Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson


Download 62.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi62.71 Kb.
#1379544
Bog'liq
Huquqiy davlat - Vikipediya



Huquqiy davlat
Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson
hisoblanadi. Davlat faqat huquq
normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham
ularga amal qilishi Huquqiy davlatning
eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat
demokratiyaning ajralmas belgisidir.
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining muqaddimasida
Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik
huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab
oʻzining muxtor vakillari siymosida


davlatimizning asosiy qonunini qabul
qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning
mustaqil davlatchiligi davrida
konstitutsiya va qonunlarning ustunligi
gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy
qismiga aylandi. Qonunni chetlab oʻtish
emas, aksincha, qonun talablari asosida,
unga mos va muvofiq ravishda yashash
lozimligi kishilar ongiga tobora singib
bormoqda. davlat inson huquqlari va
manfaatlarini taʼminlashning izchil
huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini
amalga oshirdi (yana qarang Qonun
ustuvorligi).
Huquqiy davlatning shakllanishi va
faoliyat yuritishning muhim shart-


sharoitlaridan bo'lib quyidagilar
hisoblanadi: mamlakatda fuqarolik
jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning
barcha yoki ko'pchilik a'zolarining siyosiy
va huquqiy ongining yuqori darajada
ekanligi; ularning mamlakat ijtimoiy va
siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi
uchun umuminsoniy madaniyatga ega
boʻlishi; mamlakatda bir-biriga zid
bo'lmagan yagona qonunchilik tizimining
mavjudligi. Huquqiy davlat nazariyasi
bilan uni amalga oshirish o'rtasida katta
farq bor. Hozirgi paytda huquqiy davlat
nazariyasi dunyodagi koʻpgina
davlatlarning konstitutsiyalarida o'z
aksini topgan. Masalan, 1978-yilda qabul
qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1-


moddasi 1-bandida quyidagilar
mustahkamlab qo'yilgan: "Ispaniya - bu
sotsial, huquqiy va demokratik davlat
boʻlib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik,
adolat, tenglik va siyosiy hurfikrlilik
hisoblanadi". 1949-yilgi GFR asosiy
qonunga ko'ra "Germaniya Federativ
Respublikasi demokratik va sotsial
federativ davlat boʻlib hisoblanadi" (20-
modda) hamda ularning konstitutsiyaviy
tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi
kerak (28- modda). Huquqiy davlat
to'g'risidagi g'oyalar Avstriya, Gretsiya,
Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya
va boshqa bir qator yuqori darajada
rivojlangan davlatlarning
konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan.


1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida
huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya
to'g'ridan-to'g'ri o'z aksini topgan. Uning
birinchi moddasida "Rossiya
Federatsiyasi - Rossiya respublika
boshqaruv shaklidagi demokratik,
federativ. huquqiy davlatdir" , -deb yozib
qo'yilgan. 1992-yilda qabul qilingan
O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasini muqaddimasida ham
huquqiy demokratik davlat toʻgʻrisidagi
g'oya o'z ifodasini topgan. Huquqiy davlat
to'g'risidagi g'oya va nazariyalarni
dunyodagi ko'pchilik mamlakatlar tan
olsalarda, ammo uni amaliyotda hamma
davlatlar to'laligicha qoʻllamaydilar.
Hozirgi paytda huquqiy davlat to'g'risidagi


g'oyani to'liq hayotga tatbiq qilgan biron-
bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu
ma'noda huquqiy davlat to'g'risidagi
nazariyalar har qanday demokratik davlat
intilishi kerak boʻlgan ideal, etalon
vazifasini o'taydi
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 13-Dekabr 2022, 10:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Huquqiy_davlat&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Huquqiy_davlat&oldid=346091
4" dan olindi

Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling