Huquqiy ta‟lim tushunchasi, maqsadi, mohiyati va mazmuni Huquqiy ta’lim va tarbiyani takomillashtirish masalalari


Akademik litsey, kollej va oliy ta`limda o‟quvchi -talabalarga huquqiy ta‟lim berish masalalari


Download 29.06 Kb.
bet4/4
Sana16.04.2023
Hajmi29.06 Kb.
#1360575
1   2   3   4
Bog'liq
Huquqiy ta\'lim tarbiya

Akademik litsey, kollej va oliy ta`limda o‟quvchi -talabalarga huquqiy ta‟lim berish masalalari
O`zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini barpo etilishi respublkamizda kichik va o`rta biznesni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yangiliklardan biridir. Ta'limning bu bosqichida yoshlar ham fan yutuqlarini o`rganishlari, bilim olishlari va shu bilan birga ma'lum bir kasb-hunarga ega bo`lishlari nazarda tutiladi. Bo`lajak yosh mutaxassislarning huquqiy madaniyati tarkibiga oila va maktabda shakllangan dunyoqarashdan tashqari kasbiy tayyorgarlikning huquqiy belgilari ham kiradi. Bu belgilar har bir sohaga xos bo`lib, o`quv-tarbiya, amaliy mashg`ulot jarayonida o`quvchi ongi va faoliyatiga singdiriladi. Masalan, bo`lajak yosh durodgor o`quv-tarbiya jarayonida durodgorlikka xos mehnat intizomini, quruvchilarning mehnatini tashkil etish qoidalarini, ish haqi, ish vaqtini tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni, durodgorlik muomala madaniyatini o`rganishi va uni amalda qullanish madaniyatini egallab olishi lozim. 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining ta'limi to`g`risidagi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda jamiyatda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat dasturidan ko`zlangan asosiy maqsad ham aynan shuning o`zidir1 .
Yosh ishchilarning kasbiy huquqiy madaniyati ishlab chiqarish amaliyoti davrida ayniqsa chuqur shakllanadi, chunki amaliyotda o`quvchilar nazariy bilimlarni amalda sinab ko`radilar, shuningdek o`zlari tajriba o`tkazadigan joylarda xodimlar mehnat qonunlariga qanday amal qilayotganlarining shohid bo`ladilar. O`smirlar deganda, yoki voyaga yetmaganlar deganda ko`pchilik hollarda 14-17 yosh oralig`idagi yoshlar tushuniladi. Bu davrda yosh o`spirinlar ko`proq oila huquqi, mehnat huquqi va jinoyat huquqiga ko`proq qiziqadilar. Bu huquq sohalariga oid qonunlarni, kodekslarni hamda me'yoriy hujjatlarni o`rganishga harakat qiladilar. Buning sabablarini ularning voyaga, ya'ni balog`at yoshiga yetishi bilan ham izohlash mumkin. Masalan, 16 yoshdan mehnat qilish huquqiga ega bo`lishi, qizlar 17 yoshdan, yigitlar 18 yoshdan nikoh qurish huquqiga ega bo`lishlari yoki yosh o`spirinlarning 16 yoshdan jinoiy javobgarlikka tortilishi, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 - moddasi 2 bandiga asosan og`irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o`ldirganligi uchun 13 yoshdan jinoiy javobgarlikka tortilishining belgilanganligi, 14 yoshdan esa jinoyat kodeksining 20 ta moddasida belgilangan og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar uchun javobgarlikning belgilanganligi ham sabab bo`lsa kerak deb o`ylaymiz.
Kasb-hunar, texnika kollejlarida o`quvchilarga maxsus amaliyot, tajriba o`tkazish uchun maxsus mo`ljallangan sharoit bo`lib, balki biror korxona bilan bog`langan holda mehnat qoidalari bilan puxta tanishtirish, korxonadagi ichki kun tartibiga, unda o`rnatilgan qoidalarga amal qilishlari belgilab qo`yilgan bo`ladi. Bundan tashqari kasb-hunar kollejlarida «Davlat va huquqshunoslik asoalari» fani, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 - yil 4 - yanvardagi «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish o`quv kursini tashkil etish to`g`risida»gi F-1322 sonli Farmoyishiga asosan «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish» o`quv kursining o`qitilishi muhim ahamiyatga egadir. Bunda talabalar davlat boqaruvi, davlatning konstitutsiyaviy to`zimi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati to`g`risida huquqiy bilimlarga ega bo`ladi. Huquq tartibot va sud organlari, prokuratura hamda huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o`z – o`zini boshqarish organlarining vakolatlari va vazifalari to`g`risida ma'lumotlarga ega bo`ladilar.
Yoshlarni o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi, akademik litsey, kollejlarda yoshlarni tarbiyalash ularning porloq kelajagimizning poydevori ekanligi, xalqimiz katta umid bilan ularga qarayotganligini, davlat esa o`z qonunlari orqali yoshlar mehnatini huquqiy kafolatlayotganligini ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasida «Kamolot» YoIH ham yoshlarni qullabquvvatlayotgan, ularning huquqlarini himoya qilayotgan jamoat tashkilotlaridan biridir. Bu tashkilotning faoliyati to`g`risida har birimiz aniq ma'lumotlarga egamiz.
Download 29.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling