Huquqiy madaniyat asosiy tushunchalari. Huquqiy madaniyatning tarkibiy tuzulishi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish tartibi


Download 18.32 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi18.32 Kb.
#1044467
Bog'liq
2,Huquqiy madaniyat asosiy tushunchalari


Huquqiy madaniyat asosiy tushunchalari.
R ye j a :



  1. Huquqiy madaniyat asosiy tushunchalari.

  2. Huquqiy madaniyatning tarkibiy tuzulishi.

  3. Huquqiy madaniyatni shakllantirish tartibi.

Huquqiy madaniyat nazariyasining asosiy masalasi


huquqiy madaniyat nima” degan savolga javob berishdir. Bu savolga javob berish uchun xuquqiy madaniyat haqidagi bilim shakllarini taxlil qilish, xuquqiy madaniyat nazariyasi o‘rganadigan masalalar doirasini belgilash va asosiy tushunchalariga to‘xtalib o‘tish zarur Shu bois ran huquqiy madaniyatning aniq, xodisalari haqida bo‘lmay, balki, huquqiy madaniy qadriyatlar haqidagi bilimlarning shakllanish jarayoni haqida, demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatining shakllanishi sharoitida amalga oshiriladigan qadriyatlar uchun zarur bulgan xuquqiy vositalar tizimining taxlili haqida boradi.
Madaniyatning umumiy ta’rifiga nazar tashlasak, bugungi kunda ijtimoiy fanlar doirasida "madaniyat" tushunchasi kabi turli-tuman, qarama-qarshi talqin va fikrlarga boy bo‘lgan boshqa ijtimoiy xodisani topish qiyin.
Misol tariqasida shuni keltirish joizki, chet ellik olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 1919 yilga qadar "madaniyat" tushunchasiga yettita ta’rif berilgan, 1950 yilga kelib bu son 164 taga, 1970 yillarda esa - 250 taga yetgan1. Amerikalik olimlar A. Kreber va K.Klakxonlar esa 1950 yillarning boshida "madaniyat" tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar :
1. Shu bilan birga xuquqiy madaniyat nazariyasining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash masalasiga oid ijtimoiy va yuridik tadqiqotlar huquqiy madaniyat xususiyatlarining rivojlanishini ko‘rsatishga e’tibor bera boshladi.
I.Jahon fanlari miqyosida madaniyatga oid yondashuvlarni uch guruhdv bulish mumkin: birinchidan, antropologik yondashuv; ikkinchidan,sotsiologik yondashuv; uchinchidan, falsafiy yondashuv
2. Antropologik yondashuvda madaniyat tabiat yaratgan narsalardan farkdi ravishda, inson tomonidan yaratilgan ne’matlarning yig‘indisi sifatida tushuniladi. Sotsiologik yondashuv esa madaniyatni ma’naviy qadriyatlar sifatida talqin etadi. Bu yerda madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida qatnashadi va nixoyat, falsafiy yondashishda madaniy xodisalar ijtimoiy rivojlanishga bog’liq, bo‘lmagan, sof taxliliy xolda ajratilib ko‘rsatiladi.
Antropologik yondashishning ijobiy tomoni uning keng ko‘lamligi hisoblanadi, chunki madaniyat ijtimoiy hayotning xilma-xil tomonlari va doiralarining namoyon bulishini ko’rsatadi. Uning afzalligi xozir juda keng tarkalgan tor amaliyot va kup hollarda «madaniy» va «huquqiy madaniyat» ni vaziyatga qarab ishlatish xollari bilan takqoslanganda yanada ravshanrok, ko‘rinadi. Biroq, keng ko‘lamli yondashish jidliy kamchiliklardan xoli emas. U inson faoliyati natijalarining ob’ektiv xolatini yuzaki, umumiy aniqlashga muljallangan. Bundan tashqari, ushbu natijalarni qadriyatlar sifatida tavsiflaganda, xavola antropologik yondashuv qadriyatlarga nimalar kirishini belgilaydigay mezonlarni aniqqab bermaydi. Bu fikrlar bilan huquqiy qadriyatlarni ajratish mumkin emas, chunki huquqiy qadriyatlarsiz huquqiy madaniyatni tushunib bo’lmaydi.


Madaniyat haqidagi tasavvurlarning rivojlanish jarayonida ijobiy rol o‘ynaydigan, ushbu ijtimoiy xodisaning taxlili ikkita boshqa usul bilan tuldirilishi lozim. Ulardan birinchisi, madaniyatning ijobiy faoliyat jarayonini anglashda namoyon bo’lsa, ikkinchisi, inson faoliyatining uziga xos usulidir. Madaniy faoliyatga umumiy izox, berish ular uchun umumiy bo’lib, lekin ushbu izox, berish usuli kupincha xap ish bulavermaydi. Birinchi usulda, madaniyat insonning takomillashish, amal qilish va ma’naviy ishlab chikarish jarayoni orqali taxlil kilinadi. Ikkinchi fikr vakillari madaniyatning umumiy modelini ijtimoiy hayotning universal xususiyati sifatida karashni taklif etadilar. Madaniyatni shaxs rejasi sifatida karash, nazarimizda, zamonaviy huquqiy madaniyatshunoslikning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shaxsning huquqiy madaniyati muammolarini tadqiq, etishni rag‘batlantiradi. Umuman, madaniyatga bagishlangan aksariyat ilmiy ishlar xozirgacha shaxs muammosiga taalluklidir. Madaniyatga boshqacha yondashish tarafdorlari uni ijtimoiy hayotning universal xususiyati sifatida qarab, uning amal qilishi va rivojlanishini taxlil qilishga alohida e’tibor beradilar. Ushbu maqsadlarda ular etnografiya, arxeologiya, antropologiya, sotsial boshqaruv kabi tadqiqot amaliyoti sohalarining mu’tadil taxlil tamoyiliga murojaat etadilar. Ular tomonidan olingan ko’rsatkichlar inson ijodiy faoliyati madaniy chukkisining ma’nosini chuqur anglashga yordam berdi. Madaniyatni madaniy faoliyat orqali kurish shaxs muammolari bilan maxsus shugullanuvchi mualliflarga xosdir. Ushbu yo’nalish vakillarining karashlarida bir qancha karama-qarshiliklar borligiga karamay, ular madaniyatni insonning tarixiy ijodiy faoliyati nuktai nazaridan taxlil qilish va ushbu faoliyatni uning sub’ekti sifatida rivojlantirishdir. Ushbu yondashishda madaniyat taraqqiyoti ijtimoiy faoliyatning istagan sohasidagi shaxsning rivojlanishiga to’g’ri keladi. Huquqiy madaniyat nazariyasini o’rganishda umum milliy boshlangich talablarni taxlil qilib, huquqiy madaniyatni aksiologik taxlilsiz tasavvur etish mumkin emas. Aksiologik yondashuvsiz huquqiy madaniyatni to’g’ri anglash mumkin emas.
Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling