Hurmatli talaba, e’tiboringizga 1-oraliq nazorat uchun vazifalar jo’natilmoqda!
1-topshiriq. Ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan jami 4 ta mustaqil topshiriqni yuqori darajada bajarish talab etiladi. (8 ball)
Statistika mutaxassis sifatida sizga nimaga kerak? Talaba o’zining mustaqil tushunchasini misollar keltirib yozish talab etiladi. Ko’chirgan hamda ko’chirtirgan mazkur mustaqil ishni bajarmaganlar ro’yxatida o’z o’rnida turadi (2 ball).
O’zingiz mutaxassisligingiz yoki mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonini qamrab oladigan ma’lumotlarni to’plash va guruhlarga ajratish (2 ball).
Yuqoridagi ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash (2 ball).
Jadval va grafiklarda tasvirlangan ma’lumotlarni tasviriy statistika ko’rsatkichlari, o’rtacha miqdorlar? Moda, mediana, variatsiya ko’rsatkichlarini hisoblab, hosil bo’lgan ma’lumotlarga xulosa va interpretatsiya taqdim etish (2 ball).
2-topshiriq. Real vaqt rejimida o’tilgan mavzularni qamrab olgan holatda varinatlar taqdim etilib og’zaki so’rovlar asosida baholanadi (7 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: |