Hurmatli uztozlar bu yilgi toifa sinovlarida hammaga omad tilayman!!!


Download 169.36 Kb.
bet2/65
Sana09.01.2022
Hajmi169.36 Kb.
#258472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
2 5393236557240995252

Kichik inoq vazifasi nima?

Kichik inoq chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan. Buxoro amirligida.



Efiopiyani 1876-yilda va 1883 yilda qaysi davlatlar bosib olgan?

1867-yili inglizlar Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho («negus» deb atalgan) Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi.

Efiopiyada Italiya o‘z mustamlaka rejalarini yuzaga chiqarishga urindi. Biroq bunga erisha olmadi.





Ispravniklar huquqi kimlarga berildi?

Yangi «Nizom» shahar va qishloqlarning har bir mavzesini nazorat ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqini ham berdi.



2014-yilda rangli inqilob qayerda bo’ldi?

2014-yili Ukrainada yuz bergan navbatdagi «rangli inqilob» tufayli hokimiyat almashgandan so‘ng Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi ortidan G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi, u «Katta sakkizlik» - G-8 dan chiqarildi. Rossiya.



Avstriya-Vengriya harakatga qarshi favqulodda qonun, Misrlik Abdulqodir Sudanga gubernator bo’ldi, Belgiya Kongoni bosib oldi. Moslashtiring. 1884, 1882, 1883

1882-yilda Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi.

1883-yilda - Belgiya Kongoni bosib oldi



1884-yilda Avstriya hukumati ham Bismarkdan o‘rnak olib, 1884-yilda ishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun“ joriy etdi.



Italiya va Fransiya o’rtasida 1902-yilda imzolangan bitimga ko’ra...

Italiya Fransiya bilan o‘rtasida 1902-yilda bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar ikki davlatning biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo‘lsa, o‘zaro qat'iy betaraflik majburiyatini oldilar.



Vose qo’zg’oloni sabablari ...

1885-yilda Baljuvon bekligida shijoatli va xalqparvar Vose ismli kishi rahnamoligida ko‘tarildi. Ketma-ket ocharchilik yillaridan keyin baljuvonlik dehqonlar ilk bora 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishgandi. Soliq yig‘uvchilar esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilishdi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va ijtimoiy zulm qurolli qo‘zg‘olonga undagan minglab dehqonlar Vose atrofida uyushdilar.

1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida qo‘zg‘olon ko‘targan dehqonlar va amir Muzaffar lashkari о‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olon yo‘lboshchilari, jumladan, Vose ham qo‘lga olinib, qatl etildi. 1888-yili Ko‘lob bekligida boshlangan yirik dehqonlar qo‘zg‘olonlari Pomir chegara qo‘shinlarining yordami bilan bostirildi. 1889-yil may oyida Kalif bekligida ham qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi.



Buxorodan qachon miltiqdan foydalanilgan asr...


Download 169.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling