Huquqiy madaniyat
Download 27.5 Kb.
|
HUQUQIY MADANIYAT
HUQUQIY MADANIYAT Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda huquqiy davlat asoslarini takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan viloyatining Mingbuloq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida “Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir” mavzuida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham asosiy e’tibor navqiron avlodga yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirish, milliy qonunchilik tizimimiz haqida atroflicha ma’lumot berishga qaratildi. Adliya vazirligi, tuman hokimliklari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va maslahatchilari hamda maktab, litsey va kollej o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirlarda huquqiy targ‘ibot guruhi a’zolari yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladilar. Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan qat’iy borayotgan mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar yuzasidan qilingan ma’ruzalar, huquqiy-ma’rifiy mavzulardagi videofilmlar, ko‘rgazmali vositalar orqali bu borada yoshlarga keng tushunchalar berildi. – Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qaysi kasb-hunarni tanlashidan qat’i nazar, o‘sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy bilimdon qilib tarbiyalash demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim omillaridan biridir, – deydi Toshkent Davlat yuridik institutining o‘qituvchisi Ulug‘bek Husanov. – Shu bois mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda huquqiy ta’lim va madaniyatni yuksaltirish, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda yoshlarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishiga xizmat qiladi. O'tgan yili doimiy komissiya a'zolari tomonidan joylarda 321 nafar fuqaro qabul qilinib, muammo va takliflari o'rganib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlarga 64 marta deputatlik so'rovi yuborildi. Ushbu so'rovnomalarning 40 dan ortig'i ijobiy hal qilindi. Qolganlari bo'yicha ham amaliy harakatlar olib borilmoqda. Fuqarolar o'z murojaatlarida asosan joylardagi elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta'minotidagi kamchiliklar haqida shuningdek, ichki yo'llarni ta'mirlash, nafaqalarni vaqtida etkazib berish kabi muammolarini qo'yishmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kishilarning o'z haq-huquqlarini bilishga bo'lgan intilishi ortib borayapti. Buni aholi bilan joylarda o'tkazayotgan uchrashuvlarda yaqqol sezish mumkin. Albatta, huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy tamoyili ham fuqarolarning shu sohadagi bilimi bilan chambarchas bog'liq. Mirishkor tumani Pomuq qishlog'i aholisi nomidan xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi nomiga yozilgan ariza depututatlar tomonidan o'rganildi. Unga asosan hududni iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha xalq deputatlari viloyat Kengashiga takliflar berildi. Kasbi tumanidagi 26-o'rta maktab ma'muriyatining ushbu maktab uchun jihozlar ajratishda amaliy yordam ko'rsatishni so'rab qilingan murojaati ham doimiy komissiya a'zolari tomonidan o'rganilib, ushbu muammoni hal qilish bo'yicha viloyat xalq ta'limi rahbariyatiga deputatlik so'rovi yuborildi va masala ijobiy hal etildi. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling