlarni olib borishdan iborat bo'lishi kerak. 

Ma'lumki,  xo'jalik  ishlarini  yuritish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  masalalari  bevosita  bozor  munosabatlari  bilan  uzviy  bog'langandir. 

Chunki bozordagi talab va taklifni o'rganmasdan ishlab chiqariladigan mahsulot o'z egasini topmasdan, ya'ni bozorda sotilmasdan to'xtab qoladi. 

Bu esa xo'jalik yoki korxonani iqtisodiy tomondan inqirozga olib keladi. Shu jumladan bu hoi xalq hunarmandchiligi sohalariga ham tegishlidir. 

Hozirgi paytda halq hunarmandlari ichki bozor va eksport uchun ko'plab turli hil ko'rinishdagi mahsulotlarini ishlab chiqarmoqdalar. Ayniqsa 

kundalik  extiyoj  uchun  zarur  bo'lgan  idish  tovoqlar  (kulolchlik),  kiyim-kechaklar,  poyabzallar(tikuvchilik  to'quvchilik),  gilam  va  boshqa 

poyondozlar(to'quvchilik),  o'ymakorlik  va  naqqoshlik  usullarida  ishlangan  qutichalar,  stol  stul,  kursi,  sandiq,  darvoza  va  shu  kabilar 

xaridorgirligi  bilan  ajralib  turadi.  Yurtimizga  tashrif  buyurgan  chet  ellik  mehmonlar  o'z  yurtlariga  estalik  sifatida  nimanidir  olib  ketishni 

xohlaydilar.  Bunda  ularga  qutichalar,  zardo'zlik  buyumlari,  ko'za,  lagan,  lavx,  cholg'u  asboblari,  uy  ro'zg'or  va  boshqa  shu  singari  bejirim  va 

chiroyli  ishlangan  buyumlar,  ayniqsa,  ma'qul  keladi.  Keyingi  paytda  respublikamizda  teriga  rangli  rasm  ishlash  san'ati  ham  rivojlandi. 



Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun 

+998902295952 

telefon raqamiga qo’ng’iroq 

qiling va arzon narx evaziga unga ega bo’ling! 

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali 

olishingiz mumkin. 

P.S. Sizning to’lovingiz  

www.entt.uz

 

loyihasi rivoji uchun sarflanadi. 

 

Narxi: 15000 sum 

 


 

 

Hunarmandlar  bozordagi  taklif  va  talabni  hisobga  olgan  holda  mana  shunday  mahsulotlarni  ichki  bozor  va  eksport  uchun  ko'plab  ishlab 



chiqarilmoqdalar, respublikamizning dovrug'ini yanada kengroq yoyishga xizmat qilmoqdalar. 

I.

 

Amaliy mashg'ulot. O'quvchilarga «Belanchak» yasash uchun eskiz chizish, texnologik xarita tuzish va texnologik xarita 

asosida yasashni o'rgatish. 



Belanchak tayorlash texnologiyasi. 

Belanchak  -  bu  kichkina  bolalami  yotqizib  tebratadigan  buyum.  Belanchakni  yasashga  mo'ljallangan  yog'ochning  ko'zi  va  boshqa 

nuqsonlari  bo'lmasligi  kerak.  Asosiy  detallari  silindr  shaklida  bo'ladi.  Shakldor  sirtlar  tokarlik  dastgohida  yo'niladi.  Ko'p  detallarning  sirti 

silindrsimon va konussimon elementlardan hamda dumaloqlangan qismlardan tashkil topadi. 

Buyumlarni  yo'nishda  tekis  va  yarim  aylana  shaklidagi  iskanalardan  kertikli  yarim  aylana  iskanalardan  va  mahsus  keskichlardan 

foydalaniladi. 



Kerakli asbob va materiallar: 

Xom  ashyo,  STD-120  markali  stanogi,  qirquvchi  keskichlar,  botiq  sirtli  keskichlar,  iskanalar,  murakkab  sirtli  keskichlar,  chizg'ich, 

qalam, shtangensirkul va arralar. 

Ishni bajarish jarayoni: 

1.

 



Tegishli o'lchamdagi xom ashyoni tanlash. 

2.

 



Buyumning silindrsimonligini nazarda tutib, randalab ishlov berish. 

3.

 



Detallarni chizma bo'yicha rejalash. 

4.

 



Detallarni tegishli asboblardan foydalanib qavariq, botiq va tekis sirtlarga ishlov berish. 

5.

 



Detallarni yig'ish va biriktirish. 

6.

 



Buyumlarni jilvirlash va pardozlash. 

Mehnat xavfsizligiga rioya qilish! 

1.

 



Ishlatiladigan asboblarning sozligini tekshirish. 

2.

 



Dastgoh va moslamalarning tehnik holatini tekshiring. 

3.

 



Ishlash vaqtida kesuvchi asboblarni ikkala qo'I bilan ushlang. 

4.

 



Dasgoh ushlab turgan paytda ishlov berilayotgan detalni o'lchash uchun intilish mumkin emas. 

5.

 



Dastgohning nuqsoni sezilsa darrov o'qituvchiga aytish lozim. 

6.

 



Detallarni jilvirlashda ustiga jilvir o'raglan mahsus shakldagi taxtachalardan foydalanish kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

I

 

 



 

 

Yangi mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini mustahkamlash. 



Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan buyumlarni klaster usulida ifodalash. 

Uyga vazifa berish. 

Uylarida qanday hunarmandchilik buyumlari borligini 

anic kelish. 

1.

 



Ish o'nini yig'ishtirish. 

 

 

V.



 

Darsni yakunlash. 

 

 

Mavz:



 

3-4-mashg'ulot 

“Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo'nalishlari nchun 



Xalq hunarmandchligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar 

 

 

Darsning maqsadi: 

a)

 



ta'Iimiy - o'quvchilarga xalq hunarmandchiligida, xususan, zargarlikda ishlatiladigan nodir matirallar, asbob-uskunalar 

haqida ma' lumot berish; 

b)

 

tarbiyaviy - o'quvchilarni hunarmandchilik mahsulotlarining sifati va qiymatini aniqlashga o'rgatish, ulardabadiiy didni 



o'stirish; 

c)

 



ruvojlantiruvchi - o'quvchilarning hunarmandchilik ishlari va mahsulotlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. 

Kasbga yo'naltiruvchi maqsad: o'quvchilarni hunarmandchilik ishlariga qiziqtirish. Darsning vazifalari: 

-

 



o'quvchilarga qimatbaho va nodir matirallarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida ma'lumot berish: 

-

 



o'quvchilarda qimmatbaho va nodir metallar haqida tushuncha hosil qilish. 

Dars tipi: yangi bilimlar berish. 



Dars tnri: nazariy. 

Darsda  qo'IIaniladigan  o'qitish  metodlari:  ma'ruza,  tushuntirish,  taqdimot,  savo-javob.  Fanlararo  bag'Ianish:  kimyo, 

biologiya, miniralogiya, tasviry san'at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari, tehnika, texnalogiya va b. 

Dars  jihozi:  tarqatma  materiallar,  kampyuter,  proyektor,  ekran,  slaydlar,  xalq  hunarmandchiligiga  oid  ishlar  va  ko’rgazmalar, 

asbob-uskunalar. 



Darsning borishi: 

I.

 

Tashkiliy qisim. 

II.

 

So’rash. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish. 

III.

 

Yangi mavzu bayoni. 

Reja: 

1.

 



Zargarlikda ishlatiladigan qimmatbaho metal lar. 

2.

 



Zargarlikda ishlatiladigan toshlar. 

3.

 



Zargarlikda ishlatiladigan asboblar.

I

 

 



 

Oliven  -  tarkibida  magniy  sirkasi  bilan  temir  bo'ladi.  Oliven  ko'kimtir  sariq  rangda  oyna  kabi,  yaltiroq  va  mo'rt  bo'ladi. 

Oliven zargarlik toshi sifatida ishlatiladi. 



Xrizolit sarg'ish, ko'kish, shishasimon yaltiroq tiniq rangda va mo'rt bo'ladi. Xrizolit  zargarlikda 

mayda 


toshlar

 

sifatida 



qo'llaniladi. 

Shpinel  -  tarkibi  magniy  va  alyuminiy  brikmalardan  iborat  yaltiroq,  qattiq  va  mo'rt  tosh.  Shpinel  turlicha  qirralanadi.  U  yuqori 

probali zargarlik buyumlariga qo'yiladi. 



Turmalin  -  tarkibi  alyuminiy  silikat,  kalsiy,  magniy  va  buradan  iborat  birikma.  U  murakkab  kimyoviy  tarkibiga  ega, 

yoltiroq va qattiq tosh. 



Axroit - rangsiz, turlicha turmalindan iborat och yashil rangdagi yosh. Axroit aralash, pona va pag'ona shakili qirralanadi. 

Sirkoniy  -  granata  guruhiga  kiruvchi  tosh.  Sirkoniyning  tarkibi  sirkoniy  va  kremniy  oksiddan  iborat.  Sirkoniy  so'zi  - 

“oltinrang” ma'nosini anglatadi. U yaltiroq tiniq tosh. Zargarlikda ko'k hamda yashil sirkoniy ishlatiladi. 



Topaz  - granata guruhiga kiruvchi tosh. U birinchi  marta Qizil dengizning Topaz orolidan topilgan. Topazrangsiz sarg'sh, 

somonsimon  oqish  rangda,  oynasimon  yaltiroq  bo'ladi.  Topaz  aralash,  brilliand  va  pog'ona  shaklida  qirralanadi.  U  oltin  va 

kumushdan yasalgan zargarlik buyumlariga qo'yiladi. 

Nefrit-  tarkibi  kalsiy,  magniy  va  temir  sulfatidan  iborat,  shaffof  emas,  lekin  juda  mustahkam  tosh.  Nefridning  zichligi  3 

g/sm


3

.  Nefrit  kabatosh  va  yapasqi  dumaloq  shaklda  qirralanadi.  U  asosan  kumushdan  yasalgan  zargarlik  buyumlariga  qo'yiladi. 

Ba'zan  oltindan  yasalgan  buyumlar  ham  o'matiladi.  U  o'tsimon,  yashil,  sarg'ish,  oq,  to'q  yashil  rangli  yaltiroq  tosh.  U  turlicha 

tovlanadi. 



Malaxit-  tarkibi  mis  oksididan  tashkil  topgan  tosh.  Zicligi  3,6  g/sm'.  Malahit  yaltiroq  emas,  ammo  jilvalanadi.  U  yashil 

rangli, mustahkamlilgi past tosh, Malahit kabatosh va yapasqi dumaloq shaklda qirralanadi. Oltingugurt kislotasida eriydi. Oltin va 

kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarida kam miqdorda ko'z sifatida ishlatiladi. Kamroq marjon suftida taqiladi. 

Organik  toshlar.  Bu  toshlar  qattiq  bo'lmagan  organik  jismlardan  iborat  bo'lgani  uchun  qattiqligi  yuqori  emas.  Organik 

toshlar  sinfiga  qahrabo,  marjon,  gagar  kiradi.  Qahraboning  tarkibi  qum,  daraht  parchalari,  bargi,  gul  yaproqchalari  hamda 

hasharot yaproqlaridan iborat bo'ladi. Qahrabo shaffof, mo'rt tosh, kimyoviy turg'un emas, 300°C da eriydi, zinchligi 1,1 g/sm

3



Marjon - tarkibi daraxtsimon tuzilishiga ega bo’lgan temir oksididan iborat organik jism. Oq, qizil, pushti ayrim hollarda 

qorasi xam uchrab turadi, zinchligi 2,5 g/sm ’ Marjon qahrabo qaraganda musthkamroq, lekin shaffof emas. 



Sun'iy toshlar. Zargarlikda ishlatiladigan sun'iy toshlar 4 turga bo'linadi: sun'iy karund, o'stiriladigan toshlar, qimmatbaho 

va o'rtacha qiymatli tosh rangini beruvchi toshlar, oyna plastmassa rangini beruvchi toshlar. 

Umuman  olganda  xalq  hunarmandchiligida  ishlatiladigan  materiallarning  hammasi  ham  o'ziga  xos  qimmatga  ega,  chunki 

ular katta, mashaqqatli mehnat evaziga olinadi. Masalan misni olaylik. Mis - qadimdan insonga ma'lum bo'lgan metall. Mis va uning 

qotishmalari insonning moddiy madaniyatini o'stirishda katta ahamiyatga ega. Qadimda yunonlar mis rudasini birinchi bo'lib Kipr 

orollaridan qazib olganlari uchun uning nomi lotincha kiprit deb ataladi. U tabiyatda tarkibida temir, kumush hattoki oltin bo'lgan 

ruda holida uchraydi. Mis hayotiy fizalogik jarayonda qatnashadigan muhim element. U yumshoq, cho'ziluvchan, bolg'alanuvchan 

qizil yoki qizg'ish metall. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi o'tkazib kumushdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. U havoda tez 

oksidlanib  qorayadi.  Nam  havoda  mis  gidroksid  karbonat  hosil  qilgani  uchun  ko'karadi.  Mis  rudalarni  qayta  ishlashdan  olinadi. 

Undan  lagan,  oftoba,  jom,  samovar  va  boshqalar,  shuningdek  sun'iy  ipak  olinadi.  Qadimda  misgarlar  sof  misni  sovuqlayin 

ishlaganlar,  shuning  uchun  ham  mis  buyumlar  yumshoq  va  mo'rt  bo'lgan.  Keyinchalik  mis  va  qalay  qotishmasidan  hosil  qilingan 

bronzani ishlaganlar. Bronzadan ishlangan buyumlar birmuncha pishiq bo'ladi. O'zbek xalq amaliy san'ati turlari ichida zeb-ziynat 

san'ati  bo'lmish  zargarlik,  alohida  o'rin  egallaydi  (milliy  taqinchoqlar  va  h).  Shuningdek,  yog'och  o'ymakorligida  ishlatiladigan 

yong'oq  daraxti  materiallari,  zardozlikda  ishlatiladigan  zar  iplarni  ham  qimmatbaho  materiallar  qatoriga  kiritish  mumkin.  Bunday 

misollami ko'plab keltirish mumkin. 

1.

 

Zargarlikda ishlatiladigan asboblar. Boshqa kasblar singari zargarlikda ham o'ziga hos asbob-uskunalar ishlatiladi. 

Loyli  o'choq,  charm,  o'tga  chidamli  loylar,  payvand,  naycha,  metall  qisqichlar,  bolg'achalar,  metall  taxta,  pargor,  zubilolar, 

misgarliklar ishlatiladigan ba'zi bir kesgich asboblar, charx tosh, kichikina qisqichlar, qoliplar, metaldan qilingan har hil diametrli 

yarimsharsimon chuqurchali qolipchalar, tunukalarni qirqish uchun qaychilar, ombirlar, payvandlovchi asbob va boshqalar ishladi. 



Punson - (puanson) zargarlikda ishlatiladigan asbob bo'lib metallga naqsh ishlashda ishlatiadi. 

Kurya  -  temir  yoki  po'latdan  yasalgan.  Uning  bir  hecha  kattalikdagi  teshigi  bo'lib,  oltin  yoki  kumush  oldin  kattaroq, 

keyin kichikroq, so'ng yanada kichikroq teshikdan o'tkazib tortiladi. Oltin yoki kumush sini hozir shu hilda tayyorlanadi. Sim 

kuryaning naqsh o'yilgan joyga qo'yib bog'lansa naqsh hosil bo'ladi. Hosil qilingan sim kirkira deb ataladi. U bezak buyumlarida 

ishlatiladi. 



IV.

 

Darsni yakunlash. 

1.

 

Yangi mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini mustahkamlash. Nodir va qimmatbaho materiallarni klaster usulida 

ifodalash, ish qurollari haqida suhbat. 



2.

 

Uyga vazifa berish. Zargarlik ishlarida qo'llaniladigan qimmatbaho materiallarni o'rganib kelish. 

3.

 

Ish o'rnini yig'ishtirish. 

Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling