Huquqni muhofaza qilish organlarida shaxlararo aloqani oʻrnatishning psixologik asoslari


Download 4.86 Mb.
Sana20.09.2023
Hajmi4.86 Mb.
#1682817
Bog'liq
Huquqni muhofaza qilish organlarida shaxlararo aloqani oʻrnatishning psixologik asoslari


HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIDA SHAXLARARO ALOQANI OʻRNATISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
2023
MAMADALIYEVA MUNISA
REJA
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida kasbiy muloqot va psixologik aloqa o‘rnatish
Psixologik aloqa bosqichlari
Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish
Individual ta’sir etish
Kasbiy muomala har bir huquqni muhofaza qilish organlari xodimi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomalaning qonuniyatlariga suyangan holda, shaxslararo munosabatga kirishadi. Bu muloqot jarayonida xodimning har bir bilish sifati (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasiga, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATIDA KASBIY MULOQOT VA PSIXOLOGIK ALOQA O‘RNATISH
Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi muloqot jarayonida insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan axborotni muloqot jarayonida to‘liq ravishda berish, uning to‘g‘ri yetib borganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini faollashtiradi. Har bir muloqotning bir nechta maqsadi bo‘ladi: -faktlarni va shaxsning bu faktlarga bo‘lgan munosabatini aniqlash; tarbiyaviy maqsad, ya’ni qonunni hurmat qilish; ziddiyatli holatlar muloqotda, ya’ni ikkala tomonning qiziqishlari bir joydan chiqmasligi natijada muloqotda formallik, yuzakilik vujudga keladi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimi odamlar bilan muloqot qilishi uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: – notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o‘rnata olish va ularga ma’qul bo‘lish; – boshqa shaxslar gapini eshita bilish qobiliyatiga ega bo‘lish; – odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish qobiliyati; – muloqot jarayonida shaxs bilan psixologik to‘siqlarni bartaraf etish qobiliyati.
Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlarini ko‘rib o‘tishimiz mumkin:
1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish;
2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish;
3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi;
4) umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash;
5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish;
6) individual ta’sir etish.
PSIXOLOGIK ALOQA BOSQICHLARI
ALOQANI YENGILLASHTIRUVCHI TASHQI OMILLARNI YARATISH
Muloqotda namoyon bo‘ladigan har qanday holatda tashqi omillar ijtimoiy vaziyatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga biror-bir narsa xalaqit berishi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat chog‘ida ishonchlilik muhiti saqlab qolinishi shart.
Nutq madaniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr bo‘lishga harakat qilinishi kerak.
TASHQI KOMMUNIKATIV SIFATLARNING NAMOYON BO‘LISHI
Muloqotning boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal etishda umumiy va shu bilan birga, neytral qiziqishlar doirasini aniqlash yordam beradi. Masalan, tangalar, markalarni kolleksiya qilish, sport, sayohat va boshqa qiziqishlar. Umumiy qiziqishlar va ularni qidirib topish ijobiy emosional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan muloqotda suhbatdoshni yaqinlashtiradi. Neytral qiziqish va qiziqishlar psixologik iqlimni yengillashtiradi va mavqeini tenglashtiradi.
UMUMIY VA NEYTRAL QIZIQISH DOIRALARINI ANIQLASH
INDIVIDUAL TA’SIR ETISH.
Psixologik aloqa o‘rnatishning yakuniy bosqichida xodim suhbatdosh shaxsiga individual ta’sir etishi lozim. Bu ta’sir etishning maqsadi ishonchli ma’lumotlarni suhbatdoshidan olishdir. Shu bilan birga, kelajakdagi umumiy ishonchlilik munosabatlari yaratilishi mumkin. Jinoyatchilarning maxsus tili (jargoni) va tatuirovkalarini hisobga olish muhim, chunki ular muloqotning maxsus vositalari hisoblanadi. 133 Ularni bilish xodim uchun nihoyatda zarur, chunki bu operativ va xizmat vazifalarini bajarishga yordam beradi. Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalambor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari shaxslararo munosabatlarda hamma vaqt ishtirok etadi. Muloqot murakkab jarayon sifatida inson hayotida va shaxsning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Muloqot huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muhim tarkibiy qismidir. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari turli shaxslar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishlari uchun ularning individualpsixologik xususiyatlarini bilishlari lozim. Muloqotning vositalarini to‘g‘ri qo‘llay bilish huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini oshiradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download 4.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling