6 – sinflar uchun “Tarix” fanidan
T E S T S A V O L L A R I IV – chorak
I – variant
1. Quyidagi qaysi manzilgoh xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan ibodatxona qoldiqlari topilgan.
A) Jonbos qal'a
B) Qal'aliqir
C) Tuproq qal'a
D) Qo'yqirilgan qal'a
2. Qang' davlatiga kimlar asos solgan.
A) dovonliklar
B) yuechjilar
C) saklar
D) so'g'dlar
3. Olimlarning aniqlashicha, Farg'ona davlati yirik shaharlari bo'lgan. Ular qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A) Shi, Bityan, Ershi
B) Sho'rabashat, Uchqo'rg'on, Ershi
C) An'si, To'raqo'rg'on, Bityan
D) Sho'rabashat, To'raqo'rg'on, Ershi
4. Ma'lumki, Xitoy bilan Qang' davlati o'rtasida urushlar bo'lgan. Qang' davlatiga yurishlardan birida jo'natilgan 60000 xitoylik jangchidan ... ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan.
A) 12000
B) 20000
C) 8000
D) 10000
5. Kushon davlatiga qaysi qabilalar asos solgan?
A) dovonliklar B) yuechjilar
C) saklar D) so'g'dlar
6. "Buyuk Ipak Yo'li" 1877 – yilga qadar qanday nomlangan edi?
A) "G'arbiy meridianal yo'li"
B) "Kumush yo'l"
C) "La'l yo'li"
D) "Oltin yo'l"
7. Mil.avv.V – IV asrlarga oid Paziriq qo'rg'onidagi barcha buyumlar hozirgi kunga qadar saqlanib qolishiningsababi nima?
A) ikki yarim ming yil davomida bu hududda iqlimning mo`'tadil bo'lganligi
B) Qo'rg'onda 2500 yil davomida erimagan qalin muz qatlami yuzaga kelganligi
C) buyumlaming hammasi zanglamas metallardan (oltin, kumush, mis) yasalganligi
D) buyumlar maxsus idishlarda saqlanganligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |