Huquqni amalga oshirsh
Download 31.5 Kb.
|
Huquqni amalga
Huquqni amalga oshirsh. Huquqni amalgam oshirish o'zaro ichki bog'langan bo'lib o'zaro tarkibiy qismlari bir-birini taqozo qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Huquqni amalga oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari ta'minlanadi, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi ishtiroki ta'minlanadi,mulk qo'riqlandai, ijtimoiy va huquqy-tartibot mustahkamlanadi.Huquqni amalga oshirish qay darajada amal qilishiga ko'ra tashqi va ichki darajalarga bo'linadi. Bu bo'linish fuqarolarning davlatga davlatning fuqarolarga nisbatan bo'lgan burch va majburiyatlarni qat'iyan belgilab qo'yadi. Ushbu jarayon murakkab jarayon bo'lib u o'zaro bog'langan vakolatli davlat organlari yordamida ba'zida davlat organlarining ishtirokisiz amalga oshiriladi.Masalan fuqarolar va tashkilotlar o'z ixtiyori bilan majburlovsiz o'zaro kelishuviga ko'ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Bu davlat organlarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Huquqni amalga oshirishning ichki va tashqi darajalari o'zaro o'xshashliklarga va farqli tomonlarga ega. Jumladan ikkalasining ham tub negizida inson huquq va manfaatlariga xizmat qilish yotadi va asosiy e'tibor inson huquqlari va fuqarolarning davlatga va davlatning fuqarolarga bo'lgan burch va majburiyatlarni amalga oshirishga qaratiladi. Huquqni amalga oshirishning ichki darajasida huquqni tatbiq etish va qo'llash davlat organlarining bevosita va fuqarolarning bilvosita ishtirokida amalga oshiriladi. Huquqni amalga oshirishning tashqi darajasida davlatning tashqi masalalarni yuzasidan ish yurituvchi vakolatli organlari xalqaro umume'tirof etilgan normalar yordamida fuqarolik masalarini ko'rib chiqadi ya'ni u yoki bu mamlakatning qonunchilik tizimi amal qilmaydi. Huquqni amalga oshirish jarayoni kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi va shunga ko'ra aniq huquqiy munosabatlarning vujudga kelishib o'zgarishi yoki to'xtashi sodir bo'ladi. Huquq ichki darajada menda shunday tasavvur uyg'otadiki, agar davlat mamlakatda o'zaro majburiyatlarga rioya qilishni amalga oshirmasa mamlakatda konfirmistik ruh yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarmaslik oxir - oqibatda ikki tomon uchun ham zarar keltiradi. Mamlakat siyosati izdan chiqadi.Rioya etishda asosan ta'qiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi.Rioya etish amalga oshirishning bir shakli bo'lib u subyektlarning yuridik ta'qiqlarga mos ravishda ish ko'rishida ifodalanadi. Huquq ichki darajada menda shunday tasavvur uyg'otadiki, huquqni amalga oshirishda huquqiy qoida majburiyatlarini bajarmaslik ham bizga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda subyektlarning xulq-atvori faol xususiyatga ega bo'ladi.Chunki ular yuridik normalar bilan belgilangan harakatlar sodir etadi ya'ni o'zlariga yuklangan faol harakat qilish majburiyatlarini bajaradi. Agar bu ish qilinmasa davlat organlari huquqni amalga oshira olmaydi va o'z siyosiy kuchini yo'qotadi va fuqarolarni ortiq o'z nazorati doirasida saqlay ololmaydi. Masalan mehnat shartnomasi. Undagi majburiyatlar bajarilmasa bu ham o'sha davlat tashkilotiga ham xodimga zarar yetkazadi. Huquq ichki darajada menda shunday tasavvur uyg'otadiki, agar subyektiv huquqdan foydalanish amalga oshirilmasa mamlakatda fuqarolarning huquqlari suiiste'mol qilinganday bo'ladi. Negaki hozirgi demokratik qoidalarga asosan davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta'minlaydi. O'z navbatida fuqaro ham o'z hiquqkaridan foydalana olishi shart. Masalan qariganda , boquvchisni yo'qotganda davlatdan yordam puli olish, saylov huquqi kabi. Huquq ichki darajada menda shunday tasavvur uyg'otadiki agar davlat huquqni o'z o'rnida qo'llay olmasa mamlakatda fuqarolar o'rtasida ijtimoiy tengsizlik, noroziliklar kelib chiqadi. Negaki davlat uchun barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lishi kerak ya'ni ijtimoiy tengsizlikka yo'l qo'ymaslik uchun barchaga birday taalluqli bo'lgan qonunlar chiqarish kerak. Xususan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishdagi mehnat ta'tili, bepul tibbiy yordam, maktab ta'limidan foydalanish. Huquqni tashqi amalga oshirishda davlatning vakolatli organlarining faoliyati bo'lishi shart. Chunki faqatgina ular davlat nomidan fuqaroning huquq va erkinliklarini yuzaga chiqaradi va himoya qiladi. Mazkur organlar bo'lmasa ular o'z huquq va erkinliklarini o'zga davlat hududida muhofaza eta olmaydi. Masalan Tashqi ishlar vazirligining chiqargan qonunlari. Huquqni tashqi amalga oshirishda davlatning tatbiq etish vakolati amalga oshirilmasa fuqaroning huquqlari hech qanday huquqiy asosga ega bo'lmaydi. Natijada xalqaro me'yorlarning davlat tomonidan suiiste'mol qilinishi holati yuamzaga keladi. Huquqni tashqi amalga oshirishda u tomonidan chiqarilgani qonun hujjatlari ham muhim ta'sirga ega. Negaki davlat tashqi hudiddagi fuqaroning davlatga va uning fuqaroga bo'lgan munosabatlarni tartibga solib turadi. Bu bilan fuqarolarning huquqlarining poymol etilmasligini ta'minlash va xalqaro me'yorlarning buzilmasligini ta'minlash maqsadi ham yotadi. Zero hech bir davlat o'z fuqarolarining huquqlari poymol bo'lishini istamaydi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling