Husnixatga o‘rgatish metodikasi Mavzu rejasi
Hozirgi paytda husnixatga o`rgatishning grafik talablari
Download 24.6 Kb.
|
Husnixatga o‘rgatish metodikasi
Hozirgi paytda husnixatga o`rgatishning grafik talablari.
Alifbodagi harflar yozilish shakliga ko`ra yozma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi. Bularning har biri yozilish shakli va qo`llanish o`rni jihatidan kichik harflar va bosh (katta) harflarga bo`linadi. Yozma harflar, odatda, qo`lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan, yozuvga oid texnika vositasida, shuningdek, qo`lda ham ifodalanadi. Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma’qullangan shaklda bir-biriga tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o`ng tomonga 75 – 80 daraja qiya qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o`ng va chap tomonidan, bosh harflar esa o`zidan keyingi harf bilan tutashadi. So`zda yozma harflar bir-biri bilan tutashtirilib, bir bu-tunlik – zanjir hosil qiladi. Ammo bu zanjir so`zlarda imlo belgilari (tutuq, ko`chish belgilari, chiziqcha) bo`lgan o`rinlarda uziladi, qo`l harakati to`xtab, belgilar qo`yilgandan keyin harakat davom etadi. Mazkur belgilarni so`zni yozish jarayonida qo`yib borish, harflarning ustiga qo`yiladigan ishorani esa so`zni yozib bo`lgandan keyin, uni o`qib turib qo`yish tavsiya qilinadi. Yozma bosh harflarda qo`l harakati kichik harflarni yozishga nisbatan ko`proq uziladi: ayrim harflarning unsurlari qo`shiladi, tutashtiruvchi belgilar chiziladi va hokazo. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosidagi yozma kichik va bosh harflar yozuvda bir-biri bilan tutashtirilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi: – tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo`lgan harflar; –tutashtiruvchi unsuri bo`lmagan harflar (Bunday harflarga tutashtiruvchi unsur yozuv jarayonida qo`shiladi). Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o`zidan keyingi harf bilan qaeridan tutashtirilishiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: O’, O’, V (bunday ikki chiziq (asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo`yi 4 mm, eni 3 mm bo`ladi); b) o`rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, f (ikki chiziqdan yuqoriga ko`tarilib yoziladigan harflarning bo`yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm, fning bo`yi esa 11 mm bo`ladi). v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar: a, d,e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g, j, p, q, y, q, ng. (s ga unsur qo`shib,, o`zidan keyingi harfning ostki qismiga tutashtiriladi, bu unsurlarni zarur o`rinlarda ko`rsatib qo`ydik). Download 24.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling