Huquqiy vaziyat (kazus)ning javobi Ushbu muammoli huquqiy vaziyatni xalqaro kazus yechish tizimi
Download 15.6 Kb.
|
Документ12455
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. “CONCLUSION” (ingliz tilidan oligan bo‘lib, “xulosa”, degan manoni anglatadi).
Huquqiy vaziyat (kazus)ning javobi Ushbu muammoli huquqiy vaziyatni xalqaro kazus yechish tizimi Hisoblangan IRAC tizimi orqali yechishga harakat qilamiz. “ISSUE” (ingliz tilidan oligan bo‘lib, “muammo”, degan ma'noni anglatadi). Ushbu muammoli huquqiy vaziyat (kazus)da asosiy muammo – bu 2015-yil 25-avgust kuni “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) “Neftgaz” MChJ taʼsischilari ro‘yxatidan chiqishini maʼlum qilib, ulushini faqatgina mol-mulk ko‘rinishida ajratib berishni so‘ragan. Jamiyat ijro organi taʼsischilar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirib, “Neftegazservis” MChJning arizasini muhokama qilib, ulushini mol-mulk ko‘rinishida ajratib berishni rad etgan. Shundan so‘ng, ijro organi “Neftgaz” MChJ shaklidagi QK ustaviga o‘zgartirish kiritib, “Neftegazservis” MChJni ta'sischilar safidan chiqarib, jamiyatni MChJ shaklidagi QKdan MChJ shaklida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) 51% ulush egasi ekanini, uni noqonuniy tartibda ta'sischilar safidan chiqarilganini, uni arizasi muhokamasida uning vakillarini ishtiroki ta'minlangan bo‘lsada ovoz berish jarayonida ularni ovozlari inobatga olinmaganini ma'lum qilib ushbu nizo yuzasidan sudga murojaat qilishini ma'lum qilgan. “RULE” (ingliz tilidan oligan bo‘lib, “qonun-qoida”, degan ma'noni anglatadi). Yuqoridagi muammoli huquqiy vaziyatni 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi mavjud normalar asosida yechishga harakat qilamiz. “APPLICATION” (ingliz tilidan oligan bo‘lib, “vaziyatni bog‘lash”, “ilova”, degan ma'nolarni anglatadi). “Neftgaz” MChJ Ijro organi O‘zbekiston Respublikasi «MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA»gi Qonunining 32-moddasi asosida va jamiyat ustavi, shuningdek ta'sis shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda va hollardagina navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirishi mumkin edi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA»gi Qonunining 13-moddasida jamiyat ustavida nimalar aks ettirilishi ko‘rsatib o‘tilgan: «Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: Jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi; Jamiyat faoliyatining predmeti; Jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari; Jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar». Ya'ni yuqoridagi norma asosida “Neftgaz” MChJ ustavida ta'sischi jamiyatdan chiqish istagini bildirgan vaqtdan boshlab u jamiyatdan chiqqan hisoblanishi haqida norma biriktirilgan bo‘lgan va bu haqida jamiyat ta'sischisini xabari bo‘lgan bo‘lishi kerak. Jamiyat ustaviga asosan 2015-yil 25-avgust kuni “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) “Neftgaz” MChJ taʼsischilari ro‘yxatidan chiqishini maʼlum qilgan paytdan e'tiboran ta'sischilar safidan chiqqan
"Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini o‘z muddatida to‘liq miqdorda qo‘shmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 15-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol- mulk jamiyat foydalanishida bo‘lgan muddatga) u qo‘shgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qo‘shish yoki tovonni taqdim etishning muddati o‘tadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart." Ushbu huquqiy normaga asoslanib aytish mumkinki, jamiyatdan chiqib ketgan “Neftegazservis” MChJning ulushi “Neftgaz” MChJga o‘tadi va bu holatda “Neftgaz” MChJ jamiyatdan chiqib ketgan “Neftegazservis” MChJga chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart". Shunindek, qonunchilikda mavjud bir qancha qoidalarni ham ko‘rib chiqishimiz mumkin, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli. Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli. Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ajralib chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati to‘lanishini talab qilish huquqiga ega. Ya'ni “Neftegazservis” MChJ o‘z ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati to‘lanishini talab qilish huquqiga ega. Xususan, ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish o‘rniga boshqa mulkdorlar tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga ishtirokchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorning ulushi arzimas bo‘lgan, amalda ajratib berilishi mumkin bo‘lmagan va u umumiy mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin. Qoidaga ko‘ra mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-mulkdagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi. 4. “CONCLUSION” (ingliz tilidan oligan bo‘lib, “xulosa”, degan ma'noni anglatadi). Ushbu huquqiy vaziyatda “Neftegazservis” MChJ o‘z ulushini ajratib olish bo‘yicha sudga shikoyat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi va fikrimcha, har qanday holatda jamiyat “Neftegazservis” MChJga tegishli ulushni berishi kerak Download 15.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling