Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Ekologiya huquqi» tushunchasi, predmeti


Download 148.69 Kb.
bet3/9
Sana24.03.2023
Hajmi148.69 Kb.
#1290804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KONSTITUTSIYA VA EKOLOGIK SIYOSAT Kurs ishi

2.2. Ekologiya huquqi» tushunchasi, predmeti,
vazifalari va tizimi
Jamiyat va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli fanda yangi ta’limotni – «ekologiya»ni yuzaga keltirdi. «Ekologiya» so‘zi fanga nemis biolog olimi Ernest Gekkel (1866–1869-yillarda) tomonidan olib kirilgan. E.Gekkel Ch.Darvinning tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini keng tatbiq etib, 1866-yil 14-sentabr kuni o‘zining «Umumiy morfologiya» nomli kitobiga ekologiya haqidagi o‘zining ilk fikrlarini bayon etadi. Ekologiya so‘zini fanga olib kirishga XIX asrning ikkinchi yarmida eng rivojlangan va Yevropaning aksariyat davlatlarida sanoat, ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanishi natijasida, atrof tabiiy muhit holatining keskin yomonlashuvi, ekologik inqirozning yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar hayoti bilan shug‘ullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishi asosiy sabab bo‘ldi va yangi fanni olg‘a surishga asos bo‘ldi.
Shunday qilib, «ekologiya» tushunchasini asosan ikkiga bo‘lib o‘rganamiz. Tor ma’noda o‘rgansak, uyimiz haqidagi ta’limotga, keng ma’noda esa, tirik organizmlar yashaydigan makon haqidagi ta’limotga ega bo‘lamiz. Shuningdek, bu tushuncha fan sifatida tirik organizmlarning o‘zaro va ular atrofini o‘rab turuvchi tabiiy muhit bilan munosabatlar yoki aloqadorlik qonuniyatlarini o‘rganadi.
«Ekologiya» so‘zining grekcha lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «oikos» – «uy», «turar joy» va «logos» – «ta’limot» yoki kengroq ma’noda «tabiatda qanday jamiyat bo‘lishidan qat’i nazar, tirik organizmlar (mavjudotlar) yashaydigan makon haqidagi ta’limotdir».«Ekologiya» tushunchasi amaliyotga juda sekinlik bilan kirib keldi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida ingliz fiziologi I.Berdonsanderson hamda amerikalik olimlar S.Farbe va K.Shreterlar ekologiya to‘g‘risida o‘zlarining fikr va ta’limotlarini yozdilar. Ekologiya XX asrning boshlariga kelib fanning mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Keyinchalik ekologiya xususida AQShda 1913-yilda Ch.Edamsning «Hayvonlar ekologiyasini o‘rganishga oid qo‘llanma»si, ingliz zoologi Ch.Eltonning «Hayvonlar ekologiya»si, Rossiya ekologiya maktabining asoschilaridan zoolog olim D.N.Kashkarevning «Hayvonot ekologiyasi asoslari» kabi kitoblari chop etildi.
Umuman olganda, ekologiya huquqining fan sifatida shakllanishida huquqshunos olimlarning xizmatini alohida ta’kidlash zarur. Mazkur fanning asoschisi sifatida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yer va kolxoz huquqi kafedrasi mudiri N.D.Kazansevning xizmati katta bo‘lgan. Ekologiya huquqi dastlab, «Tabiatni huquqiy muhofaza qilish» nomi bilan 1960-yilning sentabr oyidan Qozon universitetida, 1973-yildan boshlab M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan.
Ekologiya huquqi O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida alohida fan tarmog‘i sifatida 1980-yildan boshlab o‘qitila boshlandi.
Demak, ekologiya huquqi huquq tizimining yagona bir tarmog‘i hisoblanib u tabiat, jamiyat va umuman insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik munosabatlarni tartibga soladi, uning huquqiy-ekologik prinsiplarini, normalarini o‘rganuvchi fan sifatida shakllanib boradi. Chunki, inson tabiatdan foydalana borib, uning geografik muhitini o‘zgartiradi, tabiiylikka putur yetkazib, rivojlanish muvozanatini buzadi, tabiiy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ekologik salbiy ta’sirning oqibati esa tabiatdagi o‘zaro mutanosiblikka zarar yetkazib, biosfera va inson o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi muvozanat me’yorini saqlab qolish, ona tabiatdan va uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilishga juda katta e’tibor berish insoniyat oldidagi dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
Zero, hozirgi sharoitda, tabiatni muhofaza qilish, ekologik muammolarni hal etish, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurash insoniyatning ongli faoliyati bo‘lmog‘i lozim.
Shunday ekan, ekologiya huquqi tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi mavjud qonuniyatlarni ochib beradi, boshqa ekologiya huquqi institutlarini kengroq o‘rganish uchun nazariy asos hisoblanadi, ekologik siyosatning shakllanishiga va rivojlanishiga keng ta’sir ko‘rsatadi, ekologik-huquqiy ong va tafakkur hamda ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatning negizini yaratadi.
Ekologiya huquqining huquq tizimida mustaqil fan tarmog‘i sifatida tan olinishi uning predmeti va metodiga oid maxsus belgilaridir. Ekologiya huquqi fanining predmeti u o‘rganadigan masalalarning majmui hisoblanadi. Demak, ekologiya huquqi fanining predmeti – tabiat, jamiyat va insoniyat (kishilar) o‘rtasidagi o‘zaro tabiiy mutanosiblikni saqlash hamda ekologik huquqiy munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.
Ekologiya huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan o‘zining subyekti va obyektiga egaligi, davlat ekologik boshqaruv tizimi mavjudligi, ekologik huquqiy normalarga rioya qilish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, xalqaro ekologiya huquqi normalari bilan bog‘liqligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Buni keng ma’noda ekologiyaga oid muammolar chegara bilmasligi va global tusga ega ekanligi bilan tushuntirish mumkin.
Hozirgi kunda barcha fanlar qatori ekologiya huquqining bir qator vazifalari mavjud. Bu vazifalar uning maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq.
Ekologiya huquqining asosiy maqsadi – tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy ekologik muhofaza qilish hamda jamiyatdagi ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish.
Shunday qilib, ekologiya huquqi fanining hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanishi mumkin:
– O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosatini mustahkamlash;
– mustaqil respublikamizdagi mavjud tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish;
– iqtisodiy, huquqiy, geografik va milliy xususiyatlarni inobatga olib,
ekologiya sohasida qabul qilingan qonun ustuvorligini ta’minlash;
xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani rivojlantirish;
– ommaning huquqiy-ekologik ma’naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish;
– ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini mustahkamlash;
– xalqaro ekologiya huquqi prinsiplariga rioya etish, ularni hayotga joriy etish va xalqaro ekologiya huquqi talablari asosida ish olib borish.
Ekologiya huquqi fani bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan umumiy va maxsus qismlardan iborat. Ekologiya huquqi fanining tizimi – ekologik qonuniyatlarga asosan, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ekologiya huquqi institutlarining mantiqiy joylashish majmui hisoblanadi. Ekologiya huquqi maxsus qismining normalarini amalda joriy etishda umumiy qism normalarining qoidalari tatbiq etiladi. Umumiy qismning normalari faqat maxsus qismning normalari asosida yoki birgalikda qo‘llaniladi. Maxsus qism normalarini qo‘llashda umumiy qism normalari yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi normalar hisoblanadi. Shunday ekan, ekologiya huquqi maxsus qismining normalari umumiy qism normalari qoidalariga va institutlariga asoslangan va unga muvofiqdir.
Ekologiya huquqining umumiy qismi – hamma qismlarga va institutlarga tegishli umumiy masalalarning bir tartibda ko‘rib chiqilishi va o‘rganilishi holatini namoyon etadi. Mazkur darslikning umumiy qismida:«ekologiya huquqi» tushunchasi, predmeti, metodi, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining huquqiy-ekologik holati, ekologik huquqbuzarliklar va ekologik-huquqiy javobgarlik masalalari o‘rganiladi.
Ekologiya huquqining maxsus qismida esa – yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘rmon, atmosfera havosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik-huquqiy tartibi hamda atrof tabiiy muhitni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilish masalalari yoritiladi. Har qanday o‘quv fani muayyan metodga, usulga ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarni anglab yetish vositalariga ega bo‘ladi.




    1. Download 148.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling