Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya


YURIDIK KADRLARNI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH


Download 45.57 Kb.
bet5/7
Sana23.12.2022
Hajmi45.57 Kb.
#1045725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixolo (1)

YURIDIK KADRLARNI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
Izchil, uzluksiz, o‘zaro bog‘liq, zamonaviy talablarga javob beradigan yuridik ta’lim tizimini yaratish jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yo‘nalishlaridan biridir.
Ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladigan o‘quv komplekslarini tashkil etish kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni takomillashtirishning muhim vositasidir.
Hozirda va istiqbolda qancha va qanday ixtisosliklar bo‘yicha huquqshunos mutaxassislar kerak degan masalani hal etmasdan turib, yuridik ta’limning islohotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan oliy va o‘rta maxsus yuridik ma’lumotli mutaxassislar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini belgilash birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunday ro‘yxatni ishlab chiqish chog‘ida tegishli malakadagi yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar tizimini va ularni amalga oshirishning maqbul muddatlarini belgilab qo‘yish muhim.
Ilmiy asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yuridik ta’limning ixtisoslashuvini izchil amalga oshirish yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini isloh qilishning zarur shartidir.
Yuridik kadrlar tayyorlashni ixtisoslashtirish, bir tomondan, tegishli o‘quv fanlarini chuqur o‘rganishni, ikkinchi tomondan, huquqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan barcha o‘quv yurtlari uchun majburiy bo‘lgan tayanch yuridik fanlar ro‘yxatini belgilab qo‘yishni nazarda tutadi. O‘quv rejalarida ana shu majburiy fanlar turkumi bo‘lmasa yoki qisqartirilgan bo‘lsa, tegishli o‘quv yurti yuridik kadrlar tayyorlash huquqidan mahrum qilinishi kerak.
Aholiga huquqiy ta’lim berish va huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish sifatini oshirish, bo‘lg‘usi yuristlarda zarur ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida yuridik oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalarida huquqiy ma’rifatning ilmiy asoslari va uslubiyotlari kursi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni nazarda tutish shart.
Yuridik o‘quv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish tizimini takomillashtirish malakali yuridik kadrlar tayyorlashni ta’minlashning tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim. Yuridik o‘quv yurtlariga abituriyentlar tanlab olishda ularning tahlil etish, mantiqiy fikrlash, nostandart vaziyatlarni tanqidiy baholay olish, xulosa chiqarish, o‘z nuqtai nazarini asoslay olish qobiliyatlarini, ularning og‘zaki va yozma nutq mahoratini aniqlash zarur, shu maqsadda test sinovidan o‘tkazish bilan bir qatorda ularning tegishli qobiliyatlarini aniqlashga imkon beradigan ijodiy imtihon topshirishlarini nazarda tutish kerak bo‘ladi.
Yuridik ta’limni takomillashtirish o‘quv jarayonini isloh qilishni, o‘qitishning ilg‘or vositalari va usullaridan keng foydalanishni, ta’limning amaliyot bilan uzviyligini kuchaytirishni talab qiladi. Zero, yurist nafaqat muayyan bilimlar majmuiga ega bo‘lishi, balki bu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishi zarur.
O‘quv jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmiga, O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qaror topishi va fuqarolar jamiyati shakllanishi masalalariga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslariga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak.
Yuridik o‘quv yurtini tamomlash va davlat imtihonlarini topshirishga bitiruvchining tegishli ta’lim kursidan o‘tganligi va muayyan bilim olganligining tasdig‘i sifatida qaramoq kerak. Bitiruvchilarga ixtisoslik bo‘yicha ishlash imkoniyati esa ular stajirovkadan o‘tganidan va olingan bilimlarni ish jarayonida qo‘llay olishidan dalolat beruvchi malaka imtihonini topshirganidan keyingina beriladi.
Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash yuridik ta’limning zamonaviy yuksak darajasini ta’minlashning birlamchi jihati, eng muhim sharti hisoblanadi. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashdagi nomutanosiblik shunga olib keldiki, respublikada huquqning qator sohalari (moliya, mehnat, xalqaro huquq, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshqalar) bo‘yicha ilmiy va pedagog xodimlar etishmasligi jiddiy sezilmoqda.
Tegishli mutaxassislar taqchilligi yuridik kadrlar tayyorlashni, binobarin, bir qator amaliy vazifalarni, shu jumladan bozor islohotlarini huquqiy ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishni anchagina qiyinlashtiradi. Mutaxassislar taqchilligi sezilayotgan huquq sohalari bo‘yicha ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish zarur.
Huquqshunoslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uzluksiz yuridik ta’lim tizimining majburiy bosqichiga aylanishi kerak. Yuridik ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan uyg‘unligini kuchaytirish maqsadida ilmiy va pedagog xodimlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha albatta sudlarda, prokuratura, ichki ishlar organlarida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, shuningdek korxonalarda, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalarida stajirovkadan o‘tishini nazarda tutish kerak.

Download 45.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling