Huquq darsliklarida berilgan hikmatli soʻzlar va ularning mualliflari


Download 24.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.12.2023
Hajmi24.73 Kb.
#1779920
Bog'liq
Алломалар



Huquq darsliklarida berilgan hikmatli soʻzlar va ularning mualliflari. 
Amir Temur 
Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir 
bularning har uchchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi. 
Amir Temur 
Davlat ishlarining toʻqqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa 
qilich bilan bajo keltirilishini angladim. 
Amir Temur 
Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga oʻxshaydi. Bejon tanning ahvoli vayronlikka 
yaqindir. 
Amir Temur 
Qudratimizga shak shubhangiz boʻlsa biz qurgan imoratlarga boqing. 
Amir Temur 
Dono vazir shuldurki, oʻz oʻrniga qarab, goh qattiqqoʻllik, gohida esa muloyimlik 
bilan ish yuritadi...... 
Amir Temur 
"Cherik" (qoʻshin) navkar olmakda uch qoidaga amal qildim: 1) Yigitning kuch-
quvvatiga; 2) Qilichni oʻynata olishiga;. 3) Aql-zakovatiyu kamolotiga..... 
Amir Temur 
Agar davlat qonunlarga tayanmasa, u oʻzining shon-shuhrati va buyukligini uzoq 
vaqt saqlay olmaydi. 
Farobiy 
Fozil davlat uning aholisi oʻzaro yordam berishiga, insonparvarlikka, insoniy mehr-
oqibatga, uning eng oliy boylik ekanini payqab olishga, yaxshilashga asoslanish 
kerak. 
Abu Bakr 
Xorazmiy 
Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi. 
Aflotun 
Eng mushkul ish qonunni joriy qilish.... 
Aflotun 
Yaxshilar masʼuliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj boʻlmaydilar. 
Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yoʻl topadilar. 
Ali ibn Abu Tolib 
Adolat-oziratda najot dunyoda saodat boshi. 
Sitseron Mark 
Tulliy 
Hukumat-soʻzlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir. 
Sitseron Mark 
Tulliy 
Ozod boʻlish uchun qonunlarning quliga aylanishga toʻgʻri keladi. 
Monteskiyo 
Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga 
aylanishiga imkoniyat tugʻiladi. 
Shan Yan 
Qattiq jazo choralarini qoʻllab, jinoyat uchun oʻzaro javobgarlik tizimi joriy 


etilganida odamlar oʻzlarida qonun kuchini sinab koʻrishga jurʼat qila olishmaydi. 
Muhammad 
Kamol Pilav 
Inson tarbiyasining darajasi boshqaning huquqini hurmat qilish bilan belgilanadi. 
Majididdin 
Xavofiy 
Oltin va kumushi boʻlmagan odam kambagʻal emas, balki es-hushi va kasb-hunari 
boʻlmagan kishi kambagʻaldir. 
Abu Ali ibn Sino 
Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar koʻp?! Sababchisi siz-u biz..... 
Abu Ali ibn Sino 
Xijolat va tortinchoqlik qaygʻuva yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan 
inson oʻzining oʻtmishi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqeyi qanday boʻlishidan qatʼi 
nazar, oʻzini oʻzi koyiydi. 
Abu Ali ibn Sino 
Bekorchilik va maishatparastlik nafaqat odobsizlikni tugʻdiradi, ular bir vaqtda 
bemorlikka ham sabab boʻladi. 
Abu Ali ibn Sino 
Ijtimoiy adolat va tartibotni taʼminlagan odil hukmdor hukmronlik qilgan davlat 
mukammal davlatdir. 
Abu Ali ibn Sino 
Qonun ustuvor boʻlgan adolatli jamiyat taʼlimotini yaratishda katta hissa qoʻshgan. 
Aristotel 
Platon menga doʻst, lekin haqiqat qimmatlidir. 
Alisher Navoiy 
Agar sen inson boʻlsang, xalq ehtiyoji toʻgʻrisida qaygʻurmaydiganni inson deb 
atamagin. 
Alisher Navoiy 
Tuhmatchi bir soatda bir oyga tatigulik fitna qoʻzgʻatadi. 
Seneka 
Barcha gʻalabalar oʻz ustingdan gʻalaba qozonishdan boshlanadi. 
Oʻzbek xalq 
maqollari 
Mehnat-gʻalaba, shon-shuhrat va boylik kaliti. 
• «Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan». 
• «Zo‘ravonlik — oxiri vayronlik». 
• «Inson o‘zi boshiga balo keltirar». 
• «Och qornim, tinch qulog‘im». 
• «O‘z baxtim o‘z qo‘limda». 
• «To‘qlikka sho‘xlik». 
• «Xo‘rlik o‘limdan yomon». 


• «O‘g‘ri o‘g‘irlab yo‘lga tushar, 
Oxiri borib qo‘lga tushar». 
• «Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga, 
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga» 
.• Qonun — qonundir. 
• Qonun bor joyda himoya ham bor. 
Luqmoni Hakim 
Jahling chiqqanida soʻzlaringga diqqat qil...
Fitrat 
Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni 
zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa, shunda bu millatning saodati va 
hayoti shubha ostida qoladi. 
Qur'oni Karim, 
Niso surasi, 23-
oyat 
Sizlar uchun (bu gap erkaklarga aytilyapti) onalaringiz,qizlaringiz, opa-singillaringiz, 
ammalaringiz, xolalangiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, 
emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, nikohingizda 
bo‘lgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo‘lgan qizlari – mana shu sanab o‘tilgan 
ayollarga uylanish harom qilindi.
Yusuf Xos Hojib 
Otang pandlariga sen qilgʻil amal 
Yurarsan baxtiyor boʻlib har mahal........ 
Yusuf Xos Hojib 
Gʻofil odam koʻz yumib gʻaflat uyqusiga botadi, ey, irodali mard, gʻofil boʻlma, 
hushyor boʻl. 
Yusuf Xos Hojib 
Pora oʻnglanib ketgan ishlarni buzadi, bitayotgan ishlarni barbod qiladi. 
Jan Jak Russo 
Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu 
ishlarga moyil qiladi. 
Hikmat 
Qanoat-harom bilan haromning chegarasini belgilaydigan vijdon qozisi. 
Hikmat 
Davlatda inson eng oliy qadriyatdir 
Hikmat 
Insonning eng katta dushmani-bu uning nafsi! 
Mahmud 
Zamaxshariy 
Pora faqat nogaqlig-u zolimlarga yordam beruvchidir. 
N. Vinner 
(kibernetika fani 
Axborot- bu bizning tashqi dunyoga moslashish jarayonida undan oladigan 
maʼlumotlarni oʻzida ifoda etadigan tushunchadir. 


asoschisi) 
A. Smit (soliq 
solish nazariyasi 
asoschisi) 
Soliqlar ularni toʻlovchi shaxslar uchun qullik emas, balki ozodlik alomatidir. 
Gyote 
Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq. 
Najmiddin Kubro 
Vaqtni "essiz", "qaniydi", "koshkiydi" lar bilan oʻtkazgan kishining umri eng qisqa 
umr ekan 
Paulo Koelyo 
Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida soʻz eng xatarli qurolligicha qolmoqda. 
Sh.M Mirziyoyev 
Ishonamanki yurtboshimizning barcha soʻzlari shundogʻam yodingizda😊 
Telegram kanal: @yuridik_uz_com

Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling