Hurmatli talabalar! Ko’pchilikning talablariga binoan “a’lo” bahoga davogarlar uchun qo’shimcha topshiriq berilmoqda. Hayotingizda real bo’lib o’tgan voqea va hodisalar tahliliga asoslangan holda quyidagi savollarga javoblarni o’z ichiga olgan esse


Download 22 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22 Kb.
#212846
Bog'liq
HFX 5cd3f2537004f4384d9fab1733fb5183


Hurmatli talabalar! Ko’pchilikning talablariga binoan “a’lo” bahoga davogarlar uchun qo’shimcha topshiriq berilmoqda.

Hayotingizda real bo’lib o’tgan voqea va hodisalar tahliliga asoslangan holda quyidagi savollarga javoblarni o’z ichiga olgan esse yozing.
1. Ism va familiyangiz?

2. Qaysi yo’nalishda o’qiysiz?

3. Qaysi viloyatda yashaysiz?

4. Siz yashayotgan hududda qanday favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin?

5. Hayotingiz davomida qanday xavf-xatar yoki favqulodda vaziyatga duch kelgansiz (yoki guvohi bo’lgansiz)?

6. Qachon va qayerda?

7. Bunday vaziyatda qanday harakat qilgansiz?

8. Hozir shunday vaziyatga duch kelsangiz qanday harakat qilgan bo’lardingiz?

9. Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan qaysi mavzular siz uchun foydali bo’lda va qaysi birlarini o’ta muhim emas deb hisoblaysiz?

10. Bu fan dasturiga yana qanday mavzularni qo’shish kerak deb o’ylaysiz?

11. Aholini, jumladan o’quvchi va talabalar xavfsizligini ta’minlash, “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini rivojlantirish uchun qanday qo’shimcha taklif va istaklaringiz bor?
Men Axmatova Nozliya, O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti tarix yo'nalishi III bosqich talabasiman. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida istiqomat qilaman.

Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar ayrim hollarda sodir bo'lib turadigan hudud hisoblanadi, ya'ni FAV ko'p sodir bo'ladi yoki umuman sodir bo'lmaydi deb aytolmaymiz. Shahrisabzning tabiiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli favqulodda vaziyatlar kuzatilib turiladi. Misol sifatida tabiiy yog'ingarchiliklar natijasida sel kelishi, kichik hajmdagi suv toshqinlari, turli yong'inlar, is gazidan zaharlanish va boshqalarni aytib o'ta olamiz.

O'ylaymanki, har bir inson o'z umri davomida bir marta bo'lsa ham favqulodda vaziyatga duch keladi. Men hayotim davomida asosan lokal favqulodda vaziyatlarga duch kelganman. Masalan, yashash hududimizda yog'ingarchilik ko'p bo'lishi natijasida vaqti-vaqti bilan sel toshqinlari bo'lib turadi va ba'zi hollarda bu talofatli kechadi. 2019 yil bahorda sel kelishi oqibatida qishloqlarimizni shahar bilan bog'lovchi ko'prik buzilib ketgan. Mazkur ko'prik Shahrisabzning yirik daryolaridan biri bo'lgan Tanxosdaryo ustida qurilgan bo'lib, eng katta ko'prik hisoblanadi. Selning kuchliligi natijasida ko'prik qoq o'rtasidan buzilib, suv oqizib ketgan. Tabiiyki, bu aholi uchun talofat olib keldi: shaharga ishga, o'qishga boruvchilar aylanma yo'llardan foydalanishlariga to'g'ri keldi, boshqa ko'prik yasash uchun mablag' va kuch sarflash zarurati paydo bo'ldi. Ahamiyatli jihati mazkur talofat jarayonida odamlarga shikast yetmagan. Ko'prikni qayta tiklashga uzilishlar bilan roppa rosa 1 yil vaqt ketdi. Hozirgi kunda ko'prik aholi uchun yana o'z xizmatini davom ettirmoqda.

Yana misol sifatida 2020 yil kuzda Toshkentdagi ko'p qavatli turar joyimizda suv toshqini ro'y berdi. Oshxonadagi jo'mrak o'zi o'zidan ishlamay qolishi natijasida xonadonga issiq suv katta bosim bilan otilib chiqa boshladi. Shunday vaziyatda biz, eng avvalo, yer to'ladagi asosiy suv quvurini o'chirdik va suv to'xtadi. Xonadonni suvdan tozalab oldik. Bu orada suv ta'minoti mutaxassislarini chaqirtirdik. Shunday qilib, ushbu kichik talofatni bartaraf etdik. Keyinchalik shunga favqulodda vaziyatlar bo'lib qolsa, tajribaga asoslangan holda ish tutishga harakat qilaman.

Hayot faoliyati xavfsizligi fani orqali mazkur fanning nazariy asoslari, fuqaro muhofazasi, yong'in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bilimlariga ega bo'ldik. Har birimiz uchun eng foydalisi sifatida birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatishni aytib o'ta olaman. Sababi har qanday vaziyatda ham birinchi tez tibbiy yordam juda ahamiyatga molik hisoblanadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanida muhim bo'lmagan mavzuning o'zi yo'q deb o'ylayman. Boisi har bitta mavzu turli vaziyatlarda qanday yo'l tutishimiz kerak, favqulodda yuzaga keladigan vaziyatlarning sabablari, bartaraf etish usullari bilan keng qamrab olingan.



Taklifim bu mavzudagi amaliy va nazariy mashg'ulotlarni ko'paytirish lozim. Talabalar birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatishni qanchalik mukammal o'rganib olsa, ertangi hayotida bu nafaqat talabaning o'ziga, balki atrofdagi ko'plab insonlar uchun foydali bo'ladi.
Bajardi: Axmatova Nozliya
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling