Husni Muborak: Misrni 30 yil boshqargan «yangi Fir'avn» Bugun Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. U mamlakatni 1981-2011 yillar davomida boshqargan


Download 1.59 Mb.
Sana26.02.2020
Hajmi1.59 Mb.

T v ch d p I “tabiiy fanlar” fakulteti ko’m 17/1 – guruh talabalari Xudoyberdieva Mahliyo va ubaydullayeva shahlolarning “axborot soati” fanidan tayyorlagan

taqdimoti


Husni Muborak: Misrni 30 yil boshqargan «yangi Fir'avn»

Bugun Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. U mamlakatni 1981-2011 yillar davomida boshqargan. 2010 yilda Tunisda boshlangan «Arab bahori» 2011 yilda Misrga yetib kelgan va oqibatda Muborak iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan, keyin 6 yilni qamoqda o‘tkazgandi. «Yangi Fir'avn» nomini olgan Muborak qanday inson edi?

Bolaligi va harbiy ta'lim

Muhammad Husni Sayyid Muborak 1928 yilda Nil daryosi yaqinidagi Minufiya viloyatida tug‘ilgan. Uning otasi uzoq yillar sud va hokimiyat tizimida ishlagan. Ilk sabog‘ini qishlog‘idagi maktabda boshlagan Muborak keyinchalik Shibin al-Qum shaharchasidagi maktabga ko‘chib o‘tadi va o‘rta maktabni o‘sha yerda bitiradi.

Shundan so‘ng yosh Muborak Qohiradagi harbiy akademiyada o‘qiy boshlaydi va 1949 yilda bakalavr diplomini oladi. 1959-1960 yillarda Moskvadagi Frunze nomidagi harbiy aviatsiya bilim yurtida tahsil olib, vataniga qaytgach, u Yamandagi fuqarolar urushida Misr tinchlikparvar kuchlariga qarashli harbiy-havo kuchlari eskadrilyasiga boshchilik qiladi.

O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda har 10 ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri kelayotgani, mahalliy tibbiyot xodimlari ko‘nikmasini oshirishga e'tibor qaratilmayotgani, ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagani qayd etilib, tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

«Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligi ta'kidlandi.

Joylardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari byurokratik tuzilma bo‘lib qolgani, hududiy darajada kasalliklarni tahlil qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ayni paytda markaziy shifoxona bosh shifokori bo‘lgani sababli vaqti va mablag‘ning asosiy qismini kasalliklarni davolashga sarflamoqda.

Davlatimiz rahbari kasalliklar profilaktikasi masalasiga alohida e'tibor qaratib, boshqaruv idoralari ishini aynan shunga yo‘naltirish lozimligini ta'kidladi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, to‘g‘ri ovqatlanish va piyoda yurishning salomatlikka foydasini targ‘ib etish muhimligi qayd etildi», deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Sirdaryoda is gazidan zaharlanib, ikki kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida is gazidan zaharlanib, ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 26-fevral, chorshanba kuni, “Madaniyat” mahallasidagi xonadonlarning birida yuz bergan. Hodisa oqibatida 2000-yilda tug‘ilgan S.K. va 2004-yilda tug‘ilgan S.Sh. vafot etgan.

Is gazi xonadonga o‘rnatilgan AGV isitish pechidan sizib chiqqani aytilmoqda. Hozirda holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.

Avvalroq 25-fevral kuni Farg‘ona viloyatida ham ikki kishi is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq ikkita holat yuz bergani, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Hokimlik kursisidan qamoqxonaga, qamoqdan prezidentlikkacha. Davlat to‘ntarishida omon qolgan Erdo‘g‘on 66 yoshda

Kimlardir u olib borayotgan siyosatni qoralaydi, kimlardir uchun esa u shunchaki daho. Ba’zida uning so‘zlaridan shokga tushish, faoliyatidan mantiq qidirish va bu kabi sifatlar uning shaxsiga qiziqishni yanada ortirishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zamonamizning eng ziddiyatlik siyosatchilaridan biri, qayerda va kim bilan ekanligidan qat’iy nazar, hamisha aytar so‘zi va pozitsiyasi bo‘lgan Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bugun, 26-fevral kuni 66 yoshini qarshiladi. Shu munosabat bilan uning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 1954-yil 26-fevralda Turkiyaning Istanbul shahrida tug‘ilgan. Millati haqida gap ketganda asosiysi musulmon ekanini ta’kidlaydigan davlat rahbari gruziyalik jurnalistlarga bergan intervyularidan birida ajarlarga bog‘liqligini tilga olgan, lekin keyinroq bu so‘zlarni inkor qilgan. Bo‘lajak prezidentning otasi sohil qo‘riqchisi, onasi esa uy bekasi bo‘lgan.

Yosh Toyyib ota-onasiga moliyaviy ko‘maklashish maqsadida shaharning xavfli hududlarida simit (shirinlik) va limonad sotgan. 1965-yilda Piyale Pasha boshlang‘ich maktabini tamomlagach, imom-xatiblik litseyiga qabul qilingan.



Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Omonullo Nasriddinxo‘jayev Moliya vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Timur Ishmetov o‘rniga vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

 Omonullo Zabihullayevich Nasriddinxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Omonullo Nasriddinxo‘jayev shu vaqtgacha prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Dehqonobodda Surxondaryodan kelayotgan yuk mashinasini to‘xtatib, haydovchiga nisbatan talonchilik qilgan 3 yigit ushlandi

Dehqonobodda 3 nafar shaxs surxondaryolik fuqaroni tunadi. Bu haqda “Daryo”ga Dehqonobod IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev xabar berdi.

Dilshod Mirzayevning ma’lumot berishicha, dehqonobodlik 25 yoshli A.N. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida tanishlari J.S. va O.J.lar bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashgan.

2020-yil 21-fevral kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib, mo‘may daromad orttirishni ko‘zlagan. Va soat taxminan 23:00 larda tumanning “Yangiqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Nexia avtomobilida “Termiz—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Farhod Yusupovning Isuzi avtomashinasini to‘xtatgan. Zo‘ravonlik bilan haydovchiga tegishli, bozor bahosi 300 ming so‘mlik telefon apparati, shaharlararo ruxsat beruvchi yuk xati, 180 ming so‘m miqdordagi naqd pul va 6 dona karam mahsulotini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.



Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyat fosh etilgan. Jinoyatga qo‘l urgan yoshlarning qilmishi esa mahalla mas’ullari va jamoatchilik bilan muhokama qilingan.
Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling