I – kimyodan asosiy tushunchalar


I.B – Kimyoviy formula bo’yicha hisoblashlar. Atom va molekulyar massa


Download 0.92 Mb.
bet9/31
Sana08.11.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1758763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
1-kitobcha

I.B – Kimyoviy formula bo’yicha hisoblashlar. Atom va molekulyar massa.


A) – Nisbiy atom massalarni toping. [ C = 12 ]

___ a) geliy atomining uglerod atomining massasiga nisbati 0,33.


___ b) uran atomining uglerod atomining massasiga nisbati 19,58.
___ c) yod atomining kislorod atomining massasiga nisbati 7,94.
___ d) kislorod atomining haqiqiy massasi
2,66 ∙10 -23 g bo’lsa
___ e) xlor molekulasining haqiqiy massasi
11,8 ∙10 -23 g bo’lsa
___ f) temir atomining haqiqiy massasi
0,93∙10 -22 g bo’lsa


B) – Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massasini toping.

____ a) N2O – azot(I)-oksid – kuldiruvchi gaz


____ b) H2SO4 – sulfat kislota
____ c) Al(OH)3 – aluminiy gidroksid
____ d) Ca3(PO4)2 – kalsiy fosfat
____ e) CuSO4∙ 5H2O – mis kuporosi
____ f) Fe4[Fe(CN)6]3 – berlin zangorisi
____ g) KAl(SO4)2 ∙ 12H2O – acchiqtosh
____ h) C55H72MgN4O5 – xlorofill


C) – Quyidagi atom va molekulalarning haqiqiy massasini toping.

a) Al – e) H2O –


b) Cu – f) CaCO3
c) Ba – g) HNO3
d) Xe – h) Na2SO4


D) – Test mashqlari.

1. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri noto`g`ri?


I – Kimyoviy formula moddaning sifat va miqdor tarkibini kimyoviy belgi, indeks va koeffitsiyentlar yordamida ifodalanishi.
II – Koeffitsient kimyoviy formulalar yozganda ishlatiladi, lekin kimyoviy tenglamalar yozganda ishlatilmaydi.
III – Indeks kimyoviy formulalarda atomlar va atomlar guruhi sonini bildiradi.
IV – Absolyut atom massa – bu atomning uglerod birliklarida ifodalangan massasi.
A) I, II B) II, IV C) II, III D) Faqat IV

2. Berilliy atomining absolyut (haqiqiy) massasini aniqlang.


A) 9 B) 5,418٠10-22
C) 1,5٠10-23 D) 0,668٠10-23
3. 32 ta temir atomining massasini (g) hisoblang.
A) 2,78 ∙10-21 B) 2,98 ∙10-21
C) 4,82 ∙10-23 D) 1,784 ∙10-26

4. 2008 ta oltin atomining massasi qancha (kg) ?


A) 395576 B) 6,57٠10-22
C) 657٠10-23 D) 6,57٠10-24

5. Qaysi moddaning molekulyar massasi eng kichik?


A) [Ca(OH)]2SO4 B) [Al(OH)2]3PO4
C) Ca(HSO4)2 D) Ba(OH)NO3

6. Qaysi moddaning molekulyar massasi eng katta?


A) [Mg(OH)]2SO3 B) [Cr(OH)]3(PO4)2
C) Fe(HCO3)2 D) [Ba(OH)]2SO4

7. Bir dona suv molekulasining massasi qanday?


A) 18 a.m.b B) 2,99٠10-23 g
C) 6,02٠1023 g D) A,B

8. Vodorodning 1 ta molekulasining massasini (g) aniqlang.


A) 3,3٠10-23 B) 0,33٠10-23
C) 33٠10-23 D) 3,3٠10-22

9. Nechta osh tuzi molekulasi 10-10 g keladi?


A) 10,3٠1013 B) 0,13٠1012
C) 1,03٠1012 D) 1,3٠1011

10. Qaysi moddalarning haqiqiy molekulyar massasi 1,66 ∙10-22 g keladi?


A) CaCO3, NH4H2PO4
B) Ca(HCO3)2, K2CO3
C) (NH4)2SiO3, NaHSO4
D) CaCO3, KHCO3

11. Kalsiy karbid - (CaC2) dagi kalsiyning massa ulushini (%) toping.


A) 62,5 B) 71,1 C) 67,5 D) 75,5

12. Marganes(III) oksid va marganes(VI) oksiddagi marganesning massa ulushini hisoblang.


A) 57,8 va 50,5% B) 63,2 va 49,5%
C) 69,6 va 53,4% D) 34,9 va 47,3%

13. Mis pentagidrat sulfat – CuSO4∙5H2O dagi kristalizatsiya suvning massa ulushini hisoblang.


A) 75 B) 25 C) 64 D) 36

14. Ruda tarkibida Fe(CrO2)2 massa ulushi 84% va Fe2O3 (16%) bor. Massasi 400 kg temirtosh tarkibidagi temirning massasini (kg) toping.


A) 129 B) 234 C) 185 D) 248
15. “Azofoska” mineral o’g’iti tarkibida ammo-niy digidrofosfat – NH4H2PO4 (massa ulushi – 82%), ammoniy gidrofosfat – (NH4)2HPO4 (7%), kaliy nitrat – KNO3 (4%) va tarkibida azot bo’l-magan aralashmalar kiradi. Azofoskadagi azot-ning massa ulushini va massasi 120 kg bo’lgan o’g’itdagi atomar azotning miqdorini aniqlang.
A) 8,4% va 1,56 mol
B) 12% va 1,03 mol
C) 14% va 1,89 mol
D) 9,5% va 2,04 mol

16. Tarkibida pirit – FeS2 minerali bo’lgan massasi 50 g tog’ jinsi namunasidan massasi 11,2 g bo’lgan temir ajratib olingan. Namunadagi piritning massa ulushini aniqlang.


A) 22,4 B) 35,2 C) 42,9 D) 48

17. Massasi 500 g bo’lgan temir(II)oksid va temir(III)oksid aralashmasidan qancha massa temir olsa bo’ladi? Aralashmadagi FeO ning massa ulushi 20%, Fe2O3 niki 80%.


A) 286 B) 342 C) 295 D) 358

18. Ba’zi bir metall oksidini tarkibini Me2O3 eng oddiy formula bilan ifodalash mumkin. Massasi 60,8 g bo’lgan oksid namunasi tarkibida 41,6 g metall bor. Bu qaysi metall?


A) Al B) Fe C) Cr D) Ni

19. Ba’zi bir element oksidi EO2 tarkibga ega. Bu elementning oksiddagi massa ulushi 46,67%. Bu qanday element?


A) S B) Se C) Ge D) Si

20. Element oksidi EO3 tarkibga ega. Bu oksiddagi elementning massa ulushi 62,2%. Qanday element oksid hosil qilgan?


A) Se B) Te C) Cr D) S

21. Massasi 25,6 g bo’lgan element, massasi 6,4 g bo’lgan molekulyar kislorod bilan birikib, EO tarkibli oksid hosil qiladi. Bu qanday element?


A) Ca B) Mg C) Cu D) Zn

22. Oltingugurt oksididagi azot va kislorodning massa ulushi 37% va 63%. Bu oksidning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) N2O3 B) NO2 C) N2O5 D) NO

23. Fosfor xloriddagi xlorning massa ulushi 85,13% Xloridning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) PCl3 B) PCl4 C) PCl5 D) PCl6

24. Kimyoviy birikma tarkibiga natriy, oltingugurt va kislorod kiradi. Na – 36,5; S – 25,4; kislorodniki – 38,1. Birikmaning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) Na2SO4 B) Na2SO3
C) Na2S2O3 D) Na4S2O

25. Ba’zi bir kislota tarkibida vodorod (massa ulushi 1,46%), xlor (51,83%) va kislorod bor. Shu kislotaning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) HClO2 B) HClO3
C) HClO4 D) HClO

26. Molibden oksidda molibden massasining atomar kislorod massasiga nisbati 3 ga teng. Oksidning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) MoO B) MoO2
C) MoO3 D) Mo2O3

27. Fosfor va brom birikmasining massasi 86,2 g bo’lgan namunasi tarkibida massasi 6,2 g bo’lgan fosfor bo’ladi. Shu birikmaning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) PBr3 B) PBr5 C) PBr4 D) PBr6

28. Azotning vodorodli birikmasining molyar massasi 30 g/mol ga teng. Birikmadagi azotning massa ulushi 93,3% bo’lsa, uing formulasini aniqlang.


A) NH3 B) N2H4 C) N2H2 D) HN3

29. Berilliyning uglerodli birikmasida berilliyning massa ulushi 60% ekanligi ma’lum bo’lsa, birikmaning oddiy formulasini aniqlang.


A) Be2C3 B) Be3C4
C) BeC2 D) Be2C

30. Kaliyning marganes va kislorod bilan hosil qilgan birikmasining eng oddiy formulasini aniqlang. Agar ularning massa ulushi yuqoridagi tartibga muvofiq 39,6; 27,9 va 32,5% ga teng.


A) K2MnO4 B) KMnO4
C) K4Mn2O7 D) KMnO3

31. Tuz tarkibi magniy, fosfor va kisloroddan iborat bo’lib, ularning massa ulushlari tegishlicha 21,62; 27,93 va 50,45%. Tuzning formulasini aniqlang.


A) MgPO3 B) Mg3(PO4)2
C) Mg2P2O7 D) Mg(PO3)2

32. Kalsiy gidrofosfat kristallogidratida (presipitat) CaHPO4 ∙ nH2O da 18% fosfor bor. Kristallgidrat tarkibidagi ‘n’ ning qiymati necha?


A) 1 B) 2 C) 5 D) 10

33. Natriy sulfat kristallogidratida Na2SO4 ∙xH2O da suvning massa ulushi 0,559. “x” ning qiymati necha?


A) 5 B) 7 C) 10 D) 12

34. Giposulfit – Na2S2O3∙xH2O tarkibida vodorodning massa ulushi 4,032%. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.


A) Na2S2O3∙3H2O B) Na2S2O3∙5H2O
C) Na2S2O3∙7H2O D) Na2S2O3∙10H2O

35. O’rta tuzning kristallgidratining tarkibi 14,29% Na, 9,94% S, 69,57% O va vodoroddan iborat. Undagi suv molekulasi sonini toping.


A) 5 B) 7 C) 10 D) 2

36. Nisbiy atom massaning o’lchov birligi qilib C12 uglerod izotopi massasining 1/12 qismi emas, balki 1/4 qismi qabul qilindi deylik. U holda moddaning haqiqiy molekulyar massasi qanday o’zgaradi?


A) 4 marta ortadi B) o’zgarmaydi
C) 3 marta ortadi D) 3 marta kamayadi

37. Nisbiy atom massaning o’lchov birligi qilib C12 uglerod izotopi massasining 1/12 qismi emas, balki 1/3 qismi qabul qilindi deylik. U holda moddaning nisbiy molekulyar massasi qanday o’zgaradi?


A) 4 marta ortadi B) 4 marta kamayadi
C) 3 marta ortadi D) o’zgarmaydi
Bilishini bilganga ergashing,
Bilishini bilmaganni ogohlantiring,
Bilmasligini bilganga o’rgating,
Bilmasligini bilmagandan qoching. (Konfutsiy)



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling