I. A. Karimovning asarlarida o‘z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan xolda, o‘zbek davlatchiligi tarixini xolisona, xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi


Download 444.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi444.48 Kb.
#1444194
Bog'liq
Davlat tiplari-WPS Office



Davlat tiplari va shakllari
Reja
1.Davlat qanday tiplarga bo‘linadi
2. Davlat shakllari va uning vazifasi
3. O‘zbek davlatchiligi bosqichlari
O‘zbek xalqi davlatchiligi, dastlabki siyosiy tizimlar o‘troq, sun’iy sug‘orma
dexqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi zaminida bronza asridayoq Amudaryo
va Sirdaryo xavzalarida vujudga kela boshlagan. Uning tadrijiy davomida
miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida yirik davlat uyushmalari sifatida
rivoj topgan:
-O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lib,
umumjaxon tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda, turli nomlar bilan
atalishi, sulolalarning almashinuvi va o‘zgarishlari uning butunligini va
moxiyatini o‘zgartirmaydi:
-O‘zbek xalqi O‘zbekistonning maxalliy tub axolisi bo‘lib, ularning tarixi eng
qadimgi davrlarga borib taqaladi:
-O‘zbekiston xududida yashagan xalqlar jaxon sivilizatsiyasiga ulkan xissa
qo‘shib kelganlar:
-Yuqorida keltirilgan jarayonlarning taxlili o‘zbek davlatchiligi tarixining
predmetini tashkil etadi.
O‘zbekistonda demokratik xuquqiy davlat qurish jarayonida o‘tmishning
tarixiy tajribasi, o‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari beqiyos
axamiyat kasb etishi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning asarlarida o‘z aksini topgan. SHundan kelib chiqqan xolda,
o‘zbek davlatchiligi tarixini xolisona, xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi
belgilangan. Vazifasi esa quydagilardan iborat:


- O‘zbekistonda ilk shaxar madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi
davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o‘troq axolining madaniyati xal
etuvchi omil bo‘lganligini ko‘rsatib berish.
- Miloddan avvalgi IX-VIII xamda VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz
taraqqiyoti jarayonlarini chuqur va izchil tadqiq qilish va boshqalar.Mavjud
ma’lumotlarga asosan, o‘zbek xalqi tarixida davlatchilik tizimiga o‘tish
bosqichi, O‘zbekiston xududlarida ilk davlatlarning shakillanish va
rivojlanish jarayoni bosqichlari quydagi davralar bilan belgilanadi:
1.Bronza davri. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi va o‘rtalari.
Unchalik katta bo‘lmagan dexqonchilik voxalari asosida ilk davlachilik
tizimiga o‘tish davri.
2. Bronza davridan temir asriga o‘tish davri. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlar.
Mayda
davlat
tashkilotlarining
rivojlanishi
va
yirik
xarbiy-siyosiy
uyushmalarining vujudga kelishi.
3.Ilk temir davri. Miloddan avvlgi VII-VI asrlar. qadimgi Xorazm va qadimgi
Baqtriya kabi yirik davlat uyushmalarining shakillanishi.
Davlat ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, sinflarning paydo bo‘lishi bilan
xukmpron sinfning quroli sifatida unga qarshi kurashish uchun maydonga
chiqdi. Davlatning iqtisodiy soxadagi moxiyati ishlab chiqarish vositalariga
egalikni bildirsa, siyosiy xukmronlik butun axolining davlat apparati va
muayyan qonunlar yordamida xukmron sinf uchun barchani bo‘ysunishga
majburiyatidan iboratdir.
Davlatning belgilari:
1. Axolining xududiy belgilari bo‘yicha bo‘linishi.
2. Ommaviy xokimiyatning paydo bo‘lishi.
3. Soliqlarning mavjudligi.
4. xuquqning mavjudligi.


5. Siyosiy xokimiyatning mavjudligi.
Davlat tiplari: Davlat va xuquq nazariyasida davlatni tiplarga ajratishda
yagona yondoshuv yo‘q. Tiplar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi:
- quldorlik jamiyati;
- erga egalik munosabatlariga asoslangan (feodal) jamiyat;
- kapitalistik jamiyat;
- xozirgi davlatchilik jamiyati.
Shakllari: boshqaruv xususiyatiga ko‘ra davlat ikki shaklda bo‘ladi –
monarxiya va respublika.
1.Monarxiya – oliy davlat xokimiyatining monarx tomonidan idora qilinishi.
2. Respublika – davlatdagi oliy xokimiyat muayyan muddatga saylanadigan
organlar orqali ifodalanadi.
3. Oddiy yoki unitar – davlat suverenitetini amalga oshiruvchi yagona davlat
xokimiyati mavjud bo‘ladi.
4. Murakkab davlat – mustaqillikdan foydalanuvchi aloxida davlat
tuzilmalaridan iborat bo‘lgan davlat (imperiya, federatsiya kabilar)
5.Imperiya – zo‘rlik yoki kuch ishlatish yo‘li bilan tashkil etilgan murakkab
davlat.
6.Federatsiya – ixtiyoriylik asosidagi bir necha davlatlar tuzilmasidan iborat
davlat.
7. Konfederatsiya – davlatlar ittifoqi.
8. Davlatlar xamdo‘stligi.
Funksiyalari: davlatning funksiyasi uning vazifalari va maqsadlari bilan
mustaxkam bog‘liqdir. SHundan kelib chiqqan xolda davlat funksiyalari


1.Ichki funksiyalarga
2.Tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir.
Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyunp
oyining oxirlarida bir guruh etakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan
uchrashganda
bu
masalaga
alohida
aham
iyat
berdi.
O’zbek
davlatchiligining paydo bo’lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret
kO’rsatilmaganligini ta`kidlab o’tdi.Bu muammoning kun tartibida turish
sabablari Shundan iboratki, keyingi vaqtda O’zbek davlatchiligi tarixini
Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan kO’chmanchi xalqlar
davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Baozilar buni zO’r istiHola
bilan niqoblab aytsalar, baozilar jar solib, shu kO’chmanchilik davlatlari
bilan farxlanishga chaqirdilar.
Islom Karimov suHbatida “Ko’chmanchilar kelgunga qadar bu erda
davlatchiligimizga asos bo’lgan mahal liy davlatlar bormidi O’zi?”, deb savol
berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala.
Bu Haqda Prezidentimiz Islom Karimov Shunday deydilar: Davlatchilik
bugungi kunda O’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda,
O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot
yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa,
Halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar Hali bor.
Bunday alamislar orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga
qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi
kundagi asosiy vazifasi mana shu daovoning puch ekanligini isbotlash,
davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”.
Tarixchilarimiz oldiga Prezidentimiz Havola qilgan bu muammo jiddiydir: u
hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. Ammo shunga qaramay, mavjud ilmiy
fikrlarning oqini-oqiga, qorasini-qorasiga ajratib, yagona ilmiy tO’xtamga
kelsa bo’ladi. Shuning uchun ham I.Karimov: “Eng mO’tabar, qadimgi
qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob


bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oraliida, mana shu zaminda
umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy,
tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim O’lkada buyuk
maonaviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoh lik beruvchi tarixiy
xujjatdirki, uni Hech kim inkor etolmaydi”, deganida tO’la Haqli edi. Xo'sh,
O’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni
bosib o’tdi?”, degan savollarga javob berish mumkinmi? Asosan mumkin.
Buni Prezidentimizning yuqoridagi sO’zi ham ko’rsatib turibdi. O’zbek
davlatchiligi tarixiga tO’xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi
masalasida biroz sO’z yuritishga tO’ri keladi. Davlatchilik deganda
davlatning paydo bo’lishi, yaoni davlat bo’lib uyushishi, uning tuzumi va
tizimini tushunamiz. Davlat, aslida jamiyatni tashkil etishning siyosiy
shaklidir. Davlat - bu Hokimiyatning fuqarolar bilan bo’lgan aloqalar va
munosabatlar majmuasidir. Davlatning paydo bo’lishi, uning tuzumi va bu
davlatning boshqarish tizimi mamlakat va xalqlarning ijtimoiy taraqqiyotida
muhim O’rin tutadi. Bu soHada qonunchilikning roli buyukligini alohida
kO’rsatish kerak. O’zbek xalqining qonunchilik anoanalari juda qadimiydir.
Qonunchilik bizning Vatanimizda miloddan avvalgi yillardayoq shakllangan
va
O’rta
asrlarda
takomillashgan.
Haqiqatda
esa
mustaqillikka
erishganimizdan keyingina qonunchilik O’z mavqeiga ega bo’ldi.
Prezidentimiz ola surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi
tamoyili
ekanligi
ham
buning
isbotidir.
Chunki,
qonunchilikka
asoslanmagan davlat tuzumi mamlakat taraqqiyotining samaradorligini
taominlay olmaydi. Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu
poydevorlarsiz O’z vazifasini ado etolmaydi. Bular Hokimiyat va ijroiya
organlari, sud, politsiya, moliya va soliq tizimi, armiya, Konstitutsiya va
boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari bor. Bu vazifalar
davlatning ichki va tashqi siyosatini yurgizish orqali amalga oshiriladi. Ichki
siyosat, asosan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini
taominlashga qaratilgan bo’lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini
mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, Harbiy va madaniy
aloqalarini boshqarishga, diplomatik munosabatlarini mustahkamlashga
qaratilgan bo’ladi. Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda


boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o’zbek
olimi Yahyo G’ulomov va rus akademigi S.P.Tolstovlarning ilmiy
xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto”
muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, Prezidentimiz
suHbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda
boshlangan deb javob berish mumkin bo’ladi. Akademik A.Asqarovning
ilmiy fikriga ko’ra, Parkana (Farg’ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil
ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim O’rin
egallagan
SO’diyona
davlati
vujudga
keldi.
Ilgari
aytganimizday,
kO’chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o’rnini
inkor etib bo’lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida
“tubjoy” davlatlarning o’rni va roli beqiyos buyukdir. Davlatchiligimiz tarixini
asosan, besh bosqichga bo’lib O’rganamiz. Birinchi bosqich sO’nggi bronza
davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron AHmoniylari
istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr O’rtalari). Tarixchi olim
A.Saodullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti,
1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni taHlil qilish shuni kO’rsatdiki, mil.avv. I ming
yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida
ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. SO’nggi bronza davrida
meHnatning
dastlabki
yirik
taqsimoti
rO’y
beradi.
CHorvachilik
dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy Hayotdagi siljishlar tufayli
ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot maolum shaxslar qo’lida
tO’plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shahar larga aylanib borar ekan, bu
shahar lar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining maomuriy
markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy
Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma maolumotlar juda kam.
Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda
birmuncha ishonchli bo’ladi. Maolumki Har bir davlatning bosh yacheykasi
oiladir. “Avesto” maolumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo
jamiyati alohida oilalardan tashkil topganini ko’ramiz. Erga uru jamoasi,
egalik qilgan, bir nechta urular qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar
birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”)
boshqargan. Qabila boshliqlari maolum vaqtda tO’planib kengashib


turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, Harbiylar, dehqonlar,
chorvadorlar va Hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xO’jaliklar
chorvachilik va dehqonchilikka alohida eotibor berganlar.
Akademik A.Asqarovning yozishicha, Yunon mualliflarining xabariga ko’ra,
bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki
davlat bo’lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lib, ular
Harbiy demokratik printsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma
manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa maolumotlar uchraydi.
“Avesto” maolumotlari asosida mashHur xorazmshunos olim S.P.Tolstov,
Ovrupo olimlaridan V.Xenning ham da I.Gershovichlar “Katta Xorazm”
davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik maolumotlarni
solishtirib O’z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov “Avesto”da
Zaratushtraning vatani Aroyanam Vaychax-qadimgi Xorazm bo’lgan deydi.
“Avesto”ga ko’ra, Zaratushtraning Vatani Aroayanom Vaychax Daitiya
daryosining soHilida joylashgan. S.P.Tolstov va qator boshqa olimlar
Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida
joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra O’z ta`limotini shu zamindan chiqib
boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.P.Tolstov.
“Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab O’tiladi. Bunga ko’ra,
O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga
qanoat Hosil qilish mumkin. Shunday qilib, O’rta Osiyoni ahamoniylar
saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda
sodir bo’lgan edi) bu ona zaminda Harbiy-demokratiya printsiplari asosida
tarkib topgan ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular haqida “Avesto” va Yunon
mualliflari juda qisqa bo’lsa-da, tegishli maolumotlar qoldirganlar. Bu
davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning
hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy ham da madaniy
aloqalar haqida, ular O’tgan davr haqida Hali olimlar orasida Ko’p ilmiy
munozaralar bo’ladi, ular haqida Ko’plab maxsus ilmiy tadqiqotlar
O’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar chop etiladi. Eron ahamoniylari
bosqinlari (milodda avvalgi VI-IV asrlar) va makedoniyalik Iskandar istilolari
(miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining uzoq va shonli


kurashlariga, daxshatli qO’zolonlariga (Spitamen) qaramay, mahal liy
davlatchiligimiz barham topdi. Markaziy Osiyo (miloddan avvalgi 522-521
yillar)da bo’lib O’tgan xalq qO’zolonlari Doro I ni qattiq ichki siyosat olib
borishga majbur o’tdi. U Hatto saroy aristokratiyasi Huquqlarini ham
cheklab, mamlakatda Hokimiyat tartiblarini O’rnatdi. Gerodotning Habar
berishiga qaraganda, Doro I O’z imperiyasini alohida viloyatlarga-
satrapliklarga bo’lib idora qilgan. Har bir satraplik Har yili davlat xazinasiga
maolum miqdorda soliq tO’lashga majbur edi. Makedoniyalik Iskandar
vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida
Sharq erlari lashkarboshi Salavkga o’tdi. U miloddan avvalgi 293 yil Sharqni
idora qilish ishini O’zining Spitamen qizi Apamadan bo’lgan o’g’li Antiox I ga
topshirdi
IX-XII asrlarda O‘zbekiston xududida turli boshqaruv usullari va ma’muriy
tizimiga ega bo‘lgan turli sulolalar boshqargan bir qancha davlatlar xukm
surdi. Xalifalikka qarshi kuchayib borayotgan qo‘zg‘olonlar xalifalarning
maxalliy zodagonlarga bog‘liqligini kuchaytirib yubordi va viloyatlarni
boshqarishda maxalliy zodagonlarning roli ortti. SHu jarayon oqibatid
Xurosonda toxiriylar xonadoni xukmron mavqeni egallay boshladi. Sijiston
(Seiston) xokimi Abulmuxammad Talxa ibn Abullox qo‘lida xizmat qilgan
Rozik shu xonadon boshlig‘i bo‘lib, uning Musxab, Xusayn va toxir ismli
o‘g‘illari bo‘lgan. Ular birgalikda Xirot viloyatidagi Bo‘shanj shaxrini
boshqarganlar. Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Amin
xalifa bo‘ldi. Bu vaqtda Xurosonda noiblik qilayotgan Abdullox (keyinchalik
Maxmun laqabini olgan) toxir qo‘shinlari yordamida taxtni akasidan tortib
oladi. Garchi, xalifa Maxmunga o‘z xizmatlari evaziga Somonxudot
nabiralari Movarounnaxr viloyatlarini (Nux-Samarqand, Axmad_farg‘ona:,
YAxyo-CHoch, Istaravshan, Ilyos-Xirot) boshqarish xuququini qyolga
kiritgan bo‘lsalarda, Toxiriylar davlatiga qaram edilar. IX asr o‘rtalarida quyi
tabaqadan bo‘lgan Safforiylar mavqei kuchaydi. YAxqub ibn Lays va uning
Amr, Toxir, Ali ismli ukalari bilan birgalikda 861 yil Sijistonni, 867 yil Xirot va
Bushanjni, 869 yil Kirmon va Forsni qo‘lga kiritdilar. Xurosonda eng yuqori
mavqega erishgan safforiylarga xalifa Muxtamid (870-892) YAqubni Balx va


toxariston xokimi etib tayinlash to‘g‘risida erlik jo‘natdi. 873 bil YAxqub
toxririylar xukumdori Muxammad ibn toxir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga
uchratib, toxiriylar davlatiga barxam berdi. Toxiriylar sulolasi vakillari
quydagilardan iborat: toxir ibn Xusayn 821-822.
Talxa ibn Toxir 822-828.
Abdullox ibn Toxir 830-844.
Toxir II ibn Abdullox 844-862.
Muxammad ibn Toxir 862-873.
Toxiriylar davlatida jamiyat bir qancha ijtimoiy toifa va qatlamlarga ajralgan
edi. Ular mulk, martabasi va mansablariga ko‘rabir-birlaridan farqlanganlar.
Raiyat orasida kashovarz, kishtukorkunanda. CHorakor, barzikor singari
ijtimoiy qatlamlar bo‘lgan. Yirik va mayda er egalari dexqon deb yuritilgan.
Ijaraga berilgan erlar muzoraxa deb atalgan. Davlat tomonidan makka
safariga-xajga borayotganlarga aloxida g‘amxo‘rlik qilganlar. Bunday
kishilar rabox yoki ibni sabil deb atalgan. Ilgari yirik zadogonlar xisoblangan
va bu vaqtda kelib kambag‘allashib qolgan kishilar «axli buyutot» deb
yuritilgan. Xalifaning buyruq va farmonlarini bajaruvchilar, unga tobe
xukmdorlar soxibi xaros deb atalgan. Toxiriylar davlati boshqaruvida
xuquqiy
munosabatlar
asosan
islom
dini
qonun-qoidalari
va
ko‘rsatmalariga tayangan xolda olib borilgan. Davlatni xuquqiy jixatdan
mustaxkamlashga ko‘p xarakat qilgan xukmdor Abdullox edi. U barcha
soxa va jarayonlarni o‘zining maxsus odamlari orqali nazorat qilar va xar
qanday qonun buzilishlari uchun javobgar amaldor va mansabdorlarni
shafqatsiz jazolardi. Uning buyrug‘iga ko‘ra qonunshunoslar suvdan
foydalanish, sun’iy sug‘orishdagi turli baxslarni xal etish, sug‘orish tizimi
xaqida «kitob al kuniy» qonunlar to‘plami xam yaratilgan va bu narsa
toxiriylarda xuquqiy munosabatlar va qonunlarning amal qilinishiga katta
e’tibor brilganligini ko‘rsatadi.
Somoniylar davlatining asoschisi Somon qishlog‘i oqsoqoli (Balx yoki
Termiz yaqinida) Somonxudot avlodlari asos solgan. Xalifa Ma’mun


ularning xizmatlari evaziga movarounnaxrning viloyatlari xokimligini
topshirgan edi. 839-840 yy Nux ibn Asad Isfijobni bosib oldi. So‘g‘dning bir
qismi va Farg‘ona xokimligini qo‘lga kiritdi. Somoniylar davlatining yuzaga
kelishida Axmad xam katta xizmat qildi, uning Nasr, YAxqub, Asad, Ismoil,
Isxoq va Xomid kabi o‘g‘illari bor edi. 842 yil Nux ibn Asad vafot etgach,
Samarqand uning ukalari Axmad va YAxyo xukmi ostiga o‘tdi, keyinchalik
xokimlikni Nasr (865-892) davom ettirdi. 856 yil YAxyo ibn Asad vafotidan
so‘ng, CHoch va Istaravshan xokimligi Axmadning ikkinchi o‘g‘li YAxqub
qo‘liga o‘tdi. Keyinchalik bunday tashabbus Ismoil ibn Axmad qo‘liga o‘tdi
va 874 y Buxoro xokimi bo‘ldi. Movarounnaxrni birlashtirish tarafdori
bo‘lgan Nasr ibn Axmad bir qancha xududlarni o‘z xokimligiga qo‘shib oldi
va natijada 875 yil xalifa Muxtamiddan Movarounnaxrni boshqarish uchun
erlik olishga erishdi. Ismoil esa akasiga buysunishni istamadi va 888 y u
bilan to‘qnashdi va faqatgina Nasr vafotidan so‘ng (892) Movarounnaxrning
yagona xukmdori bo‘lib qoldi. Uning kuchayishidan xavfsiragan xalifa 898
yil Movarounnaxr xokimligidan Ismoilni tushirib, o‘rniga safforiylardan Amr
ibn Lays tayinlangani xaqida erlik yubordi va bu ikki o‘rtada urush kelib
chiqishiga olib keldi. 899 va 900 yy to‘qnashuvlarda Ismoil g‘alabaga erishib,
Xurosonni xam o‘ziga qo‘shib oldi va shu tariqa yirik davlatga aylangan
Somoniylar davlati X asr oxirigacha xukm surdi. Somoniylar xalifalikdagiga
o‘xshash boshqaruv tizisini o‘rnatdilar. Davlat boshlig‘i amir bo‘lgan.
Amirlikning ma’muriy tizimi quydagicha bo‘lgan: - dargox (amir saroyi va
devon) (davlat idorasi). Saroydagi eng yuqori mansab xojib ul buzurg va
soxibi xaros edi. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan
o‘nta devon ixtiyorida bo‘lgan. Bular quydagilar edi:
- Devoni vazir yoki xojayi kalon.
- Devoni mustavfiy (moliyaviy ishlar)
- Devoni amid. (devoni rasoyil, devoni insho) (Elchilik ishlari)
- Devoni soxibshurot (Sipoxiylar va shox saroyini moddiy ta’minoti)
- Devoni soxibbarid (Davlat elchilari va xokimlar ustidan maxfiy naz)


- Devoni muxtasib (Tosh-tarozu, shariat ishlari nazoratchisi)
- Devoni mushrif (Xazina kirim-chiqimi va boshqa davlat ishlari)
- Devoni kozi
- Devoni ziyo
- Devoni mamlakai xos (davlat mulklari boshqaruvchisi)
Barcha devonlarning viloyat. SHaxar va tumanlarda bo‘limlari bo‘lib,
xokimlarga bo‘ysungan faqatgina Devoni barid markaziy davlatga
bo‘ysungan. SHaxarlar maxsus tomonidan boshqarilgan. Amaldorlar
o‘rtasida ruxoniylar, ayniqsa, shayxulislom mavqei bilan bo‘lgan. Davlat
qo‘shinlari muntazam va yollanma qo‘shinlardan iborat bo‘lib, yollanma
qo‘shinlar maxalliy xokimlar ixtiyorida bo‘lgan. Somoniylar davlati sud
ishlari va xuquqiy munosabatlarni amalga oshirish shariatga asoslangan
edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan va uni qozikalon,
mufti, raislar amalga oshirganlar. Og‘ir jazoga loyiq jinoyatchilarni amir va
qozikalon sud qilganlar, o‘lim jazosi aksariyat xollarda Registon maydonida
amalga oshirilgan. Somoniylar davrida yirik er egalar-dexqonlarning mavqei
ortdi va ular xatto viloyatlar xokimlari darajasigacha xam ko‘tarila boshladi.
Ziroatchi kadevarlar, ijarachi barzikorlar, qullar qishloq xo‘jaligi bilan
mashg‘ul bo‘lsa, xunarmandlar va savdogarlar xam ijtimoiy xayotda faol
ishtirok etardi. Somoniylarda er egaligi quydagicha shaklda edi: Mulki
sultoniy, xususiy mulk, vaqf mulklari, jamoa mulki. Somoniylar davrida erlar
qaytadan taqsimlandi va oqibatda yangi er egaligi shakli paydo bo‘ldi. Er
egalarining bu yangi gurux asosan sipoxiylardan chiqqanlar edi. Voxadagi
erlarning asosiy qismi Zarafshondan bosh olgan kanallar orqali sug‘orilgan.
(SHoxrud, Karmina, SHopurkom, Xarkanrud, Gav, Xitraf, Samjon)
qorakuldaryo), Paykand, Daymun, Arvon, Navkand Romiton, Varaxsha,
Xama, Xaramkom va boshqalar). Qoraxoniylar davlatiga X asr o‘rtalarida
Sotuk Bugroxon (915-955) tomonidan asos solindi. qoraxoniylar davlati
Ettisuv xududlarida qorluk davlati (756-940) o‘rinda tashkil topdi va 942 bil
Sotuk Bugrxon Bolasogunni bosib olgach, yozini xoqon deb e’lon qildi.


qoraxoniylar davlatiga yag‘mo va chigil qabilalar xam birlashdilar. Sotuk
vaqtidayoq davlat ikki qismga bo‘linib ketgan bo‘lib, birining poytaxti
Bolasogun, ikkinchisining markazi dastlab Taroz, keyinchalik Koshgar
bo‘lgan va ularni xoqonlar yoshlariga asosan boshqarganlar. qoraxoniylar
davlati kuchayib bordi va ayni vaqtda inqirozga uchray boshlagan
somoniylarga qarshi xarbiy yurishlar uyushitirib, 996 yilda uni mag‘lubiyatga
uchratdi. 1001 yilda Sulton Maxmud /aznaviy qoraxoniylar xoni Nasr bilan
shartnoma tuzib, Amudaryoni qoraxoniylar va /aznaviylar o‘rtasidagi
chegara etib belgiladi. SHu tariqa qoraxoniylar davlati xududlari
qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismini,
Ettisuv, SHosh, Farg‘ona kabi viloyatlar bilan chegaralandi.
XI asr o‘rtalarida tamgachxon unvonini olgan qoraxoniy Ibroxim ibn Nasr
g‘arbiy qoraxoniylar davlati poytaxtini O‘zgandan Samarqandga ko‘chirdi.
1068 yildan boshlab Ibroxim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun
kurashlar boshlanib ketdi va unda SHamsulmulk Abulxasan Nasr ibn
Ibroxim (1068-1080) g‘alabaga erishdi. 1080 yilda SHamsulmulk vafot
etgach, xokimyat uchun kurash avj oldi va bundan foydalangan saljuqiy
Malikshox 1089 yilda Movarounnaxrga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqand
bosib olingach, xon Axmad asir olindi. Malikshox Axmad bilan sulx tuzib,
uni taxtida qoldirdi, biroq Axmadning saljuqiylarga itoatkorligi uchun 1095
yilda o‘ldirishdi. 1102 yilda qoraxoniylar taxtiga Arslonxon o‘tirdi (1102-
1130) va saljuqiylardan yarim mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Arslonxon
nisbatan norozilik oshgach, u xokimyatni o‘g‘li Nasrga topshirdi, biroq Nasr
fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni
yordamga chaqirdi va bu imkoniyatdan foydalangan Sanjar 1130 yilda
Samarqandni bosib oldi. XII asr boshlarida Bolasogunni egallagan
qoraxitoylar Movarounnaxr ichki xududlariga xujum qilib kelib, 1138 yilda
Xo‘jandni, 1141 yilda Katvon cho‘lida Sulton Sanjar va Samarqand xukmdori
Maxmudning qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, Samarqand va Buxoroni
egalladilar. So‘nggi qoraxoniylar qoraxitoylardan ozod bo‘lgan bo‘lsada,
1212 yilda ularning oxirgi xukmdori Usmon Muxammad Xorazmshox
tomonidan o‘ldirildi va davlat Xorazmga qo‘shib olindi. qoraxoniylar


Movarounnaxrni egallagach, bu erda markazlashgan boshqaruv xokimyati
o‘rnini aloxida mulk boshqaruvi tizimi egalladi. Xar bir viloyat maxlum
siyosiy mavqega ega xolda elikxonlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi,
davlatning oliy xukmdori xoqon, xonlar xoni yoki tamgachxon deb yuritilgan.
Ettisuvdan turib Movarounnaxrni boshqarishning murakkabligi bu erdagi
Samarqand elikxoni mavqeini kuchaytirib yuborgan. qoraxoniylar saroyida
Somoniylarda bo‘lganidek bir qancha amaldorlar bo‘lsada, imom, sayid,
shayx, sadrlarning mavqei kuchli bo‘lgan. qoraxoniylar davlat boshlig‘i
lavozimi merosiy xisoblanib, ma’muriy idoralar ikkiga-dargox va devonga
bo‘lingan. Ulug‘ xojib lavozimidagi amaldor xoqon va fuqaro o‘rtasidagi
qushi (xarbiy lageri) xonto‘y deb atalgach, bu erda xar doim to‘qqizta bayroq
xilpirab turgan. Elchilar yalavoch yoki yalafar deb atalgan, davlat el va
viloyat xududlariga bo‘lingan. qoraxoniylarning davlat tepasiga kelishi
Movarounnaxr jamiyati xayotida xam o‘zgarishlar yasaldi. Aloxida mulklar
boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniylar davridagi tartiblarga muvofiq
kelar, ijtimoiy mansab va boshqalarda farq katta emasdi. Bu davrda
dexqonlar o‘zlarining ijtimoiy tuzumdagi xukmronlik mavqeini yo‘qotdi.
qoraxoniylar davriga kelib, jamiyatning ijtimoiy bo‘g‘inlari quydagicha
shakilga ega bo‘ldi. elikxon-xoqondan keyingi poonada turuvchi amaldor. U
xoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatning mulk soxibi xisoblangan:
- iqtidorlar-qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, martabalariga ko‘ra bir-
birlaridan farq qilganlar
- islom dinining peshvolari-
-imomlari, sayyidalar, shayxlar, sadrlar.
- Xokimlar, raislar, muxtasiblar va xokazo.
- Tariqchilar-ziroatchilarning turkcha nomi.
- Xunarmandlar
- Savdogarlar
- Ko‘chmanchilar-chorvadorlar.


Qoraxoniylar davrida oddiy xalq butun deb atalgan. Soliq to‘lovchi fuqaro
raiyat, qabila boshliqlar bek, savdogarlar sart deb atalgan. Xoqon, vaqf,
jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy er-mulklar xisoblangan.
qoraxoniylarda xuquqiy munosabatlar islom dini an’analariga asoslangan
xolda yuritilgan va islom dini peshvolarining mavqei davlatda birmuncha
yuqori bo‘lgan. SHuningdek, qoraxoniylar ko‘chmanchi turkiyqabilalarga xos
tartib-qoidalarga xam rioya etganlar manbalarda keltirilgan (Nizomulmulk,
Ibn al Asir va boshq). SHunga qaramay, qoraxoniylar raxbarlari islom dini va
shariatga amal qilish bilan o‘z davlatlarining xuquqiy asoslarini saqlay
olganlar, va unga qattiq rioya etganlar.
XIV asr o‘rtalariga kelib, chig‘atoy ulusidagi barqarorlik qozonxon vafotidan
so‘ng (1336-1347) barxam topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir
qozong‘on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. Amir qozog‘on fitna
natijasida o‘ldirilgach, CHig‘atoy ulusi beklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon
qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo‘jandda Boyazdi jaloyir, Balxda O‘ljoy
Bug‘o Suldus, SHibirgonda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda
Amir Kayxusrav va O‘ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr YAsovuriy,
Ko‘xistonda Amir Sotilmish xukmronlikni qo‘lga kiritdilar. 1348 bil taxtni
egallagan Tug‘luq Temur Movarounnaxrda o‘z mavqeini tiklash uchun ikki
marta (1360-1361) yurish qildi. SHu vaqtda Tug‘luq Temur xizmatiga kirgan
Amir Temur SHaxrisabz xokimi etib tayinlandi. 1362 yilda u Balx xokimi
Amir Xusayn ibn Musallab bilan yaqinlashib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq
tuzdilar. Biroq 1365 bil Ilyosxo‘jaga qarshi bo‘lgan «Loy jangi» dagi
mag‘lubiyat ularning ittifoqiga raxna soladi. Samarqandni ishg‘ol qilmoqchi
bo‘lgan Ilyosxo‘ja esa sarbadorlardan mag‘lubiyatga uchrab, chekinadi. Ikki
amir kelib, Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar boshliqlarining Amir Xusayn
tomonidan qatl etilishi o‘rtadagi ittifoqning barxam topishiga sabab bo‘ladi.
1370 yil Amir Temur qo‘shinlari Balxda Amir Xusaynni mag‘lubiyatga
uchratdi va shu erda amirlar qurultoyida Amir Temur Movarounnaxr
xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida CHingizxon
naslidan Suyurgatmish (1370-1388) va uning o‘g‘li Sulton Maxmud (1388-
1402) rasmiy ravishda taxtni boshqardilar. Amir Temur Movarounnaxrning


qonuniy xukmdori bo‘lib olgach, mamlakat xududlarini birlashtirishga
kirishdi. Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388)
yurish qildi. SHosh, termiz, Xisor, Badaxshon, qunduz xukmdorlari tobelik
bildirdilar. Mo‘g‘uliston ustiga to‘rt marta yurish qilib, sharqiy xududlar
daxlsizligini ta’minlaydi 1371, 1374, 1375, 1376, 1377). Uch bor Mang‘ishloq
xokimi To‘yxoja o‘g‘lon farzandi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish
qilib, (1389, 1391, 1394. 1395) Oltin O‘rdani mag‘lubiyatga uchratdi. Amir
Temur 1380 yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur,
Sabzavor jangsiz taslim bo‘ldi. SHundan so‘ng Amir Temurning Eronga
qarshi uch yillik (1386), besh yillik (1392), etti yillik (1399) amalga oshiriladi.
1398-1399 (sentyabr-mart) yillarda Xindiston yurishi, 1401 bil SHomga,
1402 yili Boyazidga qarshi yurishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Eng asosiy
yurishlardan biri Xitoyga qarshi mo‘ljallangan edi. Bu yurishga 1404 yil
kuzidan tayyorgarlik boshlandi, biroq Amir Temurning 1405 yil 18 fevralda
vafot etishi Xitoy safarining amalga oshmay qolishiga sabab bo‘ldi. Amir
Temurning davlat boshqaruv tizimi butun xududda yagona markazlashgan
siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra xarbiy-
siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan
davlatchilikning sakkizta asosiga amal qiladi:
- davlat siyosiy jixatdan mustaqil bo‘lishi.
- Davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi.
- Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida
boshqarilishi.
- Boshqaruv tizimi muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakillangan bo‘lishi.
- Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar axvoli davlat e’tiborida bo‘lishi.
- Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish.
- Xar bir davlat shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki
taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan
xolda olib borishi.


- Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur,
mustaxkam iyon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog‘i.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni, jamiyat
rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar, manfaatlarini ta’minlashini qo‘shdi.
Boshqaruv ikki idordan: dargox va vazirlik (devon) dan iborat bo‘lgan.
Dargoxni Oliy xukmdor boshqargan. Dargox faoliyatini boshqarish, uning
devonlar, maxalliy xokimyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlarini Oliy
devon yuritgan. Oliy devonda-ijroiya xokimyatida bosh vazir, xarbiy vazir,
mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarxadlar va tobex
mamlakatlar boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi uch vazir devonbegiga
xisobot berib turgan. Markaziy xokimyat tizimida shayxuislom, qozikalon,
qoziy axdos (odat bo‘yicha xkum chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri axzam
(vaqf erlari, mulklari musasaddisi), dodxox (shikoyatlarni qiruvchi),
eshikog‘a, saroy vaziri, yasovul va boshqalar bo‘lgan. O‘zbek xalqi
davlatchiligi tarixida Amir Temurning xizmati shundaki. U davlatchilikning
boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib qoidalar, xuquqiy
asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki
favqulodda voqealardan voqif turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya
mingan, ming nafar ot ming choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir
kunlik yo‘l oralig‘ida emxonalar tashkil etilgan. Xar bir emda 20-200
boshdan ot – ulov tutilgan. Amir Temur mamlaktatni boshqarishda o‘z
yaqinlariga suyangan. Davlat boshqaruv ishlarida Soxibqiron islom qonun-
qoidalariga asoslangan. Amir Temur xokimyat tepasiga kelgach, barcha
soxada
mo‘g‘ullardan
qolgan
vayronagarchilikni
tugatish
va
obodonlashtirishi, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash
ishlariga asosiy e’tibor qratdi. Davlat turli toifaga mansul mulk soxiblari
birlashtirildi. qattiq intizom o‘rganildi. Mamlakatda axvol yaxshilanib,
xunarmand axolining turmush darajasi yaxshilandi. Temur davlatidagi
ijtimoiy tuzum davlat tarkibiga kirgan xalqlarning turli tumanligi, ularning bir
-biri bilan aloqadorligi, inobati bilan bog‘liq edi.Amir Temur mamlakatni
boshqarishda axolining o‘n ikkita ijtimoiy guruxga bo‘lganligi manbalarida
qayd etilgan. Ular quydagi ijtimoiy toifalardir:


-sayyidlar, olimlar va shayxlar.
- katta tajribaga ega ilmli kishilar.
- Duo qiluvchi taqvodorlar.
- Lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlar.
- Askarlar va xalq ommasi.
- Dalat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslaxatgo‘y dono va
aqlli kishilar.
- Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.
- Tibbiyot axli, munajjim va muxandislar.
- Muxaddislar va muarrixlar.
- Tasavvuf vakillari va oriflar.
- Xunarmandlar va san’atkorlar.
- Ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar.
Bu ijtimoiy toifalar yoki qatlamlar Amir Temur davlatining ma’muriy-
boshqaruv tizimidagi tartiblar bilan aloqador xolda uning xarbiy siyosiy
xarakterda bo‘lganligini xam ko‘rsatib turibdi. XV asrda ziroatchilik bilan
shug‘ullanuvchi qishloq axli orasida bir qismi imtiyozlariga ega bo‘lgan va
ular soliqlarning oz miqdorini to‘lashgan. Axolining juda katta qismini
ijarachi-chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. qishloqlar jamoa yoki
qariya deb yuritilgan. Uning mulki butun jamoa axliga qarashli bo‘lgan.
Xunarmandchilik soxasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa erkin
xunarmandlar bo‘lgan. Ular shaxarda yashovchi savdogarlar bilan bir
qatorda madaniy markazning o‘rta xol vakillari sanalganlar. Temuriylar
davrida soliqning asosiy turi-xiroj bo‘lgan. Er solig‘i xosilning uch bir
qismigacha bo‘lgan. Bog‘lardan tanobona solig‘i olingan. SHuningdek, jon
solig‘i, ulog‘, begar xam mavjud edi. Erga egalikning keng tarqalgan


turixususiy er egaligi bo‘lgan suyurg‘ol edi. XV asrda ziroatchilar qanday er
mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to‘laganlar. Ular asosan to‘rt
turga
1. davlat rlarida ishlovchi ziroatkorlar.
2. Xususiy mulk erlarida ishlaydigan ziroatchilar.
3. O‘z erida ishlovchi ziroatchilar.
4. Vaqf erlarida ishlovchi ziroatchilarga bo‘lingan.
Xiroj asosan maxsulot yoki pul bilan olingan. Mag‘lub shaxar axolisidan sari
shumor (jizya) olingan. Mamlakat xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda
soliq - avorizot yig‘ib olingan. Do‘kondor xunarmandlardan tamg‘a solig‘i
olingan. Xalq ko‘plab xashar ishlari (begar)ga jalb etib turilgan. SHuningdek
mulkdorlar o‘z mulklarining qirqdan bir qismi miqdorida zakot to‘lab
turganlar. CHegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj
undirilgan, maxalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i, bog‘dorlar tanobona
to‘laganlar. Amir Temur davlatida xuquqiy munosabatlar boshqa SHarq
davlatlarida bo‘lgani kabi qur’oni Karim, xadislarda bayon etilgan tartib -
qoidalarga asoslangan edi. Amir Temurning xuquq va qonun unsurlari
«Temur tuzuklari»da o‘z aksini topgan. Bu asarda davlat yumushlari, xarbiy
soxa, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari xaqida so‘z yuritiladi.
Unda ta’kidlanishicha, dunyoviy jixatlarni xukmdorning o‘zi, ya’ni, Amir
Temur nazorat qilgan va kerakli jazoni sham o‘zi bergan. SHariat ishlari
bilan esa shariat qozisi shug‘ullangan. SHuningdek, davlat devonining turli
bo‘g‘inlarida xam turlicha qozilar faoliyat yuritgan, masalan, lashkar uchun
maxsus qozi, raiyat uchun aloxida qozi tayinlangan. Amir Temur davlatida
xuquq
tizimi
quydagicha
bo‘lgan:
SHayxulislom-mamlakatda
musulmonlarni nojo‘ya ishlardan saqlash va savob ishlarga undash
bo‘yicha masxul shaxs. Sadrlar-axli islomga boshchilik qilgan. Asosiy
vazifalari vaqflarni nazorat qilish bo‘lgan: shuningdek ular suyurg‘olni xam
belgilab turganlar. Mutavalliy-sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish va
nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. qozi-xar bir shaxar va viloyatla,


devonning turli bo‘g‘inlarida qonunni nazorat qilgan. qozilar martabasi va
darajasiga ko‘ra bir-birilan farq qilgan. Mudarris-diniy masalalar, shariat,
tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs. Muxtasib-bozorlarda tarozi,
narx-navoni nazorat qiluvchi maxsul. Bular orasida qozi va sadrlar o‘z ishlar
yuzasidan shaxsan Amir Temurning o‘ziga xisobot berib turganlar. Amir
Temur qat’iy qonunlar va tartiblarni o‘z tuzuklarida yozib qoldirgan:
-xazinabon moliya ishlariga xiyonat qilsa, o‘zlashtirib olgan mablag‘i
maoshidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi xisobidan
ushlab qolingan:
- agarda sipoxiy biror-bir kimsaga zulm qilsa, uni o‘sha jabrlangan kishiga
topshirganlar va jabrlanuvchi o‘zi xoxlagancha jazolagan:
- qishloq yoki shaxar amaldorlari pastroq toifadagi kishilarga zulm
etkazsalar, katta miqdorda jarimaga xukm etilganlar:
- xalqqa jabr zulm qilgan kishi jarima bilan yoki darra bilan jazolangan:
- kimda-kim o‘g‘irlik qilsa, o‘g‘irlangan narsani qaytarishi shart bo‘lgan yoki
qattiq jazolangan.
Kishilarga etkazilgan xar qanday zarar uchun, jismoniy zarar uchun xamda
sharob ichish, zino ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi kabi jinoyatlar shariat
qozisi chiqargan xukmga binoan jazolangan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston,
1996.
2.Boboev H.B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: “Fan”, 2004. .
3.Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T., «SHarq», 2000.
4.Z.Muqimov. Davlat va huquq tarixi. T.:-2003 y.
5.Sagdullaev. A va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat tarqqiyoti.
T.,«Akademiya», 2000.
6.O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi konsepsiyasi.g‘ O‘zbekiston tarixi. 1999
yil 1-son.
Foydalanilgan saytlar:
1. www.ziyo.uz
2. www.arxiv.uz
3. www.history.eng
4. www.shosh.uz

Download 444.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling