Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Pooʻrs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi. Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi. Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim. Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |