I. A. Karimov Bugungi kunda vatanimiz eng rivojlanib borayotgan


Download 154.07 Kb.

Sana28.04.2017
Hajmi154.07 Kb.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 25 

 

 

 

 

 

Biz  nimani  istaymiz - ona 

Vatanimizda   tinchlik  va  omonlik 

bo`lishini  istaymiz. Boshqalarga 

ham   shuni  tilaymiz. 

I.A.Karimov 

Bugungi  kunda   vatanimiz  eng  rivojlanib   borayotgan  

mamlakatlardan   biridir.  Mustaqillikka   erishgan  

kunimizdan  boshlab,  bugungi  kunga  qadar   juda  ko`p  

islohotlar   amalga  oshirildi.  Bu  islohotlarning  barchasi   

avvalo  biz  insonlarning   tinch,  osoyishta,  to`kin-sochin,  

farovon    yashashimiz  uchundir.   Muhtaram  yurtboshimiz   

I.A. Karimov   “ Islohot  islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  

uchun”, - deb  bejiz   ta`kidlamaganlar. Biz  buyuk  kelajak  

sari    dadil  qadam   tashlayotgan      mamlakatning  

farzandlarimiz.  Bugun   O`zbekiston   eng   ilg`or  

mamlakatga   aylanib   ulgirdi.  Har   bir    sohada   

erishayotgan    yutuqlarimizni  ko`rib,  butun  dunyo   bizga  

havas   bilan  qaramoqda. Bizning     tutgan  yo`limizdan  

o`zi  uchun  o`rnak  olmoqda. Lekin  bugun  butun  dunyo    

mamlakatlariga  tahdid    solayotgan  bizga  yot  bo`lgan  

buzg`unchi  g`oyalar     ham  mavjudki,   bugun  bu  

muammolar  global   qiyofa  kasb  etmoqda. 

Global    arakterga  ega  bo`lgan    diniy  ekstremizm,  

terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik,  odam  savdosi  kabi    

inson  ma`naviyatiga  ta`sir  etuvchi  oqimlar   paydo  bo`ldi. 

Jamiyatimizda   milliy  va    diniy  qadriyatlar  uyg`unligiga  

erishish, diniy bag`rikenglik  hamda  millatlararo   totuvlikni   

ta`minlash,  diniy   ekstremistik  va  terroristik   buzg`unchi  

g`oyalarga qarshi yoshlar  ongida  mafkuraviy  immunitetni  

shakllantirish, ularda  ajdodlarimiz   me`rosiga    nisbatan  

faxr  va  iftixor tuyg`ularini    uyg`otish  davr  talabiga  

aylanmoqda. Bunday  tahdid  solayotgan,  global  qiyofa  

kasb  etgan  diniy  ekstremizm,  terrorizm, aqidaparastlik, 

missionerlik,   odam  savdosi  kabilar      yoshlar  ongini   

zaharlab,   mamlakatning tinchlikdek   buyuk   ne`matiga  

rahna  solmoqda. Bu  orqali  moddiy  daromad  ko`rib  o`z  

nafsini  qondirishni  maqsad  qilgan  g`arazli  kimsalar  

mana  shunday buzg`unchi  g`oyalarni  tadbiq  qilmoqda.  

O`z   domiga   tortish  uchun  har xil yo`llardan 

foydalanmoqda. Bu haqida    Prezidentimiz   I.A.Karimov  

shunday  degan  edi: “Hozirgi   vaqtda dunyoning uzoq-

yaqin turli hududlarida yuz   berayotgan  tashvishli voqealar,  

jumladan,  bizning   mintaqamizda,   yon   atrofimizda   

kuchayib  borayotgan   havf - xatarlar,  qonli  to`qnashuvlar ,  

siyosiy    va   iqtisodiy    qarama-qarshiliklar,  terrorizm,  

radikalizm  narkotrafikning  toboro  avj  olayotgani  tinchlik  

va barqarorlikka qanday katta tahdid tug`dirayotgani haqida,  

o`ylaymanki,  ortiqcha   gapirib o`tirishning  hojati  yo`q. 

Mana  shunday    toboro  keskinlashib  borayotgan  bir  

vaziyatda,   biz   ushyorlik   va   sergakligimizni  

yo`qotmasdan, kimlar  bizga    hayrixoh,  kimlar   g`arazli   

ko`z  bilan   qarayotganini, bugungi  hayot, bugungi  davr  

bizning  oldimizga  qanday   o`tkir  talab  va  vazifalarni   

qo`yayotganini  chuqur  anglab,  ogoh,  sezgir  va   safarbar   

bo`lib  yashashimiz   talab  qilinmoqda”. 

Bugungi butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv 

jarayonlari, turli axborot hurujlari va mafkuraviy  tahdidlar   

bizni   ogoh  bo`lishga   undaydi. Zero,  ogohlik  davr  

talabidir. Ana shunday shiddatli bir davrda mamlakatimizda 

ijtimoiy-diniy muhitni   sog`lomlashtirish ma`naviy-ma’rifiy 

ishlarni jadallashtirish,  ajdodlarimiz  me`rosini o`rganib, uni 

yoshlar ongiga singdirish   bugungi  kunning  eng  dolzarb  

masalalaridan   biridir. Diniy   ekstremizm   va   terrorizm   

kabi  tushunchalarning    o`zini   tahlil  qilsak,  ektremizm  

lotincha   so`zdan  olingan   bo`lib, “aql  bovar   qilmas  

darajada,   haddan  oshish”   degan  ma`noni   anglatadi. 

Ekstremizm jamiyatda   qabul  qilingan   qonun-qoidalarga  

zid    bo`lgan,    keskin      fikrlar,    qarashlar    va      harakatlarni    

anglatadi. Bunday   harakatlarga   diniy  tus  berish   diniy  

ektremizmga   olib  keladi. Diniy  ekstremizm   jamiyat  

uchun    an`anaviy   bo`lgan    diniy   qadriyatlar   va   

aqidalarni   rad  etish   ularga  zid  bo`lgan  g`oyalarni   

aldov   va  zo`rlik  bilan   targ`ib   qilishga  asoslangan  

buzg`unchi   harakatlardir.  Diniy   ekstremizm   kelib  

chiqishining   birinchi   va   asosiy   sababi   bu  

mutaassiblikdir.  Mutaassiblik  bu   “fanatizm”   fransuzcha 

“ibodat”  ma`nosini  anglatadi.  Muayyan   g`oyalarning    

to`g`ri  ekaniga    qattiq   ishonish, ularga    mukkasidan  

berilish, “o`zgalar” va “o`zgacha” qarash   g`oyalariga 

murosasiz munosabatda bo`lish  va  boshqa  mazhablarni 

butunlay   rad   etgan  holda,  ularni   tan  olmaslikda 

namoyon  bo`ladi.  Mutaassiblik barcha  davrlarda     turli  

din  va yo`nalishlar  orasida   keskin  nizo  va  to`qnashuvlar 

kelib chiqishiga  sababchi  bo`lgan. 



(davomi 2-sahifada) 

2016 yil Iyun 6 (756) 

G

G

O

O





Z

Z

A

A

L

L

 

 

V

V

A

A

 

 

B

B

E

E

T

T

A

A

K

K

R

R

O

O

R

R

I

I

M

M

S

S

A

A

N

N

,

,

 

 

M

M

U

U

Q

Q

A

A

D

D

D

D

A

A

S

S

 

 

V

V

A

A

T

T

A

A

N

N

I

I

M

M

,

,

 

 

 

 

J

J

O

O

N

N

I

I

M

M

 

 

S

S

E

E

N

N

G

G

A

A

 

 

F

F

I

I

D

D

O

O

,

,

 

 

O

O





Z

Z

B

B

E

E

K

K

I

I

S

S

T

T

O

O

N

N

I

I

M

M

!

!

 

 

 

“MEN  DINIY   EKSTREMIZM  VA   TERRORIZM  TAHDIDINI  QANDAY    TUSHUNAMAN?” 

 


 

 

 

 

 

Ongi zaharlangan  va  mutaassibga   aylangan   kishilar    

o`zlari qilayotgan  ishlari  to`g`ri  deb  hisoblagan  holda,  

har qanday  nomaqbul  ishlardan ham  bosh  tortmaydilar. 

Vaholangki,  ularni  bu  yo`lga   boshlagan  qo`shtirnoq   

ichidagi    rahnomolar     g`ayriinsoniy   maqsadlarni   

ko`zlaydi.  Zero,   Prezidentimiz   I.A.Karimov  

ta`kidlaganlaridek,  Eng  achinarlisi  shundaki,  bu  yovuz  

kimsalar   hali  ongi   shakllanib   ulgurmagan  tajribasiz,  

g`o`r    yoshlarni  o`z  tuzog`iga    ilintirib,    ulardan  

o`zlarining  iflos   maqsadlari  yo`lida   foydalanmoqdalar. 

Bu   esa   islomning   insonparvarlik    g`oyalarini  

obro`sizlantirishga    olib   kelmoqda.  Ayni   paytda,  

dunyoviy  va  diniy    bilimlarning  sayozligi,  sof  diniy  

tushunchalarning   asl  mazmunini  bilmaslik  ham   diniy  

ekstremistik    g`oyalarning   tarqalishiga  sabab  bo`lishi  

mumkin. Bu jarayonnig    eng  xatarli  jihati   dinni  

siyosiylashtirish   vositasida   hokimyatga  intilish,  dindan   

odamlar   orasiga   nifoq  solish,  qo`poruvchilik  ishlarini   

amalga    oshirish      va    g`arazli      manfaatlarini      ro`yobga        

chiqarishda      foydalanishga    urinishlarda   namoyon  

bo`ladi. 

Hozirgi    davrda      ko`plab      ekstremistik    guruhlar    va  

aqidaparastlar     turli  dinlar   jumladan   xristianlik, islom,  

yahudiylik   dinlari    ta`limotini    noto`g`ri   talqin  

qilmoqdalar.   Buning   natijasida   esa    jamiyatda    

tartibsizlik       va     beqarorlik       kelib     chiqadi.  Bizning      

xalqimizga  xos  bo`lgan   eng  yaxshi  odatlarimizdan  biri  

shuki,    dasturxon         atrofida       albatta    mana    shunday    

ajoyib   tinch  yurtda    yashayotganligimizga    shukronalar   

keltirib,      yurtimiz    hamisha    tinch,    osmonimiz    musaffo      

bo`lishini  niyat  qiladi. Tinch  yurtda   yashayotganligimiz  

bizning   baxtimiz. Tinchligimizni   ko`rolmagan, mana  

shunday tinch  yurtni  tinchligini    buzishga   uringan,  

beqarorlikni    targ`ib    qilgan    kimsalar      bugun    avj    olib    

ketdi.  Dunyoda   yana    shunday    g`arazli   yovuz   

insonlardan  tashkil  topgan   terroristik   guruhlar  ham  

mavjud. Bunday  kimsalarga  nisbatan  inson  degan  so`zni  

ishlatishning    o`zi      noto`g`ri.    Ular    inson    qiyofasidagi    

hayvondir. Ularda  ong, aql  yo`q. 

Terrorizm  so`zi  lotincha   so`z  bo`lib,  “qo`rqitish”,   

“vahimaga  solish” degan  ma`noni  anglatadi. Insonlarni  

ongida    qo`rquv   va   vahima   uyg`otish  jamiyatda  

tartibsizlik   keltirib   chiqarish   orqali    hokimiyatni   

egallashga   qaratilgan     jinoiy   faoliyatdir. Terrorchilar    

ham  dindan   niqob   sifatida  foydalanadi. Terrorizm  ham   

global  xarakterga   ega  bo`lib,  bugungi   kunda   xalqaro  

terrorizm   shaklini  olgan. Terrorizm  ham    eng  og`ir   

jinoyatlardan  biridir. 

Xalqaro  terrorizm  ayniqsa  XX  asr  boshlarida   avj 

ola   boshlagan.  Xalqaro  terrorizmga   qarshi  kurashda   

davlatlararo      hamkorlikni      yo`lga    qo`yilishi      o`tgan    

asrning   30-yillaridan  boshlangan. 1937-yilda  20 dan  

ortiq  davlat   terrorizmning  oldini  olish  va  bunday  

harakatlar   uchun   jazolash   haqidagi   konvensiya  

imzolandi. Bugungi  kunda  terrorchilik  uslublari    ancha   

kengayganini  ta`kidlash  zarur. 1970-yillarda biror  shaxs  

yoki  siyosiy   arbobga    qarshi  uyushtirilgan  terrorchilik  

harakatlari,    hozirda         jamoat    joylarida         portlashlarni      

sodir   etish   orqali ko`plab    tasodifiy    kishilarning   

qurbon   bo`lishiga  olib  keladigan   qo`poruvchiliklarni  

amalga  oshirmoqda. 

Bugun     dinni     niqob     qilgan       ekstremistik     va    

terroristik   guruhlar   o`z  maqsadlarini   amalga  oshirish  

uchun       xalqlar       o`rtasida     millatchilik     va     diniy      

ayirmachilikni  keltirib  chiqarish orqali   bir   davlatda  

yashayotgan  turli  millat   vakillari  o`rtasida  milliy  va  

diniy    nizo   va   janjallarni   vujudga   keltirishga  

urinmoqda. Ma`lumotlarga   qaraganda    hozirgi   kunda   

500ga  yaqin  terroristik  guruhlar  faoliyat  yuritib,  ular  

yiliga   300-600  tagacha   jinoyat  sodir  etishar  ekan. 

Bularning  barchasi  ya`ni   bunday  oqimlar  bugungi  

tinch,   osoyishta   hayotimizga     rahna   solmoqda.  

Tinchlikdek   buyuk   ne`matning   qadriga   yetmagan   

kimsalar   mana  shunday  zulmatni  tanlamoqda. Shunday  

yovuz   kimsalarni   deb,   dunyodagi   insonlar   jabr  

ko`rmoqda.  Bularning    barchasi    tinchlikka  qarshi   

qaratilgan    kuchlar   ekanligini   bilgan   holda    

mamlakatimizni   asramog`imiz   kerak. Biz   farzandlar  

bugunning   nihollari   bo`lsak,  ertaning   daraxtlari,  

bog`larimiz. O`zidan  ziyo  taratayotgandek   ko`rsatadigan  

bunday  oqimlar  yo`lining  oxiri  zulmatdir. O`zini  din  

peshvosi  deb  bilgan  bunday  kimsalarga  biz  qarshimiz! 

Biz  yoshlar  uchun  hamma  sharoitlar  yaratilgan  yurtda  

yashayotganligimizdan    faxrlanamiz,   shukronalar  

aytamiz.  Biz  uchun  tinchlik  kerak.  Tinchlik  bor  yurtda  

rivojlanish   bo`ladi.   Bu haqida   Prezidentimiz   ham  

shunday    deganlar:  “Biz    uchun    tinchlik    va    omonlik    

kerak. Haqiqatdan  ham,  yurtimizdagi  qaysi  xonadonga  

kirmang,  qariyalarimiz  duoga  qo`l  ochib,    yaratgandan  

avvalo el-yurtimizga  tinchlik  va  omonlikni  so`raydi. 

Turli  balo-qazolar  bizga  yaqin  kelmasin,  ostonamizga  

yo`lamasin.    Farazndlarga, nabiralarga uzoq umr, baxt 

tilaydi. Chunki xalqimiz tinchlik bo’lsa,  farovonlik va 

taraqqiyot bo’lishini yaxshi biladi, tinchlikni qadr-

qimmatini yaxshi anglaydi”. 

Hamma narsaning borida  qadriga yetish zarurligini 

bilamiz. Dunyoga xavf solayotgan bunday yovuz oqimlar: 

diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, aqidaparastlik, 

odam savdosi kabilar o’zbekistonlik yoshlarni o’z domiga 

torta olmaydi. Biz bilim o’rganib, yurtimizga nafimiz 

tegadigan farzandlar bo’lamiz. Buyuk yurtning farzandlari 

buyuklikni asramoqqa hamisha tayyor. 

 

Mohinur Jo’rayeva  



ToshDAU, 1 bosqich 56 guruh talabasi 

6 (756) 

 IYUN 2016 yil 

OGOHLIK DAAVR TALABI 

 

 

 

 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR 



UNIVERSITETIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI 

YARMARKASI TASHKIL ETILDI. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 



xo‘jaligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, 

Toshkent viloyati bandlikka ko‘maklashish va aholini 

ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Fermerlar kengashi, 

«O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi  hamkorligida 

o‘tkazilgan tadbir bitiruvchilarga o‘z mutaxassisliklari 

bo‘yicha ishga joylashish uchun imkoniyat yaratdi. 

Ular korxona va tashkilotlar,  muassasalar, xususiy 

firmalar tomonidan o‘rnatilgan ko‘rgazmali vositalar 

yordamida mavjud ish o‘rinlari, talab va takliflar 

haqida batafsil ma’lumot oldilar. 

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va 

dastlabki qayta  ishlash texnologiyasi  yo‘nalishini 

tamomlamoqdaman, – deydi Samar Mahmudov. – 

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilayotgan bo’sh 

ish o‘rinlari menga ma’qul bo‘ldi. 

Yarmarkada qirqdan ziyod tashkilot ikki yuzga 

yaqin bitiruvchi bilan mehnat shartnomalari tuzdi. 

Tadbir  doirasida  kasb-hunar  kollejlari  va 

akademik  litseylar  bitiruvchilari  uchun  «Ochiq 

eshiklar kuni» ham tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar 

agronomiya,  meva-sabzavotchilik  va  uzumchilik, 

seleksiya, zootexniya, ipakchilik, o‘rmon xo‘jaligi va 

dorivor  o‘simliklar  kabi  bakalavr  yo‘nalishlari 

bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 



 

“Kamolot” aksiyasi

 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimiz mustaqilligining 

yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “25” nomli aksiya o‘tkazadi.   

Poytaxtimizdagi  Yoshlar  ijod  saroyida  o‘tkazilgan  matbuot 

anjumanida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi 

raisining  birinchi o‘rinbosari  F.Muhammadjonova  va  boshqalar 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan yoshlarga 

oid davlat siyosati harakat oldiga muhim vazifalar qo‘yayotganini ta’kidladi.  

Yig‘ilishda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida 

o‘tkaziladigan “25” aksiyasida yoshlar o‘rtasida mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-

mohiyatini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilindi.  

Aksiya doirasida “Mustaqillik mening taqdirimda” mavzuida taqdimotlar tanlovi, “Eng ulug‘ va eng aziz” shiori 

ostida eng sara video va audiotabriklar, “Vatanimga dil 

izhori” shiori ostida fotosuratlar va videoroliklar tanlovi 

o‘tkaziladi. Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 

yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan 

taqdim etilgan ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgustiga 

qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy 

kengashlari  hamda  bir  vaqtning  o‘zida 

www.25.kamolot.uz  saytiga,  loyihaning  ijtimoiy 

tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib boriladi.  

– Bugun “Kamolot” yoshlarning chinakam suyanchi 

va tayanchiga aylandi, – deydi markaziy kengash 

matbuot xizmati rahbari Ma’mur Bayonov. – 2014-yildan boshlab mamlakatimiz bo‘ylab “Kamolot” uylari barpo 

etilib, ular iqtidorli, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan yosh oilalarga imtiyozli ipoteka 

kreditlari evaziga berilayotir. Bugungi kungacha 57 “Kamolot” uyiga ikki mingdan ziyod yosh oila ko‘chib kirdi. 

“25” aksiyasi doirasida respublikamizning har bir tuman, shaharlaridagi markaziy xiyobon va istirohat bog‘larida 25 

raqami joylashtirilgan fotomaydonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.  



Internet ma’lumoti asosida tayyorlandi 

6 (756) 

IYUN 2016 yil 

UNIVERSITET HABARLARI 

 

 

 

 

 

 

“OLIY MATEMATIKA, FIZIKA VA KIMYO” KAFEDRASI BILAN 

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ SANOAT-IQTISODIYOT KASB-

HUNAR KOLLEJI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK SAMARADORLIGI 

BO‘YICHA SEMINAR BO’LIB O’TDI 

 

2016 yil  2 iyun  kuni Toshkent viloyati Chirchiq 



sanoat- iqtisodiyot  kasb-hunar kollejida “ToshDAU va  

Chirchiq sanoat-iqtisodiyot KHK ning o‘zaro hamkorlik 

shartnomasi bo‘yicha  ilmiy – amaliy seminar o‘tkazildi. 

Ushbu  seminarda  ToshDAU  oliy  matematika, 

fizika va kimyo kafedrasi mudiri, professor B. Sapaev, 

assistent J.N.Todjiev, assistent R.O‘.Amonov, assistent 

T.U.Eshboboev,  kollejning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha 

direktor  o‘rinbosari  N.X.Rustamova,  Aniq  fanlar 

kafedrasi  mudiri  S.O.Kurbanova,   

kafedra  o‘qituv-

chilaridan M.X.Jalolova, G.K.Bakirova, X.A.Begmatov, 

A.A.Ibragimov, 

G.K.Razzakova, 

X.Normetova, 

M.J.Sulieva  hamda  kollejning  150  nafardan  ortiq 

o‘quvchilari qatnashdi. 

Seminar Chirchiq sanoat- iqtisodiyot KHK ning  

katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda  “Muqobil  energiya  manbalari, 

mamlakatimizda  quyosh  energiyasidan  samarali 

foydalanish”  va  “Kimyoviy  moddalarni atrof-muhit 

ob’ektlari tarkibidan analiz  qilish usullari” mavzulari 

bo‘yicha  Respublikamizda  qilinayotgan  yangiliklarni 

kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ongiga singdirish va 

qiziqishlarini oshirish maqsadida  prof. B. Sapaev va 

assistent J.N.Todjievlarni ma’ruzalari tinglandi. 

B.Sapaevni “Mamlakatimizda quyosh energiyasi-

dan  samarali  foydalanish”  mavzusidagi  ma’ruzasi 

tinglandi.  Ma’ruzada  quyosh  energiyasidan  elektr 

energiyasini ishlab chiqish bo‘yicha investitsion loyiha, 

ya’ni  siqilgan  tabiiy  gazning 

kengayishidan  hosil  bo‘lgan 

energiyadan foydalanib qo‘shim-

cha  elektr  energiya  ishlab 

chiqarish  mo‘ljallanganligi  va 

hozirgi  kunda  ToshDAU  ning 

professor-o‘qituvchilari 

va 


iqtidorli talabalari universitetning 

o‘zida  ham  ilmiy  ish  olib 

borayotganligini ta’kidlab o‘tdi. 

 Bundan  tashqari  mamlakatimizda  sodir  bo‘lgan 

o‘zgarishlar, yaratilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlar, 

ya’ni birgina misol quyosh energiyasidan samarali 

foydalanish uchun respublikamizda  bir  yilda  300 

kundan ortiq quyosh chiqib turishi yetarli bo‘ladi. Prof. 

B.Sapaev butun Respublika miqyosida  hozirgi kunda 

quyosh  batareyalarini  ishlab  chiqarilayotganligini,  

muqobil energiya manbalarini joriy qilinayotganini – 

“Quyosh batareyalari” va prezentatsiyalar yordamida 

turli xil dalillar asosida tushuntirib berdi. Quyosh 

energiyasini tannarxi elektr energiyasiga nisbatan arzon 

bo‘lishini, va undan qanday foydalanishni, quyosh 

batareyalarini bittasidan qancha miqdorda elektr toki 

olinishi  batafsil  tushuntirib  berdi.  O‘quvchilar  bu 

mavzu bo‘yicha qiziqib ko‘plab savollar berishdi va 

yetarlicha  javoblar olishdi. 

ToshDAU Oliy matematika, fizika  va kimyo 

kafedrasi o‘qituvchisi R.Amonov ham o‘z so‘zlarida 

bunday imkoniyatlarning mavjudligi, muqobil energiya 

manbalarini 

rivojlantirish 

orqali 

iqtisodiyot 



tarmoqlarini, aholini va sanoatni uzluksiz energiya bilan 

ta’minlashva  atrof  muhitga  chiqariladigan  zaharli 

gazlarni kamaytirish bilan bir qatorda qo‘shimcha ish 

o‘rinlarni yaratish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga 

o‘z hissamizni qo‘shishimiz haqida gapirib o‘tildi. 

Kimyoviy  moddalarni  atrof-muhit  ob’ektlari 

tarkibidan  analiz  qilish  usullari  mavzusi  bo‘yicha 

assistent J.N.Todjiev. ni ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada 

hozirgi kunda Respublikamiz  va dunyo miqyosida 

ishlab  chiqarilayotgan  oziq  ovqat  mahsulotlarini 

kimyoviy tarkibi, oqova suvlarni tarkibini tez va yuqori 

aniqlikda  aniqlaydigan  analitik 

priborlarni 

ishlab 


chiqarilayotganini  va  ularni 

analizga  qo‘llanilishini  hamda 

ishlash 

prinsplarini  

prezentatsiya 

yordamida 

o‘quvchilarga tushuntirib berdi. 

O‘quvchilar  priborlarni  ko‘rib 

ularni o‘zlari ham uy sharoitida foydalanilsa bo‘ladimi 

deb  savollar  berishdi.  assistent  J.N.Todjiev  bu 

priborlarni elektr toki bo‘lsa nafaqat uy sharoitida balki 

dala sharoitida  ham foydalanib oziq ovqat va qishloq 

xo‘jaligi  mahsulotlarini  tarkibini  aniqlay  olishlarini  

aytib o‘tdi. Yan bir qancha o‘qituvchi va o‘quvchilarni 

mavzu  yuzasidan bergan savollariga yetarli dalillar 

asosida javob berdi. 



www.agrar.uz

 saytidan tayyorlangan 

6 (756) 

IYUN 2016 yil 

 

MALAKA VA MAHORAT 



 

 

 

 

HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN KENG IMKONIYAT 



“O‘zekspomarkaz”da oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan “WorldFood 

Uzbekistan – 2016” va “AgroWorld Uzbekistan – 2016” xalqaro ko‘rgazmalari ochildi. 

 

Ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 



xo‘jaligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 

vazirliklari,  Savdo-sanoat  palatasi,  Fermerlar  kengashi, 

“O‘zbekoziqovqatxolding”  xolding  kompaniyasi,  “ITE 

Uzbekistan” 

xalqaro 

ko‘rgazma 

kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. 

Tadbirlarning ochilishida Prezidentimiz 

Islom  Karimov  rahnamoligida  qishloq 

xo‘jaligi sohasi va  oziq-ovqat sanoatida 

amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli 

islohotlar  o‘z  samaralarini  berayotgani 

ta’kidlandi. Bu jarayonda ishlab chiqarishga 

zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilayotgani muhim o‘rin 

tutmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  2014-yil  15-maydagi 

“Qishloq  xo‘jaligining  mashinasozlik  korxonalarini 

boshqarishni  yanada  takomillashtirish  va  moliyaviy 

sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, boshqa 

qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar sohani yanada rivojlantirish 

uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan 

izchil ishlar samarasida 180 turdan ziyod meva-sabzavot va 

ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyo 

bozorlariga eksport qilinayotir. So‘nggi uch 

yilda  tashqi  bozorga  yo‘naltirilayotgan 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi uch 

barobardan  oshdi.  Oziq-ovqat  tovarlarini 

aholiga uzluksiz yetkazib berish, sifati va 

xavfsizligini  ta’minlashga  erishilmoqda. 

Misol uchun, 1990-yilda aholining oziq-

ovqat,  xususan,  go‘sht,  sut,  qandolat 

mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobidan 

qoplangan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib qishloq xo‘jaligi 

mahsulotlarining 98 foizi yurtimizda yetishtirilmoqda. 

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va 

boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish 

bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi. 

2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning 

oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash  sohasida  Mingyillik 

rivojlanish  maqsadlariga  erishgani  uchun  beriladigan 

mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 davlatdan biri sifatida e’tirof 

etildi. 

Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, 

yetishtirilgan  mahsulotlarni  saqlash  infratuzilmasini 

rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili 

qishloq xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta ishlaydigan 230 

korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga ega 114 yangi sovutish 

kamerasi  tashkil  etildi  va  modernizatsiya  qilindi. 

Mamlakatimizda  meva-sabzavotlarni saqlashning  umumiy 

quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa yil davomida 

narxlarning mavsumiy oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, 

aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 

uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni 

kengaytirish imkonini bermoqda. 

Ko‘rgazmalarda Xitoy, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, 

Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, 

Niderlandiya,  Avstriya,  Belgiya, 

Bolgariya,  Daniya,  Polsha,  Shvetsiya, 

Slovakiya, Litva, Indoneziya, Malayziya, 

Misr, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 28 

mamlakatdan bir yuz oltmishdan ziyod 

kompaniya ishtirok etmoqda. 

“WorldFood  Uzbekistan”  va 

“AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmalari oziq-ovqat sanoati va 

qishloq xo‘jaligi sohasining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini 

o‘zida  mujassam etgan.  Unda  oziq-ovqat mahsulotlari, 

ichimliklar, sovutish hamda restoran uskunalari, qadoqlar va 

qadoqlash  texnologiyalari,  parrandachilik,  chorvachilik, 

veterinariya, donni qayta ishlash va saqlash, omixta yem ishlab 

chiqarish uchun uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasiga oid 

ko‘plab bo‘limlar ishlab turibdi. 

– 

Kompaniyamiz  meva-sabzavotlarni  yetishtirishga 



ixtisoslashgan,  –  deydi  Italiyaning  “Mazzoni Group” 

kompaniyasi mintaqaviy menejeri Antonio 

Ferraresi. 

– 

O‘zbekistonda 



yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar mazasi, 

tabiiyligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 

Mamlakatingiz  korxonalari  tomonidan 

taqdim etilayotgan mahsulotlar esa g‘oyat 

xaridorgir,  eng  muhimi,  xalqaro  sifat 

standartlariga  mos  ekanini  alohida 

ta’kidlashni istardim. Yurtingizdagi turdosh korxonalar bilan 

hamkorlik o‘rnatish va mavjud aloqalarni mustahkamlash 

niyatidamiz. 

Mamlakatimizdagi  qulay sarmoyaviy  muhit  xorijiy 

davlatlar  bilan  savdo-iqtisodiy  munosabatlarni  yanada 

kengaytirish, barcha sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb 

etishda muhim omil bo‘layotir. Xususan, qishloq xo‘jaligi 

sohasida  zamonaviy talablarga  javob beradigan,  sifatli 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  ko‘plab 

korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. 

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasi 

vakillarining mahsulotlari ham ekspozitsiyalarda keng o‘rin 

egallagan. Salqin ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari va 

ularning qo‘shimchalarini ishlab chiqaradigan “Mehrigiyo”, 

“Spring Mycelium Land”, “Good Food Group”, “Lazzat 

Karamel”, “Vazira Business”, “Sladus Produce” korxonalari 

shular jumlasidandir. Ular vafli, pechenye, shokolad, konfet 

kabi  keng turdagi  qandolat  mahsulotlarini,  yog‘-moy 

mahsulotlari,  muzqaymoqlar,  choy  navlarini  namoyish 

etmoqda.    Navoiy    mashinasozlik    zavodi,   “United Food  



(davomi 6-sahifada) 

6 (756) 

IYUN 2016 yil 

ISTIQBOL 

 

 

 



ISTIQBOL

 

 



Machinery”, “Viniks”, “Furkan Max”, “OSC” kabi 

korxonalar  stendlarida  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish hamda saqlash uskunalari taqdim qilingan. 

– 2011-yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonamizda 

ilg‘or texnologiyalar asosida karamellar, shokolad va vaflilar 

ishlab chiqarilmoqda, – deydi “Lazzat Karamel” O‘zbekiston-

Shveytsariya  qo‘shma  korxonasining  moliyaviy  ishlar 

bo‘yicha direktori Saidakmal Jabborov. – Prezidentimiz Islom 

Karimov rahnamoligida tadbirkorlarning erkin va faol ish 

yuritishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va keng 

imkoniyatlar  muvaffaqiyatlarimiz  omili  bo‘lmoqda. 

Korxonamiz dastlab yigirmaga yaqin turdagi shirinliklar ishlab 

chiqargan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich oltmish beshga yetdi. 

Mahsulotlarimizning  sifati,  ko‘rinishi  xorijnikidan  aslo 

qolishmaydi. Ayni paytda ular qator davlatlarga eksport 

qilinmoqda. 2015-yili 1200 tonnaga yaqin mahsulot ishlab 

chiqardik. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish 

niyatidamiz.  Ushbu  ko‘rgazmalar  mahsulotlarimizni 

iste’molchilarga kengroq tanishtirish, ishbilarmonlar bilan 

hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladi. 

Xalqaro  ko‘rgazmalarda  Xitoyning  “Zhengzhou 

Dingsheng Machine”, “Big Herdsman” kompaniyalari yog‘ 

ishlab  chiqarish  hamda  parrandachilikda  qo‘llaniladigan 

uskunalarni, Fransiyaning “Ixapack” kompaniyasi qadoqlash 

texnologiyalarini namoyish etmoqda.  Muzqaymoq ishlab 

chiqarish uskunalarini namoyish etayotgan Avstriya va Italiya 

kompaniyalari stendlari ham ko‘rgazma ishtirokchilarining 

e’tiborini tortmoqda. 

– Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan 2012-yildan buyon 

hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi Xitoyning “Big Herdsman” 

kompaniyasi savdo direktori Liu Jun. – Mamlakatingizda 

o‘tkazilayotgan  xalqaro  ko‘rgazmalarda  muntazam 

qatnashamiz. Korxonamiz broylerlarni avtomatik oziqlantirish 

uskunalari, parrandachilik sohasi uchun ventilatsiya hamda 

bug‘lantirish tizimlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 

bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda xorijlik ishbilarmonlar 

uchun joriy qilingan imtiyozlardan yaxshi xabardormiz. 

Ko‘rgazmada ishtirokchilarga muzokaralar o‘tkazish, bitim va 

shartnomalar tuzish uchun barcha qulayliklar yaratilgani bizga 

ma’qul bo‘lmoqda. 

Ushbu ko‘rgazmalar mamlakatimiz ishbilarmonlari va 

chet ellik hamkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish, tajriba 

almashish, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilash, ikki 

tomonlama  manfaatli  shartnomalar  imzolash,  xorijiy 

investitsiyalarni jalb etish hamda O‘zbekistonning eksport 

salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 



Nodira Manzurova 

www.kun.uz

  

 

 

MAMLAKATIMIZDAGI OLIY O‘QUV YURTLARIDA 



2016/2017 O‘QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONI 

BOSHLANDI. 

Prezidentimiz rahnamoligida asos solingan o‘n ikki 

yillik umumiy va o‘rta maxsus ta’lim, ikki bosqichli oliy 

ta’lim tizimi zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta 

egallagan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda yuksak 

samaralar berayotir.  

Yoshlarimizning bu  borada yaratilgan zamonaviy 

imkoniyatlardan oqilona foydalanish, oliy ta’lim olib, 

biror sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishga 

intilishi  kuchaymoqda. Buni talabalikka da’vogarlik 

qilayotgan abiturientlar soni yildan-yilga ko‘payayotgani 

yaqqol isbotlaydi. Davlat test markazining ma’lumotiga 

ko‘ra, 2014-yilda oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan 

abiturientlar soni 543 mingdan ko‘proqni tashkil etgan 

bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 605 mingdan oshgan.  

Bu yil ham oliy ta’lim olish ishtiyoqida bo‘lgan 

yoshlar o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga hujjat 

topshirmoqda. Abituriyentlar va ota-onalarga bu borada 

barcha sharoit yaratilayotir. Mamlakatimizdagi matbuot 

nashrlari va oliy o‘quv yurtlarining internet tarmog‘idagi 

saytlari orqali qabul jarayonlari, test olinadigan fanlar 

haqida masofadan turib ham ma’lumot olish mumkin.  

Prezidentimizning 2016-yil 26-maydagi “2016/2017 

o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim 

muassasalariga  o‘qishga  qabul  qilish  to‘g‘risida”gi 

qarori asosida barcha oliy ta’lim muassasalarida ushbu 

tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 20-iyundan hujjat 

qabul qilish boshlandi.  

Davlatimiz  rahbarining  joriy  yil  13-maydagi 

farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani 

bu yilgi eng katta yangiliklardan bo‘ldi. Farmonga 

muvofiq universitetda o‘quv jarayoni 2016/2017 o‘quv 

yilidan boshlab yo‘lga qo‘yildi.  

Ushbu  universitetning  qabul  komissiyasi 

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti huzuridagi 

akademik  litsey  binosida  faoliyat  ko‘rsatmoqda. 

Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga 

tezkor javob berish maqsadida komissiyaning “ishonch 

telefoni” ishlamoqda.  



(davomi 7-sahifada) 

6 (756) 

IYUN 2016 yil 

 

 

 



 

 

Qabul rejasiga ko‘ra bu yil o‘zbek filologiyasi 

fakultetiga 80,  o‘zbek tili va adabiyotini  o‘qitish 

fakultetiga 120, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetiga 100 

talaba qabul qilinadi.  

– Sayxun qishloq xo‘jalik  kasb-hunar  kollejini 

tugallab, Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash 

fakultetiga  hujjatlarimni  topshirdim,  –  deydi 

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan kelgan 

Botir Tog‘ayev. – Zamonaviy imkoniyatlar va maktabda 

hamda kollejda olgan bilimlarim test  sinovlaridan 

muvaffaqiyatli  o‘tishimda  qo‘l  kelishiga 

ishonaman. 

Toshkent 

tibbiyot 

akademiyasida 

tibbiyotning olti yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, ellikka 

yaqin yo‘nalishda magistr mutaxassislar tayyorlanadi. 

Bu  yil  bir  qator  yangi  yo‘nalishlar  ochildi. 

Bakalavriatura  yo‘nalishida  tibbiy  biologiya, 

magistratura  sohasida  dietologiya  ixtisosligiga  asos 

solindi.  

– Tibbiy biologiya zamonaviy sog‘liqni saqlashning 

rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir, – deydi 

Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  prorektori  Shuhrat 

Boymurodov. – Bu soha mutaxassisi nafaqat vrach-

laborant, balki kasalliklarga hujayra darajasida tashxis 

qo‘ya  oladigan,  dolzarb  muammolar  bo‘yicha 

fundamental  tadqiqotlar  o‘tkazish  salohiyatiga  ega 

malakali mutaxassis bo‘lib yetishadi. Bunday kadrlar 

kelgusida  tibbiy  diagnostika  sohasidagi  natijalarni 

yanada yuksaltirishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qabul 

komissiyasi  ham  yoshlar  bilan  gavjum.  Qabul 

komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, bu yil institutga 

bakalavr ta’limining o‘n to‘rt yo‘nalishi bo‘yicha 895 

talaba qabul qilinadi. Temir yo‘l sohasi mamlakatimiz 

iqtisodiyotining  yetakchi  tarmoqlaridan  biridir. 

Mustaqillik  yillarida  tizimda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  tufayli  temir  yo‘l  infratuzilmasi 

takomillashmoqda.  Zamonaviy  texnika  va 

texnologiyalar amaliyotga keng joriy etilmoqda. Ana 

shunday zamonaviy tizimda ishlash yoshlarimiz uchun 

ezgu   maqsadga   aylanmoqda.   Buni   institutga   hujjat  

topshirayotgan  abituriyentlar  soni  yildan-yilga 

ko‘payayotgani  yaqqol  isbotlaydi. 

–  Transport 

logistikasi, yer usti transport tizimlari va ularning 

ekspluatatsiyasi  kabi  yo‘nalishlarga  hujjat 

topshiruvchilar ko‘paymoqda, – deydi Toshkent temir 

yo‘l muhandislari instituti prorektori Dilshod Barotov. – 

Bu  sohalarni  bitirgan  yoshlar  kelgusida  yangi 

zamonaviy,  tezyurar  poyezdlarda  konstruktor,  turli 

sohalar mutaxassisi bo‘lib yetishadi.  

Abiturientlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni joriy 

yilning 20-iyuliga qadar davom etadi. 

**** 

Joriy yilning 20-iyunidan Toshkent davlat agrar 



universitetiga  2016-2017  o’quv  yili  uchun 

abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi. 

Toshkent  davlat  agrar  universitetida  Qabul 

komissiyasi 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Hujjatlarni 

qabul  qilish  20-iyulgacha  davom  etadi.Abituriyent 

universitet qabul  komissiyasiga quyidagi  hujjatlarni 

taqdim etadi: 

 

ta’lim  yo‘nalishi,  o‘qitish  tili  va  shakli 



ko‘rsatilgan holdagi ariza; 

 

o‘rta  yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi 



hujjatning asl nusxasi; 

 

086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; 



 

fuqarolik pasporti nusxasi; 

 

3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat; 



 

papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona. 

Bundan tashqari,  abiturient qabul  komissiyasiga 

pasportning asl nusxasi va harbiy xizmatga aloqadorligi 

haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi. 

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va 

musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini 

beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi. 

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism 

tavsiyanomasiga  ega  bo‘lgan  abiturientlar  tegishli 

tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 

20-iyulgacha taqdim etishlari shart. Aks holda, undan 

keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi. 

Oz muhbirimiz 

 

AHOLI SALOMATLIGI DOIMIY E’TIBORDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan patronaj oyligi tadbirlari Toshkent 

viloyatida ham yuksak saviyada tashkil etilmoqda. 

Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, davolash 

muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotir. 

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 1-avgustdagi “2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada 

mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi 

to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda homilador va 

fertil yoshidagi ayollar, bolalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olinib, ularga moddiy va 

ma’naviy ko‘mak berilmoqda. 

 

6 (756) 

IYUN 2016 yil 

JARAYON 


 

 

 

 

 

12-14 IYUL KUNLARI “O‘ZBEKISTON MEVA-SABZAVOTLARINING USTUNLIGI” MAVZUSIDA HALQARO 



ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILADI 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyunda qabul qilingan “halqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil 



etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2539-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy 

2016 yilning 12-14 iyul kunlari “O‘ZEKSPOMARKAZ” ko‘rgazma zalida “I Halqaro meva-sabzavot yarmarkasi” tashkil 

etiladi.  Ushbu  yarmarka  doirasida “O‘zbekiston meva-sabzavotlarining ustunligi” mavzusida  halqaro  ilmiy-amaliy 

konferensiya o‘tkaziladi. 



Konferensiya ishi quyidagi sho’balarda olib boriladi: 

1. O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan meva, uzum va sabzavot-poliz mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy resurs 

tejamkor texnologiyalari hamda uni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari. 

2. Meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalarini takomillashtirish. 

3. O‘zbekistonda meva-sabzavot, poliz ekinlari hamda uzumni kasallik va zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya 

qilish istiqbollari. 

4. Meva, uzum, sabzavot va poliz ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi, o‘simliklar genofondidan foydalanish masalalari. 

5. Meva, sabzavot, poliz va uzum yetishtirishda suvtejamkor texnologiyalarini takomillashtirish. 



Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz 

Ilmiy amaliy konfrensiya materillariga qo‘yiladigan talablar: materiallar 3-4 bet hajmda, 1 intervalda, A4 formatli 

qog‘ozda, hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman 14 

o‘lchamli shriftida tayyorlanishi va hamma betlar to‘la bo‘lishi lozim. Ma’ruza materiallarining yuqori qismida mavzu bosh 

harflarda yoziladi, bir intervaldan keyin muallif(lar)ning familiyasi-ismi-sharifi (ismi-sharifi qisqartirilgan holda), ish joyi 

kichik harflarda to‘liq ko‘rsatiladi va yana bir intervaldan so‘ng abzats qo‘yilib, sarlavha – annotatsiya (rezyume) yoziladi. Bir 

intervaldan keyin maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 so‘z hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya rus va ingliz 

tillarda beriladi). Interval qoldirilib kalit so‘zlar beriladi (6-10 so‘z). Kalit so‘zlardan keyin asosiy tekst beriladi. Asosiy tekst 

quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: kirish (

), tadqiqot ob’ektlari va uslublari (

), 


natijalar va ularning tahlili (

), xulosalar (

), foydalanilgan adabiyotlar (

). Har bir 

qism nomi tekstdan bir interval ajratiladi va qalin (

) shriftda yoziladi. 



Boshqa talablar 

Materiallar qog‘oz va elektron variantda ekspert xulosasi bilan birga (e-mail: tdau2017@mail.ru elektron  manzili 

bo‘yicha) belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda 2016 yilning 5 iyuligacha tashkiliy  qo‘mitaga  taqdim 

etiladi. Elektron variantda bitta faylda faqat bitta material bo‘lishi kerak. Elektron variantdagi faylning nomi bosh muallifning 

familiyasi va sho‘ba raqamidan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: Akromov U.-2 sho‘‘ba.rtf 

Fayl.RTF formatida saqlanishi lozim. 

Qog‘oz va elektron variantdagi matnlar bir xil bo‘lishi shart. 

Bosma shakldagi maqola betlari qalam bilan ko‘rsatiladi, elektron variantda esa betlar nomeri qo‘yilmaydi



Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: 100140 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2, TDAU bosh 

binosi, 3-qavat, 309-xona, Ilmiy bo‘lim (Fayziev Oybek); Telefonlar:  260-50-56, (90)941-32-59. e-mail: tdau2017@mail.ru. 



          

Mas’ullar: 

O‘zQXIICHM – M.Amanova, M.Murtalibov  260-51-90, 260-51-99, 

TDAU – M.Adilov  260-50-59, 260-50-56,(93)556-50-65, S.Dusmuratova  (97) 440-02-67, S.YUnusov  (90)127-17-09 

TIMI-T.Sultonov  (90)370-95-39 

SPEvaKITI - M.Xoldorov 225-86-03, (93)540-90-02, 

Akad.M.Mirzaev nomli BUVITI – U.Akromov 220-26-48 (94)608-59-91 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

6 (756) 



IYUN 2016 yil 

 

 

Gazeta Toshkent viloyati 

Matbuot va axborot 

boshqarmasi tomonidan  

19.10.2010 y.  

03-068 raqam  

bilan ro’yxatga olingan 

 

Muharrir: 



D.I.ALIMKULOV. 

Tahrir hay’ati: 

A.A.ABDUVOSIQOV, 

M.M.ADILOV, F.ASHUROVA, 

D.XOLIQOVA, SH.DURXODJAYEV. 

 

Bosishga  



topshirilgan vaqt 

28 iyun 2016 yil. 

 

ISSN raqami 2181-7782 

E’LONLAR 

 

«AGRONOM» 

MUASSIS: 

Toshkent 

Davlat 

agrar 

universiteti 

 

agronom_gazetasi@umail.uz 

Tahririyat manzili: Toshkent vil. 

Qibray t. Universitet ko’chasi, 2 uy 

Gazeta TDAU Tahririyat-nashriyot bo’limida 500 

nusxada chop etildi. 

 

 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling