Huquqiy davlat tizimining shakllantirishi


Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati


Download 56.5 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1634900
1   2   3   4
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.

Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiyamizning 10 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, xuquqiy demokratik davlat barpo etishda nazorat tizimini yanada mustaxkamlash va uni izchil takomillashtirib borishning axamiyatiga aloxida e’tibor berdi. Mamlakatimiz raxbari, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining muxim omili xisoblangan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu soxaning nazariy va amaliy jixatlarini taxlil etish, uning faol xarakatini ta’minlash dolzarb vazifa ekanligini uqtirib o‘tdi.
Darxaqiqat, adolatli jamiyatni shakllantirish jarayonida jamoat nazoratining axamiyati beqiyosdir. Chunki, fuqarolik jamiyatida xar bir fuqaroning faolligi, ijtimoiy xodisalarga befarq bo‘lmasligi, davlat idoralarida ishlayotgan xar bir raxbar xodim zimmasidagi ma’suliyatni to‘la va to‘g‘ri anglashi, ular faoliyati jamoat nazorati ostida ekanligini chuqur xis etishi - jamiyat rivojida muxim axamiyatga ega.
Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, xar qanday jamiyatda xam demokratiyaning darajasi «bu xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, xukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi» bilan belgilanadi.
Zero, jamoat nazoratining to‘g‘ri tashkil etilishi, eng avvalo, qonun ustivorligini ta’minlashda, qonun buzishlik xolatlarining oldini olishda, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni aniqlashda, fuqarolarni qonun me’yorlariga qatiy rioya qilish ruxida tarbiyalashda katta axamiyatga ega.
Aslida jamoat nazoratining o‘zi nima, u qanday xolatlarda namoyon bo‘ladi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.
Avvalo shuni aytish kerakki, fuqarolarning davlat idoralari ustidan nazoratini yo‘lga qo‘yish kecha yoki bugunning gapi emas. Tarixga nazar tashlasak, biz bugun «jamoat nazorati» deb aytayotgan demokratik institutning bu soxasi u yoki bu ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatganligini shoxidi bo‘lamiz.
Soxibqiron Amir Temur davlatni idora qilishda fozil xalq vakillariga katta xuquq bergan. Jumladan, «Temur tuzuklar»ida shunday bitiklar bor: «Xar bir diyor axolisining axvolidan ogox bo‘lib turdim. Xar bir mamlakatning axvolini, sipoxu raiyat kayfiyatini, turish -turmushini, qilish-qilmishlarini, o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, menga bildirib turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladim. Bordi-yu egri yozganlari menga bildirilsa ularni jazoladim. Xokimlaru sipoxlardan qay birining xalqqa jabr - zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darxol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim».
Ko‘rinib turibdiki, temuriylar saltanatida xam o‘ziga xos shaklda va uslubda xalq, ya’ni jamoat nazorati yo‘lga qo‘yilgan. Demak, saltanatning u yoki bu xududidagi xaqiqiy axvoldan soxibqironni voqif qilib turish orqali o‘ziga xos jamoat nazorati xam amalga oshirilgan.
Endi esa yaqin tarix bo‘lgan sho‘rolar imperiyasidagi jamoat nazoratiga bir nazar tashlaylik. Sobiq sho‘rolar mafkurasining eng xavfli jixatlaridan biri shundan iborat ediki, aslida mavjud bo‘lmagan demokratik institutlar go‘yoki davlat va jamiyat xayotining asosini tashkil etishi xaqida soxta fikr shakllantirilgandi.
Nomi xalqqa bog‘langan va fuqarolarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan tashkilotlar xam, aslida, davlat manfaatlarinigina ximoya qilar, o‘zlarining tashkiliy shakllanishlari, faoliyat dasturlari, maqsad va vazifalariga ko‘ra chinakam davlat tuzilmalari bo‘lib, xalq manfaatlarini ximoya qila olmas edilar.

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling