Huquqshunoslik fanlari bo'yicha; Safdorlar uchun


Download 126 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi126 Kb.
#1058341
  1   2
Bog'liq
iiv


Huquqshunoslik fanlari bo'yicha;
Safdorlar uchun
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida qanday huquqlarga ega?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra shaxsning huquqiy maqomini tushuntirib bering?
Davlat tushunchasiga ta'rif bering?
Davlatning tashqi funktsiyalariga nimalar kiradi va ularni ta'riflang?
Davlatning ichki funktsiyalariga nimalar kiradi va ularni ta'riflang?
Davlat shakllari deganda nimani tushunasiz va boshqaruv shakliga ta'rif bering?
Respublika boshqaruv shakli qanday turlarga bo'linadi, ularga ta'rif va misollar keltiring?
Davlat organlari qanday turlarga bo'linadi va ular haqidagi tasavvuringizni ayting?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod bo'lgan shaxslarga qanday talablar qo'yilgan?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday vakolatlarga ega?
O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qanday vakillik organi hisoblanadi va uni ikki palatali qilishdan maqsad nima?
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va Senati palatalarining asosiy vazifalari?
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo'lishi uchun nomzodlarga qanday talablar qo'yiladi?
Oliy Majlisning mutloq vakolatlari nmalardan iborat?
Kimlar Oliy Majlisda Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega va bu huquq qanday amalga oshiriladi?
O'zbekiston Respublikasining sud tizimini ayting va ularga ta'rif bering?
Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish bo'yicha so'nggi yillarda olib borilgan ishlar nimalardan iborat?
Huquq normasi nima va uning vazifalarini ayting?
Huquqiy norma tuzilishiga ko'ra bir-biri bilan bog'liq bo'lgan qanday tarkibiy qismdan tashkil topishi mumkin?
Konstitutsiyaviy huquq sohasida qanday munosabatlarni tartibga soladi?
Jinoyat huquqi sohasi orqali qanday munosabatlar tartibga solinadi va unga misollar keltiring?
Huquq institutlari nima va unga misollar keltiring?
Huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz va unga misollar keltiring?
Huquqiy munosabat tuzilishiga ko'ra qanday elementlarni o'z ichiga oladi va bu elementlarni misollar orqali tushuntiring?
Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya'ni sub'ektlar qanday layoqatlarga ega bo'lishlari talab etiladi va ularni ta'riflang?
Huquqiy odat nima va bunga misollar keltiring?
Yuridik pretsedent nima va u qaysi davlatlarning huquq manbai hisoblanadi?
Normativ-huquqiy hujjat nima, u qanday qoidalarni o'z ichiga oladi?
Normativ-huquqiy hujjatlarning qanday turlari mavjud?
O'zbekiston Respublikasi qonunlarini qanday guruhlarga bo'lish mumkin?
Konstitutsiyaviy qonunlar qanday qonunlar hisoblanadi va ular qanday qabul qilinadi?
Kodekslashtirilgan qonun bu nima, unga misollar keltiring?
Qonun vaqt bo'yicha qanday tartibda kuchga kiradi?
Qonun vaqt bo'yicha qanday tartibda kuchini yo'qotadi va qonunni orqaga qaytish kuchi qo'llaniladimi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig'i sifatida qanday normativ-hujjatlar chiqaradi va ularni tavsiflab bering?
Qonun osti hujjatlari qaysi turdagi hujjatlar kiradi va ular kimlar tomonidan qabul qilinadi?
Huquqiy ong nima va u qanday shakllanadi?
Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari?
Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud va ularni ta'riflab bering?
Intizomiy huquqbuzarlik nima, unga misollar keltiring?
Fuqarolik huquqbuzarlik nima, unga misollar keltiring?
Jinoyat va jinoiy javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
Ma'muriy huquqbuzarlik deganda nimani tushunasiz va unga misollar keltiring?
Huquqbuzarlikning ob'ekti deganda nimani tushunasiz?
Huquqbuzar kim, huquqbuzarlik sub'ekti deganda nimani tushunasiz?
Yuridik javobgarlik nima va uning turlarini ta'riflab bering?
Yuridik javobgarlik qanday tartibda amalga oshadi va uning qanday turlari farqlanadi?
Intizomiy javobgarlik qaysi kodeks bilan tartibga solinadi va bu javobgarlikning qanday turlari bor?
Fuqaroviy javobgarlik nima va u qanday tartibda amalga oshiriladi?
Ma'muriy javobgarlik nima va uning qanday jazo turlari bor?
Jinoiy jazolar qaysi kodeksda berilgan va ularning turlarini yoritib bering?
Jinoiy javobgarlikning asosiy va qo'shimcha jazo choralarini ayting?
Nima uchun O'zbekistonda o'lim jazosi bekor qilindi va uning o'rniga qanday jazolar joriy etish belgilandi?
Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi deganda nimani tushunasiz?
O'zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tizimini, asosan nimalar tashkil qiladi va ularni ta'riflang?
Prokuratura organlari va ularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari nimalardan iborat?
Majburiy ijro byurosi qachon tashkil etildi va uning zimmasiga qanday vazifalar yuklatildi?
O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qanday vazifalarni amalga oshiradi?
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi qanday organ va maqsadlari nima?
Davlat soliq qo'mitasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Bojxona organlarining asosiy vazifalarini ayting?
Adliya organlari tizimi qandayligini ayting?
Adliya organlari faoliyatiga kim rahbarlik qiladi va u qanday tayinlanadi?
Adliya organlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Yagona darcha nima va u nima maqsadda tashkil etildi?
Advokat so'zi qanday ma'noni anglatadi va kimlar advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin?
Qanday shaxslarni advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishga yo'l qo'yilmaydi?
Qonunga ko'ra advokatlar qanday turdagi yuridik xizmatlarni ko'rsatadilar?
Notarial idoralar qaysi organ tomonidan tashkil etiladi va kimlar notarius bo'lishi mumkin?
Notarial idoralari vazifalari nimalardan iborat?
O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari nima maqsadda tuzilgan?
Fuqarolik huquqi sohasi qanday munosabatlarni tartibga soladi?
Shaxsning muomala va huquqiy layoqati deganda nima tushunasiz?
14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlar qanday fuqarolik huquqlariga ega?
6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar qanday fuqarolik huquqlariga ega?
Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab qanday guruhga ajratish mumkin va ularga ta'rif bering?
O'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga qanday jazolar qo'llaniladi?
Voyaga etmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan jinoiy javobgarlik turiga kiruvchi jarima jazosi haqida ma'lumot bering.
Voyaga etmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan jinoiy javobgarlik turiga kiruvchi axloq tuzatish ishlari jazosi haqida ma'lumot bering.
Voyaga etmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan ozodlikni cheklash, majburiy jamoat ishlari jinoiy jazosi haqida ma'lumot bering.
Voyaga etmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan jinoiy javobgarlik turiga kiruvchi ozodlikdan mahrum qilish jazosi haqida ma'lumot bering.
Jinoyat qilgunga qadar o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxsning jinoyati haqidagi ishlar bo'yicha nimalar aniqlanishi lozim?
O'n besh yoshga to'lgan bolalar qanday tartibda ishga qabul qilinadi?
Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish vaqti voyaga etmaganlarga qancha etib belgilangan?
Jinoyat sodir etilgunga qadar 14 yoshga to'lgan shaxslar qanday jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar?
Jazo qanday maqsadda qo'llaniladi?
Afv deb nimaga aytiladi va kim tomonidan qo'llaniladi?
Amnistiya haqida nimalarni bilasiz?
Konstitutsiya so'zi qanday ma'noni anglatadi va unda nimalar belgilab qo'yiladi?
Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o'rtasidagi farqli jihatlarni ayting.
Huquq tushunchasiga ta'rif bering?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi qachondan boshlab ishlab chiqilgan?
Konstitutsiya muqaddimasida nimalar aks ettirilgan?
Suverenitet nima, davlat suvereniteti deganda nimani tushunasiz?
Xalq hokimiyatchiligi atamasi qanday ma'noni anglatadi va u birinchi bo'lib qaerda paydo bo'lgan?
Demokratiyaning qanday shakllari bor, ularni yoritib bering?
Hokimiyatning bo'linish printsipini tushuntirib bering, bu printsip nima uchun kerak?
Tashqi siyosat deganda qanday faoliyatni tushunasiz?
BMT qachon tashkil topgan va O'zbekiston unga qachon a'zo bo'lgan?
O'zbekiston qanday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib bormoqda?
Fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday guruhlarga bo'linadi?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra fuqarolar qanday siyosiy huquqlarga ega?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra shaxsiy huquq va erkinliklarga nimalar kiradi?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga nimalar kiradi?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra madaniy huquqlarga nimalar kiradi?
erkinlik (huquqda) tushunchasiga ta'rif bering?
“O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida”gi Farmon qachon kuchga kirgan va uning o'rniga qanday jazolar qo'llaniladi?
So'z erkinligiga ta'rif bering.
Turar joy daxlsizligi huquqi deganda nimani tushunasiz?
Dunyoviy davlat deganda nimani tushunasiz?
Mehnat qilish huquqi va uning ahamiyatini tushuntirib bering?
Voyaga etmaganlar qanday tartibda ishga qabul qilinadilar?
Ijtimoiy ta'minot olish huquqi deganda nimani tushunasiz?
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi deganda nimani tushunasiz?
Ta'lim olish huquqi deganda nimani tushunasiz?
Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi nima?
Siyosiy huquqlar fuqarolarga nima uchun kerak?
O'zbekiston Respublikasida yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar qanday huquqlarga ega?
O'zbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolari qanday huquqlarga ega?
Ariza, taklif, shikoyat nima?
Shaxsiy huquq va erkinliklarga (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-31 moddalari) nimalar kiradi?
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-42 moddalari) nimalar kiradi?
Madaniy huquqlarga (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-42 moddalari) nimalar kiradi?
“O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida”gi Farmon qachon kuchga kirgan va uning o'rniga qanday jazolar qo'llaniladi?
Voyaga etmaganlar qay tartibda ishga qabul qilinadilar?
Ta'lim olish huquqi deganda nimani tushunasiz?
Gender tengligiga ta'rif bering.
“O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida”gi Farmon qachon kuchga kirdi va o'lim jazosi o'rniga qanday jazo turlari joriy etildi?
Hozirgi vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nechta siyosiy partiya vakillari ishtirok etmoqda?
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) qachon tuzilgan va maqsadi nima?
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi qachon tuzilgan va maqsadi nima?
O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qachon tuzilgan va maqsadi nima?
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston liberal-demokratik (O'zLiDeP) partiyasi qachon tuzilgan va maqsadi nima?
O'zbekiston ekologik partiyasi qachon tuzilgan va maqsadi nima?
Davlat huquqiga ta'rif bering?
Demokratiyaga ta'rif bering.
Federativ davlatlar qanday belgilarga ega va misollar bilan tushuntirib bering?
Fuqarolik jamiyati nima?
Ma'muriyat tushunchasiga ta'rif bering.
Muqobil saylov nima?
Ombudsmanga ta'rif bering.
Referendumga ta'rif bering.
Saylovchilar bloki nima?
Viza tushunchasiga ta'rif bering?
O'zbekiston Respublikasining pul tizimi haqida nimalarni bilasiz?
Litsenziya so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Jinoyat protsessual huquqidagi qidiruv tushunchasiga ta'rif bering.
Yuridik javobgarlik nima?
Umumiy saylov huquqi deganda nimani tushunasiz?
Dam olish vaqti deganda nimani tushunasiz?
Adliya so'ziga ta'rif bering.
Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish vaqti qancha soat etib belgilanadi?
O'n olti yoshga to'lguncha voyaga etmagan bolaning familiyasi o'zgartirilishi mumkinmi?
Kimlar siyosiy partiyalarga a'zo bo'la olmaydi?
Oilaviy munosabatlar sohasidagi konstitutsiyaviy printsiplarni ayting.
Oila huquqida davlat qanday majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi?
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oilaga qanday ta'rif berilgan?
O'zbekistonda nikoh yoshini va nikoh tuzish shartlarini aytib bering?
Qanday hollarda nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi?
Oila huquqining sub'ektlari deganda nimani tushunasiz?
Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi deganda nimani tushunasiz?
Nikoh tushunchasiga ta'rif bering?
Nikoh tuzish deganda nima tushuniladi?
Ixtiyoriylik asosida nikoh tuzish qanday ahamiyatga ega?
O'zbekiston Respublikasida belgilangan nikoh yoshi va uni istisno etuvchi holatlar haqida nimalarni bilasiz?
Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar haqida nimalarni bilasiz?
Qanday hollarda nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin?
Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik haqida gapirib bering?
Kimlar o'rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas?
er va xotinning familiya tanlash huquqi haqida nimalarni bilasiz?
Ota-onaning bolalarga ta'lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari qanday va nimalarda aks ettirilgan?
er va xotinning umumiy mulkiga nimalar kiradi?
er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari deganda nimani tushunasiz?
er va xotinning shaxsiy mulklari sirasiga nimalar kiradi?
er va xotinning umumiy mol-mulkini taqsimlanishi qanday tartibda amalga oshiriladi?
“Bola huquqlari to'g'risida”gi Konventsiya qachon va qaysi tashkilot tomonidan qabul qilingan?
Bola huquqlari O'zbekiston Respublikasining qaysi qonunida mustahkamlab qo'yilgan?
Bolalarning huquqlariga nimalar kiradi?
Davlat tuzilish shakli deganda nimani tushunasiz?
Unitar davlatga ta'rif bering.
Konfederatsiya nima?
Davlatimizning ma'muriy-hududiy tuzilishi nima uchun kerak?
Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
O'zbekiston Respublikasi qonunlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida qanday amal qilishini tushuntirib bering?
Hokimiyat tushunchasiga ta'rif bering.
Konstitutsiyaga muvofiq hokimiyat nechtaga bo'linadi?
Hokimiyatlarning bo'linish printsipi deganda nimani tushunasiz?
Aholining xulq-atvori nimalarga asoslanadi?
Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi va u qanday palatalardan iborat?
Qonunchilik palatasi haqida ma'lumot bering?
Oliy Majlis Senati a'zolari qanday saylanadi?
Kimlar Qonunchilik palatasi deputati va Oliy Majlis Senati a'zosi bo'lishi mumkin?
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari nimalardan iborat?
O'zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga nimalar kiradi?
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga nimalar kiradi?
Qonunlar qachon kuchga kirgan hisoblanadi?
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra “ishonchsizlik votumi” nima?
O'zbekistonda Prezidentlik lavozimi qachon joriy etilgan va Prezident so'zining ma'nosi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini aytib bering?
Hokimlar qanday tayinlanadi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday saylanadi?
Prezidentlik saylovi qaysi qonunga asosan o'tkaziladi?
Prezident qancha muddatga saylanadi va muddat tugaganidan so'ng qanday lavozimni egallaydi?
Vazirlar Mahkamasi qanday hokimiyat organi?
Vazirlar Mahkamasi qanday boshqaruv organlari tizimini boshqaradi?
Vazirlar Mahkamasi o'z ish faoliyatida kimlarning oldida javobgar hisoblanadi?
Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga nimalar kiradi?
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida qanday printsiplarga tayanadi?
Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kimlar kiradi?
Hokimlar faoliyati qanday asosda amalga oshiriladi?
Qanday holatlarda tuman va shahar hokimlarini Prezident o'z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli?
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi qanday faoliyat hisoblanadi?
Fuqarolar yig'inining organlariga nimalar kiradi?
O'zbekiston Respublikasi sud tizimining bosh vazifalari nimalardan iborat?
Sud hokimiyatiga ta'rif bering?
Konstitutsiyaviy sud qanday ishlarni ko'rib chiqadi?
Konstitutsiyaviy sud qanday saylanadi?
Oliy sud haqida nimalarni bilasiz?
Oliy sud qanday nazoratni amalga oshiradi?
Konstitutsiyaviy sud sud`yalari qanday saylanadi?
Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifalari?
Umumxalq saylovlari deganda nimani tushunasiz?
Kimlar saylovlarda ishtirok eta olmaydilar?
O'zbekiston Respublikasining saylov tizimining qaysi modelidan foydalaniladi?
Saylov tizimining negizi qaysi qonunlar hisoblanadi?
Saylovlar qachon o'tkaziladi?
Saylovlarni o'tkazish va tashkil etish uchun qanday komissiya tuziladi?
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o'z faoliyatida qanday qonunlarga amal qiladi?
Prokuror so'ziga ta'rif bering?
Prokuratura organlari kimlarning manfaatlarini himoya qiladi?
Prokuror sud majlisida qanday faoliyatni amalga oshiradi?
Qaysi holatlarda prokuratura faoliyatiga aralashuv taqiqlangan?
Moliya tizimi deganda nimani tushunasiz?
Qachon so'm pul birligi muomalaga kiritildi?
Bank so'ziga ta'rif bering?
Markaziy bank qanday siyosatni ishlab chiqadi va yuritadi?
O'zbekiston Respublikasida naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo'yishning mutlaq huquqi kimga tegishli?
Soliq kodeksi qanday munosabatlarni tartibga soladi?
Soliqlar yig'imisiz mamlakat mavjud bo'ladimi?
Konstitutsiyaga muvofiq respublikamizda o'z fikrini bildirish erkinligi cheklanganmi?
Miting deganda nima tushuniladi?
Hokimiyat organlari miting, yig'in va namoyishlar o'tkazishni taqiqlashga haqqi bormi?
Ota-ona voyaga etmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga egami?
Voyaga etmagan bolalarning xususiy mulki nimalar hisoblanadi?
O'zbekiston Respublikasi voyaga etmaganlarni mehnatga jalb qilishni tartibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo'yicha qanday xalqaro huquqiy hujjatlarga qo'shilgan?
Bola o'z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga egami?
Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o'z fikrini ifoda qilishga haqlimi?
Huquqiy ong nima?
Xalqaro shartnomaga ta'rif bering.
Xalqaro munosabatlarga ta'rif bering.
Shaxsiy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi?
Agressiya nima?
BMT harbiy kuchlari nima uchun xizmat qiladi?
BMTning asosiy maqsadlarini ayting.
BMT Bosh Assambleyasi haqida ma'lumot bering.
YuNISEF qanday faoliyat bilan shug'ullanadi?
Bola huquqlari deklaratsiyasini maqsadi nima?
Agar ota-onasidan biri O'zbekiston fuqarosi bo'lmasa ham, farzand O'zbekiston fuqaroligini olishga haqlimi?
Huquqiy davlatga ta'rif bering?
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda nimani tushunasiz?
Ma'muriy huquqqa ta'rif bering.
Ma'muriy huquq manbalarini ayting.
Ma'muriy jazo nima va uning turlari.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni kimlar ko'rib chiqadi?
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi haqida nimalarni bilasiz?
«Ma'muriy huquqbuzarlik» tushunchasiga ta'rif bering?
Ma'muriy jazo choralarining turlarini sanab bering?
«Ma'muriy jazo» tushunchasi va maqsadi haqida aytib bering?
Ma'muriy javobgarlik sub'ektlari haqida so'zlab bering?
Ma'muriy jarima jazo chorasi haqida so'zlab bering?
«Musodara qilish» ma'muriy jazo chorasi haqida gapirib bering?
«Maxsus huquqdan maxrum qilish» ma'muriy jazo chorasi haqida gapirib bering?
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni kimlar ko'rib chiqish huquqiga ega?
«Ma'muriy qamoq» ma'muriy jazo chorasi haqida gapirib bering?
Fuqarolik kodeksi haqida ma'lumot bering?
Yuridik shaxslarga ta'rif bering.
Huquqiy layoqat nima?
Muomala layoqati nima?
Muomala layoqati qanday paydo bo'ladi?
Bitim deb nimaga aytiladi?
Qanday holatlardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi?
Mehnat huquqiga ta'rif bering.
Mehnatga oid munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
Mehnat shartnomasiga ta'rif bering.
Mehnat shartnomasi qachon tuzilgan hisoblanadi?
Kimlar ish beruvchilar bo'lishi mumkin?
Ish beruvchi huquqlarini ayting.
Mehnat shartnomasi qanday muddatlarga tuziladi?
Insonning mehnatga layoqati qachondan boshlanadi?
Vaqtbay ish haqi nima?
Ishbay ish haqi nima?
Bayram (ishlanmaydigan) kunlarni sanab bering.
Yillik asosiy ta'til qancha vaqtdan so'ng beriladi?
Kimlarga qanday holatlar hisobga olinib, yillik uzaytirilgan asosiy ta'til beriladi?
Xodim tomonidan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilish shartlarini ayting.
Mehnat nizolari nima?
Aqli norasolikka ta'rif bering.
Aqli rasolikka ta'rif bering.
Ayblanuvchiga ta'rif bering.


Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling