I. A. Karimov Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo'liga qadam qo'yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o'tishni ta'minlar ekanmiz, faqat milliy V


Download 87.72 Kb.
bet6/7
Sana19.04.2023
Hajmi87.72 Kb.
#1364714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.

guruh: Tanburda kuy chalayotgan kishi musiqachimi?

  • guruh: «Ha».

    2-guruh: Qo'lida g'ijjakni tutib she'r o'qiyotgan kishi musiqachimi?

    1. guruh: «Yo'q».

    2. guruh: Dutorchi ijrosida kuy eshitayotgan kishi musiqachimi?

    1-guruh: «Yo'q».

    1. guruh: O'quvchiga rubob chalishni o'rgatayotgan kishi musiqachimi?

    2. guruh: «Ha».

    O'qituvchi o'tilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash uchun mavzularni bir hafta oldin e'lon qilib, shular bo'yicha savollar tuzib kelishni aytadi. «Bumerang» o'yini o'tkazish uchun AQE (aytilgan qo'shiqlar yoki kuylarni eshit) usulini ham qo'llash foydalidir. Bu usul o'rganilgan qo'shiqlar yoki tinglangan kuylarni eshitish orqali aniqlab, yozma tarzda o'qituvchiga ko'rsatishni nazarda tutadi. O'qituvchi mazkur usulni qo'llash orqali, qisqa vaqt ichida o'quvchilarning u yoki bu qo'shiqni yodlarida saqlaganliklarini aniqlab, ularni baholashga erishadi.

    XULOSA.
    Men ushbu kurs ishimda musiqa madaniyati o’qituvchisining mahoratini hozirgi kunda musiqa o’qituvchisi oldiga qo'yilgan zamonaviy talablar asosida yoritib berishga harakat qildim. Shaxs ma'naviyatini shakllantirish, ongini o'stirish va tafakkurini kengaytirishda musiqa o'qituvchisining pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi, chunki erkin va mustaqil fikrlaydigan, o'zligini anglay oladigan, ya'ni har xil zararli oqimlarga qo'shilib ketavermaydigan, intellektual salohiyatli, siyosiy ongli yoshlarimizni tarbiyalashda Vatanimiz va jamiyat uchun mustaqil, ijodiy fikrlay oladigan va o'z sohasining bilimdoni bo'lgan mutaxassislar zarur. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati va uning asosiy tarkibiy qismlari orqali ta'lim va tarbiya jarayoni ta'sirchanligini yanada yuksak bo'lishi o'qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro'siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste'dodiga, ta'lim sohasidagi tajriba va mahorati, hamda o'quvchi yoki ta'lim oluvchilar bilan o'rnatilgan do'stona munosabatiga bog'liqligi aniqlandi. Ma'lumki musiqa va qo'shiq, musiqiy ohanglar kishilar ongiga, kayfiyatiga va tarbiyasiga juda kuchli ta'sir etadi. O‘qituvchinmg musiqiy - pedagogik mahorati o'quvchilarning axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifatida maktab o'quvchilari ongiga milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarini singdirishda musiqa madaniyati fanining imkoniyatlari ham juda kengdir. Bu vazifani talab darajasida amalga oshirish albatta ushbu fandan dars beradigan o'qituvchining siyosiy ongi va bilimiga, hamda uning pedagogik mahoratiga bog'liq. Demak hozirgi davr musiqa madaniyati fani o'qituvchisi nafaqat kasbiy ijrochi, etuk nazariyotchi bo'lishi, balki siyosiy va pedagogik jihatdan ham ilg'or mutaxassis bo'lishi talab etiladi. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini o'quvchilar va o'qituvchilar faoliyatining o'zaro aloqasini ilhomlantiruvchi bo'lib xizmat qilishi bilan birga ma'lum ma'noda bilim, tarbiya berishi va umumiy maqsadlarga erishishda ularning do'sti sifatida qatnashishi zarur. Bu esa mahoratli o'qituvchilar oldida doimo o'zlarining pedagogik-psixologik bilimlarni rivojlantirib borishlarini va ulardan pedagogik amaliyotlarida samarali foydalanishga intilishlarini yuzaga keltirdi. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati, avvalo, o'z fanini o'qitish, metod, usul va vositalarini mukammal o'zlashtirib olishi, o'qituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligidir. Musiqa o’qituvchisi har qanday vaziyatda pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i, muloqot ustasi, ilg’or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo’lishi lozim. Musiqa o’qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishi, o'z o'quvchilariga hurmat va muhabbat ifoda eta olishi, ularni hayotga qiziqtirishi, ruhiy holatlarni bilishi, bosiqlik bilan o'z his- tuyg'ularini boshqara olishi darkor. Shu bilan birga, tashqi ko'rinishi va kiyinish madaniyati bo'yicha ibrat bo'lishi kerak. Mahoratli pedagog yangi usullarni doimiy ravishda o'zlashtirishi, musiqa ta’lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi muxim. Uning omma o'rtasida ilmiy-ma'rifiy va ma'naviy-madaniy ishlar targ'ibotchisi bo'lishi kerakligi haqida umumiy xulosalarga keldik.



    Download 87.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling