Huquq buzarlik prafilaktikasi obyektlariga nisbatan ta’sir ko’rsatish


Jinoyatchilikka qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarini jalb qilishning quyidagi ikki holatiga e’tibor qaratish lozim


Download 91.5 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi91.5 Kb.
#1051011
1   2   3
Jinoyatchilikka qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarini jalb qilishning quyidagi ikki holatiga e’tibor qaratish lozim:

  1. qonunni buzmaslikka da’vat etish orqali jamiyat kishilarining ongini shakllantirish;

  2. axborot vositalari yordamida davlat organlari va jamoatchilik e’tiborini kriminogen vaziyatlarga qaratish.

Ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda ommaviy axborot vositalarini jalb etish va undan foydalanishga har bir muallif ma’lum bir tomondan e’tibor qaratgan.
Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda huquqiy jihatdan ma’lum bir maqsadni o‘rtaga qo‘yish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki ma’lum bir ma’lumotni keng aholi ommasiga yoyish orqali o‘z vaqtida juda ko‘p huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyati yuzaga keladi.
Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, ommaviy axborot vositalaridan huquqbuzarliklarning oldini olishda asosan quyidagi yo‘nalishlarda foydalaniladi:

  • qonunchilikni targ‘ib qilishda yoki tushuntirishda;

  • fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishda;

  • huquqbuzarliklar (yoki alohida turdagi jinoyatlar)ning mohiyatini tushuntirishda;

  • fuqarolarni jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini tugatishga jalb qilishda;

  • huquqbuzarliklarning oldini olishda aholining yaqindan ko‘mak- lashuvini ta’minlashda;

  • j inoyat yo‘liga kirgan yoki jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan profilaktika ishlarini olib borishda;

  • jinoyat sodir etishga moyil shaxslar va ularni qo‘llab quvvatlovchi shaxslarga nisbatan jamoatchilik e’tiborini qaratishda;

  • huquqbuzarlikni sodir etganlarga nisbatan jazo muqarrarligini tushun- tirishda;

  • aniq shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar borasida fuqarolarni xabardor etishda;

  • ichki ishlar organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishlarni yuzaga keltirishda;

  • turli mish-mishlarning kelib chiqmasligi uchun vaziyatni aniq yoritib berishda;

  • huquqiy nizoli holatlarni yechishda amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil etishda;

  • jamoatchilik tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarni targ‘ib etishda;

  • aholi o‘rtasida ijobiy turmush an’analari va urf-odatlarni targ‘ib etish orqali ijtimoiy yashash tarzini yaxshilashda;

  • fuqarolarning ma’naviy, axloqiy buzuqliklarga qarshi kurashishlarida yordam ko‘rsatishda.

Sanab o‘tilgan har bir yo‘nalish o‘z mohiyatiga ega bo‘lib, alohida yondashuvni talab etadi. Shuningdek, har bir yo‘nalishda jinoyatchilikning oldini olish jarayoni bir xilda kechishi mumkin emas. Zero, ijtimoiy turmushning doimiy ravishda o‘zgarib borishi va hayotda yangidan yangi o‘zgarishlarni e’tiborga olmaslik masalaning chigallashuviga olib keladi va ommaviy axborot vositalarining ta’sirini zaiflashtiradi. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oldini olishda ommaviy axborot vositalari va ularning tarmoqlarida ish ko‘rishni ham shaklan, ham mazmunan takomillashtirib borish lozim.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling