I. A. Karimov aytganidek ―Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non tuzini
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
mangitlar davrida buxoro amirligining iqtisodiy tarixi
mulki xiroji va mulki ushr formalarini ko’rsatgan. M. N. Rostislavo esa mulk yerlarining ikki
shakli borligini qayd qilib, ular mulki xurr yoxud xurri xolis va mulki xirojdan iborat deydi. O’z navbatida mulki xirojni u ushr va daxyaklarga bo’ladi. L. N. Sobolev esa Zarafshon voxasida „amlok, vaqf, mulki xiroji, mulki ushr va mulki xolis‖ kabi yer kategoriyalari bor deb ko’rsatadi. 40 Mutaxassislar ilgari surgan fikrlar taxlili shundan dalolat beradiki, Buxoro amirligida yer solig’idan ozod hisoblangan mulki xurr yoki xurri xolisdan tashqari soliq tulashga taalluqli bo’lgan mulklar, ya’ni mulki xiroj va mulki ushr (daxyak) ham mavjud bo’lgan. Mulki xurr yoxud mulki xolis ayrim olingan yirik yer egalariga taalluqli bo’lgan yer egaligi hisoblangan. U yer solig’idan ozod hisoblangan. Mulki xurr egasi doimo amaldagi amir tomonidan berilgan yorlikda ega bo’lishi shart bo’lgan va aynan shu yorliq tufayli u yer solig’idan ozod qilingan. Mulki xiroj esa dehqon ahli foydalanayotgan yerlarga nisbatan ishlatilgan atama hisoblangan. Ushbu yer egaligiga ega bo’lgan yer egalari bemalol, erkin holatda o’z yerlarini sotish, uni meros qoldirish va sovg’a qilish huquqiga ega bo’lishgan. Ushbu yer egalaridan yer solig’i esa yerdan olingan hosilning uchdan bir (1/3) qismiga qadar olinishi belgilangan. Ammo amirlikning turli xududlarida olinadigan yer solig’i miqdori bir xil bo’lmagan (har bir hududda o’rnatilgan va belgilangan urf- odat va tartibga ko’ra yer solig’i miqdori hosilning 1/3 dan to 1/5 kismiga qadar bo’lgan va u tarixda taamuli qadim deb yuritilgan). Mulki ushr yerlari va daxyak yerlardan hosilning o’ndan biri (10/1) xisobida ulamo va ruhoniylar foydasiga soliq olingan. Daxyakdan olingan soliq, 40 Холиқова Р.Россия-Бухоро: тарих чораҳасида. T.: ―O’qituvci‖. 2005.97-бет. - 42 - asosan, madrasa talabalari uchun nafaqaga, amir saroyida qur’on o’quvchini ta’minlash va boshqa xayriya tadbirlariga sarflangan. Vaqf yerlari, asosan, ayrim diniy muassasalar— machitlar, mozorlar, xonaqoh madrasalarga yer uchastkalarini meros qoldirish va xayr-ehson qilish natijasida vujudga kelgan bo’lib, u yer egaligining alohida bir kategoriyasini tashkil etgan. Ushbu yerlardan kelgan foyda mutavalli ixtiyoriga kelib tushgan. Mutavalli, asosan, vaqf egalari avlodlaridan tayinlangan. U vaqf xujjatlariga asoslangan holda foydani taqsimlab chiqishi lozim bo’lgan. Rasmiy ravishda vaqf yerlarini sotish taqiqlangan, ammo manbalar va xujjatlarning guvohlik berishicha amirlik tarixida vaqf yerlar ham sotilgan, ham sotib olingan. Vaqf yerlardan davlat foydasiga soliqlar undirilgan. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, savdo-sotiq ishlari aylanmasidagi katta ulush Buxoro amirligi hissasiga to’g’ri kelgan. Bu davrda ham Buxorodan Rossiyaga, asosan paxta va undan tayyorlangan mollar olib borilgan. Amirlikning Buxoro, Samarkand, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, Denov kabi yirik shaharlari asosiy savdo markazlari hisoblangan. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Buxoro amirligida hokimiyatni markazlashtirish yanada kuchaydi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling