- 50 -
III. Bob. Darrs ishlanmasi:
“
Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy
tarixi‖
Darsni olib borish texnologiyasi.
O’quv fanining nomi: O’zbekiston tarixi.
Sinf: 8 sinf. III bob 20 g
O’quvchilarning soni: 30 tagacha.
Darsni olib borish usuli: aralash dars.
Mavzuning nomi:
“
Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy tarixi‖
Darsning maqsadi: – XIX asr biriinchi yarmiida Buxoro amirligi bo’yicha
bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.
Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga, xalqimizning o'ziga xos iqtisodiy turmush
tarzi va Buxoro amirligidagi iqtisodiy ahvol, tovar-pul munosabatlari haqida
bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: Xalqimizga munosib farzand qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi ta’lim: Guruhlarda ishlash orqali o'z bilim darajasi
ko'nikmasini rivojlantirish.
O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.
Metod: Nima uchun. Aqliy hujum.
Shakl: Yakka tartibda yoki guruhlarda ishlash.
Vosita: Mavzuga oid darslik, atama, tushuncha, sanalar yozilgan
kartochkalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.5 daqiqa.
O'quvchilar
bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga
jalb qilish, sinfda
darsga tayorlash, dunyoda va O'zbekistonda
yuz bergan muhim
yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash.5 daqiqa.
«O'tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilinadi. (savol-javob taxminan
qo’ydagicha bo’lishi mumkin.)
1. Buxoro amirligi qanday vujudga kelgan?