Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama
Boshlang’ich sinfda husnixat darslarining rejalashtirilishi
Download 453.88 Kb. Pdf ko'rish
|
husnixat va uni oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars rejasi
- O’quvchilar
§ § §.Boshlang’ich sinfda husnixat darslarining rejalashtirilishi. Dars mavzusi: o’quvchilami yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana qismlari bilan tanishtirish. Yozuv paytida ularni to’g’ri tuta bilishga; ruchka va daftarni to’g’ri ushlashga o’rgatish. Dars rejasi: Kirish. Odamning alohida tana qismini ko’rsatish va nommlanishni aytish. Yozayotgan paytdagi normal holati, daftarning turishi, kaftni to’g’ri tutish va ruchkani to’g’ri ushlash. Darsning borishi: darsning boshida o’qituvchi o’quvchilarga yozuv mashg’ulotlarida tez va chiroyli yozishni o’rgatishlarni tushuntirib o’tadi. Yozuvni o’rgatish har bir insonning hayotida muhim rol o’ynaydi. Yaxshi yoza olmaydigan odam o’zini noqulay his etadi, uning yozuvini o’qiydiganlar esa uning mazmunini umuman anglay olmaydilar. Keyin esa o’qituvchi oquvchilarga to’g’ri yozish uchun harflar va so’zlar nimalardan va qanday hosil bo’lishi haqida va to’g’ri o’tirish qoidalari, mchkani tutish yo’llari haqida ma’lumotlar berib o’tadi. O’qituvchl yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana qismlarini ko’rsatadi. Biron -bir o’quvchi sinf xonasining o’rtasiga chiqarib tartib bilan o’quvchining boshi, ko’zi, yelkasi va h.zolarni ko’rsatib, o’quvchilarni o’z savollariga javob berishlarini talab qiladi. Agar o’quvchilar ayrim tana qismlarini old yelka, barmoq bo’g`inlarini bilmasalar, o’qituvchi ularning nomini aytib, yozuvda u yoki bu tana qismining qanday ishtirok etishini tushuntirib o’tadi. So’ng o’qituvchi yozuv jarayonida noto’g’ri o’tirish bir qancha jiddiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lishini va keyinchalik butun hayoti davomida qolishi haqida ma’lumot berib o’tadi. Bularga masalan: uzoqni ko’ra olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va o’zidan keyin ko’krak qafasi 87 kasalliklarining kelib chiqishiga va h.zolarga sabab bo’ladi. Undan keyin o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirib o’tganlarining hammasini takrorlab berishlarini taklif etadi va yozayotganda to’g’ri o’tirish tartibini ko’rsatib beradi. Stolga o’tirayotganda o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan joyga (eng yaxshisi profil holda) o’tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o’tirish talab etilsa, shunday o’tiraman. Sizlar ham men qanday o’tirsam, shunday o’tirishga harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o’tiribman, egilibmi, yo to’g’ri?’ O’quvchilar: To’g’ri. O’qituvchi: qaranglar, mening qo’llarim qayerdaturibdi va diqqat bilan qarang-chi, tirsaklarim qanday holda turibdi? O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan ozgina chiqib turibdi. O’qituvchi: Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki tomonga surib qo’ydimmi? O’quvchilar: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga surilmagan. O’qituvchi: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman? Download 453.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling