Husanboy xoldorov 2020-2021-yillar +99893 678 68 77
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf o\'zbekiston tarixidan testlar to\'plami (2)
11-mavzu
1.O‘zbekiston SSR da yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qachon amalga oshiriladi? A)1924-1928 B)1925-1929 C)1924-1930 D)1925-1928 2.Yer-suv islohoti 2-bosqichi o‘z oldiga qanday masalani qo‘yadi? A)Boy-quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish B)Katta yer egaligini tugatib, yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlash C)Katta yer egaligini butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish D)Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining ayrim sarqitlarini tugatish 3.Katta yer egalari rasmiy hujjatlarda nima deb yuritilgan? A)“Ishbilarmonlar” B)“Mushtimzo‘rlar” C)“Ezuvchilar” D)“Tekinxo‘rlar” 4.”Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi O‘zbekiston Kompartiyasining nechanchi syezdida tasdiqlanadi? A)II syezd B)III syezd C)IV syezd D)V syezd 5.O‘zbekiston SSR MIK ning “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida” gi dekretlari qachon chiqadi? A) 1925-yil noyabr B) 1930-yil 17-fevral C) 1930-yil 26-yanvar D) 1925-yil 2-dekabr 6.Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi joylardagi shart-sharoit va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichda qachon va qaysi hududlarda o‘tkazilganini to‘g‘ri joylashtiring? 1)1925-1926-yillar, 2)1927, 3)1928-1929-yillar, a)Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari), b)Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, c)Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-c, 2-a, 3-b 7.Yer-suv islohotini o‘tkazish to‘g‘risidagi dekratga asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarida qancha desyatina yerlari bor kata yer egalari xo‘jaliklari tugatilishi ko‘zda tutiladi? A) 50-60 desyatina B) 50 desyatina C) 40 desyatina D) 40-60 desyatina 8.1925-1929-yillardagi islohotlar natijasida barcha viloyatlada qancha boy xo‘jaliklar tugatiladi? A) 23 000 dan ortiq B) 3000 dan ortiq C) 5000 ga yaqin D) 60 ga yaqin 9.Har bir boy va o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklari qancha yerni o‘zlarida qoldirishi mumkin edi? A) 5 – 8 desyatina B) 6 – 11 desyatina C) 7 – 10 desyatina D) 8 – 11 desyatina 10.O‘zekiston Kompartiyasi II syezdi qachon bo‘lgan? A) 1925-yil noyabr B) 1925-yil dekabr C) 1926-yil fevral D) 1926-yil sentabr 11.Yer-suv islohotini o‘tkazish to‘g‘risidagi dekretga asosan Farg‘ona viloyatida qancha yeri bor kata yer egalari xo‘jaligi butunlay tugatilishi nazarda tutiladi? A) 50-60 desyatina B) 50 desyatina C) 40 desyatina D) 40-60 desyatina 12.O‘zbekiston SSRda boy dehqon xo‘jaliklarining 2 toifasi bo‘lib, o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklarining qancha yeri bo‘lgan? A) 5 – 10 desyatina B) 10 – 40 desyatina C) 40 – 50 desyatina D) 5 – 40 desyatina 13.Savet jamiyatida 1929-yilda…? A) Kollektivlashtirish tugallandi B) Qishloq xo‘jaligi soliqlari oshirildi C) Yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham beriladi D) Bozor munosabatlari muhiti barham topdi 14. Quyidagi voqealarni bo‘lgan vaqti bilan to‘g‘ri joylashtilirgan javobni toping ? 1)1930-yil 17-fevral, 2)1932-yil, 3)1939-yil, 4)1931 a)qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman tugallandi b)Kompartiya Markaziy Komiteti “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, c) yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi, d)yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham berildi, A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 15.Markaz tomonidan 1930-yilda O‘zbekistonda yalpi kollektivlashtiriladigan nechta tuman belgilab beriladi? A) 15 ta B) 17 ta C)19 ta D)23 ta 16.1932-yilga kelib respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining necha foizi kolxoz va sovxozlarga birlashdi? A) 60 % B) 70 % C) 75 % D) 80 % 17.1925-1929-yillarda o‘tkazilgan islohotlarga ko‘ra o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning “ortiqcha” yerlari tortib olindi? A) 23 000 dan ortiq B) 3000 dan ortiq C) 5000 ga yaqin D) 60 ga yaqin 18.Chorva mollarining kolxozlaga topshirmaslik uchun haddan ziyod so‘yib yuborilishi natijasida qancha bosh qoramol kamayib ketadi (1930)? A) Ellik ming bosh B) Oltmish ming bosh C) Yetmish ming bosh D) Sakson ming bosh 19.”G‘alla tayyorlash urush degan gap.G‘alla tayyorlovchilar otishi, qamashi va boshqa ishlar qilishi mumkin.Ular hukmbardorlik qiladi” – deya ta’riflagan Shahrisabz g‘alla tayyorlash vakili kim edi? A)Kirpanov B)G‘aniyev C)Jalilov D)Ikromov 20.Dehqonlarga quyidagicha dag‘dag‘a qilingan: “Agar g‘allangiz bo‘lmasa, xotiningizni soting, aks holda….” Aks holda qanday jazo bilan dag‘dag‘a qilingan? A) qamoq B) surgun C) uy-joyi musodarasi D) o‘lim 21.Kambag‘al dehqonlarning oxirgi g‘allasigacha, hatto 20 funt zig‘irigacha tortib olingani haqida kimning malumotnomasida uchratamiz? A) Kirpanov B) G‘aniyev C) Jalilov D) Ikromov 22.Quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi O‘zbekistonda qachondan boshlab avj oldi? A) 1925-yil mart B) 1930-yil fevral C) 1929-yil iyun D) 1932-yil iyul 15 23.Respublikaning o‘zida quloqlar ushun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‘chirib keltirilganlarning nechta majburiy mehnat posyolkalari tashkil qilinadi? A) 17 ta B) 19 ta C) 21 ta D) 23 ta 24.Quloq sifatida ro‘yhatga olinganlarning oilalari qayerlarga surgun qilingan? 1)Ukraina, 2)Sibir, 3)Shimoliy Kavkaz, 4)Qozog‘iston, 5) Uzoq Sharq, A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5 25.1930-yil 26-yanvarda…? A) “Yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xo‘jaliklarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror qabul qilinadi B) “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qilinadi C) “Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog‘liq tadbirkor to‘g‘risida” gi ko‘rsatma e’lon qilinadi D) a va c javoblar to‘g‘ri 26.Jilvon va Ko‘li Odina qishloq sovetlari hududida nechta “quloqlar” posyolkalari barpo qilingan? A)2 ta B)3 ta C)5 ta D)7 ta 27.Hozirgi Shofirkon tumani avvalgi nomi? A)Ikromov B) Chust-pop C) Buaman D) Denov 28.Quloqlashtirish siyosati qachon asosan amalga oshirib bo‘lingan? A) 1930-yil B) 1932-yil C) 1933-yil D)1935-yil 29.1930-yil mart oyida SSSR da dehqonlarning qanchadan oriq qurolli chiqishlari qayt etilgan? A) 3700 B) 240 C) 2000 D) 5500 30.Faqat Qashqadaryo okrugida 1930-yil boshlarida dehqonlarning nechta norozilik chiqishlari yuz beradi? A) 14 ta B) 16 ta C) 10 ta D)17 ta 31.1933-yil O‘zbekistonda surgun qilingan quloq xo‘jaliklari soni nechtaga yetadi? A) 3700 B)240 C) 2000 D)500 32.1942-yil SSSR hududida mehnat surgunida bo‘lgan nechta o‘zbekistonlik “quloqlar” harakatdagi armiya safiga chaqirilib, frontga jo‘natilgan? A) 1145 B) 1152 C) 1125 D) 1215 33.Mustabid sovet rejimining badavlat va o‘rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati nima deb ataladi? A) Natsionalizatsiya B) Quloqlar C) Kollektivlashtirish D) Konsentratsiya 34.Sovet hokimiyati yillarida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarning erkin fuqarolik maqomini olib, o‘z yurtiga qaytish jarayoni qancha vaqt talab etadi? A)10 yildan ziyod B)15 yildan ziyod C)20 yildan ziyod D)30 yildan ziyod 35. 1930-yil mart oyida O‘zSSRda dehqonlarning qancha qurolli chiqishlari qayt etiladi? A)3700 B)240 C)2000 D)5500 36. 1 funt necha grammga teng? A) 140 g B) 324 g C) 410 g D) 550 g 37.Mayda-mayda dehqon xo‘jalik laridan ommaviy tarzda yirik kollektiv xo‘jaliklar(kolxozlar)ni tashkil qilish nima deb ataladi? A) Natsionalizatsiya B) Quloqlar C) Kollektivlashtirish D) Konsentratsiya 38.Ruscha “kulachestvo” so‘zi o‘zbekcha tarjimasi qanday ma’noni anglatadi? A) “Ishbilarmon” B) “Mushtimzo‘r” C) “Ezuvchi” D) “Tekinxo‘r” 39.1931-yil avgustda O‘zSSR da qancha quloq xo‘jaligi tugatiladi? A) 2838 ta B)3828 ta C)312 ta D) 3871 ta 40.Nechanchi yillarda ham ko‘plab badavlat dehqon xo‘jaliklari quloq qilingan? A) 1934-1937 B) 1932-1936 C) 1940-1956 D) 1937-1943 41.Inglizcha – “millat”, “xalq” ma’nosini anglatuvchi so‘z? A) Natsionalizatsiya B) Funt C) Konsentratsiya D) Kollektiv 42.Lotincha – biror narsaning to‘planishi, bir joyga yig‘ish, to‘plash man’nosini anlatuvchi so‘z? A) Natsionalizatsiya B) Funt C) Konsentratsiya D) Kollektiv 43. Sovet hokimiyati yillarida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarning erkin fuqarolik maqomini olib, o‘z yurtiga qaytish jarayoni qancha vaqtni o‘z ichiga oladi? A)1930 – 1953 B)1934 – 1950 C)1934 – 1956 D)1943 – 1958 44.1931 – yil avgustda 3871 xo‘jalik “quloq oilasi” qayerlarga surgun qilingan? 1)Ukraina, 2) Sibir, 3)Qozog‘iston, 4)Shimoliy Kavkaz, A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4 45.Konsentratsion lager bu…? A) Harbiylar istiqomat qiladigan hudud B) Siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus hudud C) Ayrim shaxs yoki birlashma xususiy mulki bo‘lgan hudud D) Yakka dehqonlar istiqomat qiluvchi hudud 46.1930-yil boshlarida Qashqadaryo okrugi dehqonlarining norozilik chiqishida qancha kishi qatnashadi? A) 2700 B)3100 C)3700 D)4100 47.Ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqalarni davlat ixtiyoriga olish bu..? A) Natsionalizatsiya B) Quloqlar C) Kollektivlashtirish D) Konsentratsiya Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling