I. A. Karimovning asarlarida o‘z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan xolda, o‘zbek davlatchiligi tarixini xolisona, xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi
Download 444.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat tiplari-WPS Office
Davlat tiplari va shakllari Reja 1.Davlat qanday tiplarga bo‘linadi 2. Davlat shakllari va uning vazifasi 3. O‘zbek davlatchiligi bosqichlari O‘zbek xalqi davlatchiligi, dastlabki siyosiy tizimlar o‘troq, sun’iy sug‘orma dexqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi zaminida bronza asridayoq Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida vujudga kela boshlagan. Uning tadrijiy davomida miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida yirik davlat uyushmalari sifatida rivoj topgan: -O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lib, umumjaxon tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda, turli nomlar bilan atalishi, sulolalarning almashinuvi va o‘zgarishlari uning butunligini va moxiyatini o‘zgartirmaydi: -O‘zbek xalqi O‘zbekistonning maxalliy tub axolisi bo‘lib, ularning tarixi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi: -O‘zbekiston xududida yashagan xalqlar jaxon sivilizatsiyasiga ulkan xissa qo‘shib kelganlar: -Yuqorida keltirilgan jarayonlarning taxlili o‘zbek davlatchiligi tarixining predmetini tashkil etadi. O‘zbekistonda demokratik xuquqiy davlat qurish jarayonida o‘tmishning tarixiy tajribasi, o‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari beqiyos axamiyat kasb etishi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida o‘z aksini topgan. SHundan kelib chiqqan xolda, o‘zbek davlatchiligi tarixini xolisona, xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi belgilangan. Vazifasi esa quydagilardan iborat: - O‘zbekistonda ilk shaxar madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o‘troq axolining madaniyati xal etuvchi omil bo‘lganligini ko‘rsatib berish. - Miloddan avvalgi IX-VIII xamda VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti jarayonlarini chuqur va izchil tadqiq qilish va boshqalar.Mavjud ma’lumotlarga asosan, o‘zbek xalqi tarixida davlatchilik tizimiga o‘tish bosqichi, O‘zbekiston xududlarida ilk davlatlarning shakillanish va rivojlanish jarayoni bosqichlari quydagi davralar bilan belgilanadi: 1.Bronza davri. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi va o‘rtalari. Unchalik katta bo‘lmagan dexqonchilik voxalari asosida ilk davlachilik tizimiga o‘tish davri. 2. Bronza davridan temir asriga o‘tish davri. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlarining rivojlanishi va yirik xarbiy-siyosiy uyushmalarining vujudga kelishi. 3.Ilk temir davri. Miloddan avvlgi VII-VI asrlar. qadimgi Xorazm va qadimgi Baqtriya kabi yirik davlat uyushmalarining shakillanishi. Davlat ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, sinflarning paydo bo‘lishi bilan xukmpron sinfning quroli sifatida unga qarshi kurashish uchun maydonga chiqdi. Davlatning iqtisodiy soxadagi moxiyati ishlab chiqarish vositalariga egalikni bildirsa, siyosiy xukmronlik butun axolining davlat apparati va muayyan qonunlar yordamida xukmron sinf uchun barchani bo‘ysunishga majburiyatidan iboratdir. Davlatning belgilari: 1. Axolining xududiy belgilari bo‘yicha bo‘linishi. 2. Ommaviy xokimiyatning paydo bo‘lishi. 3. Soliqlarning mavjudligi. 4. xuquqning mavjudligi. 5. Siyosiy xokimiyatning mavjudligi. Davlat tiplari: Davlat va xuquq nazariyasida davlatni tiplarga ajratishda yagona yondoshuv yo‘q. Tiplar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi: - quldorlik jamiyati; - erga egalik munosabatlariga asoslangan (feodal) jamiyat; - kapitalistik jamiyat; - xozirgi davlatchilik jamiyati. Shakllari: boshqaruv xususiyatiga ko‘ra davlat ikki shaklda bo‘ladi – monarxiya va respublika. 1.Monarxiya – oliy davlat xokimiyatining monarx tomonidan idora qilinishi. 2. Respublika – davlatdagi oliy xokimiyat muayyan muddatga saylanadigan organlar orqali ifodalanadi. 3. Oddiy yoki unitar – davlat suverenitetini amalga oshiruvchi yagona davlat xokimiyati mavjud bo‘ladi. 4. Murakkab davlat – mustaqillikdan foydalanuvchi aloxida davlat tuzilmalaridan iborat bo‘lgan davlat (imperiya, federatsiya kabilar) 5.Imperiya – zo‘rlik yoki kuch ishlatish yo‘li bilan tashkil etilgan murakkab davlat. 6.Federatsiya – ixtiyoriylik asosidagi bir necha davlatlar tuzilmasidan iborat davlat. 7. Konfederatsiya – davlatlar ittifoqi. 8. Davlatlar xamdo‘stligi. Funksiyalari: davlatning funksiyasi uning vazifalari va maqsadlari bilan mustaxkam bog‘liqdir. SHundan kelib chiqqan xolda davlat funksiyalari 1.Ichki funksiyalarga 2.Tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyunp oyining oxirlarida bir guruh etakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida aham iyat berdi. O’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret kO’rsatilmaganligini ta`kidlab o’tdi.Bu muammoning kun tartibida turish sabablari Shundan iboratki, keyingi vaqtda O’zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan kO’chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Baozilar buni zO’r istiHola bilan niqoblab aytsalar, baozilar jar solib, shu kO’chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar. Islom Karimov suHbatida “Ko’chmanchilar kelgunga qadar bu erda davlatchiligimizga asos bo’lgan mahal liy davlatlar bormidi O’zi?”, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu Haqda Prezidentimiz Islom Karimov Shunday deydilar: Davlatchilik bugungi kunda O’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, Halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar Hali bor. Bunday alamislar orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu daovoning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”. Tarixchilarimiz oldiga Prezidentimiz Havola qilgan bu muammo jiddiydir: u hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. Ammo shunga qaramay, mavjud ilmiy fikrlarning oqini-oqiga, qorasini-qorasiga ajratib, yagona ilmiy tO’xtamga kelsa bo’ladi. Shuning uchun ham I.Karimov: “Eng mO’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oraliida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim O’lkada buyuk maonaviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoh lik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni Hech kim inkor etolmaydi”, deganida tO’la Haqli edi. Xo'sh, O’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi?”, degan savollarga javob berish mumkinmi? Asosan mumkin. Buni Prezidentimizning yuqoridagi sO’zi ham ko’rsatib turibdi. O’zbek davlatchiligi tarixiga tO’xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi masalasida biroz sO’z yuritishga tO’ri keladi. Davlatchilik deganda davlatning paydo bo’lishi, yaoni davlat bo’lib uyushishi, uning tuzumi va tizimini tushunamiz. Davlat, aslida jamiyatni tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat - bu Hokimiyatning fuqarolar bilan bo’lgan aloqalar va munosabatlar majmuasidir. Davlatning paydo bo’lishi, uning tuzumi va bu davlatning boshqarish tizimi mamlakat va xalqlarning ijtimoiy taraqqiyotida muhim O’rin tutadi. Bu soHada qonunchilikning roli buyukligini alohida kO’rsatish kerak. O’zbek xalqining qonunchilik anoanalari juda qadimiydir. Qonunchilik bizning Vatanimizda miloddan avvalgi yillardayoq shakllangan va O’rta asrlarda takomillashgan. Haqiqatda esa mustaqillikka erishganimizdan keyingina qonunchilik O’z mavqeiga ega bo’ldi. Prezidentimiz ola surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi tamoyili ekanligi ham buning isbotidir. Chunki, qonunchilikka asoslanmagan davlat tuzumi mamlakat taraqqiyotining samaradorligini taominlay olmaydi. Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu poydevorlarsiz O’z vazifasini ado etolmaydi. Bular Hokimiyat va ijroiya organlari, sud, politsiya, moliya va soliq tizimi, armiya, Konstitutsiya va boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari bor. Bu vazifalar davlatning ichki va tashqi siyosatini yurgizish orqali amalga oshiriladi. Ichki siyosat, asosan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini taominlashga qaratilgan bo’lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, Harbiy va madaniy aloqalarini boshqarishga, diplomatik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi. Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o’zbek olimi Yahyo G’ulomov va rus akademigi S.P.Tolstovlarning ilmiy xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto” muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, Prezidentimiz suHbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda boshlangan deb javob berish mumkin bo’ladi. Akademik A.Asqarovning ilmiy fikriga ko’ra, Parkana (Farg’ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim O’rin egallagan SO’diyona davlati vujudga keldi. Ilgari aytganimizday, kO’chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida “tubjoy” davlatlarning o’rni va roli beqiyos buyukdir. Davlatchiligimiz tarixini asosan, besh bosqichga bo’lib O’rganamiz. Birinchi bosqich sO’nggi bronza davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron AHmoniylari istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr O’rtalari). Tarixchi olim A.Saodullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni taHlil qilish shuni kO’rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. SO’nggi bronza davrida meHnatning dastlabki yirik taqsimoti rO’y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy Hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot maolum shaxslar qo’lida tO’plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shahar larga aylanib borar ekan, bu shahar lar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining maomuriy markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma maolumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo’ladi. Maolumki Har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir. “Avesto” maolumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil topganini ko’ramiz. Erga uru jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urular qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari maolum vaqtda tO’planib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, Harbiylar, dehqonlar, chorvadorlar va Hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xO’jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida eotibor berganlar. Akademik A.Asqarovning yozishicha, Yunon mualliflarining xabariga ko’ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlat bo’lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lib, ular Harbiy demokratik printsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa maolumotlar uchraydi. “Avesto” maolumotlari asosida mashHur xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Ovrupo olimlaridan V.Xenning ham da I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik maolumotlarni solishtirib O’z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov “Avesto”da Zaratushtraning vatani Aroyanam Vaychax-qadimgi Xorazm bo’lgan deydi. “Avesto”ga ko’ra, Zaratushtraning Vatani Aroayanom Vaychax Daitiya daryosining soHilida joylashgan. S.P.Tolstov va qator boshqa olimlar Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra O’z ta`limotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.P.Tolstov. “Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab O’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat Hosil qilish mumkin. Shunday qilib, O’rta Osiyoni ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sodir bo’lgan edi) bu ona zaminda Harbiy-demokratiya printsiplari asosida tarkib topgan ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular haqida “Avesto” va Yunon mualliflari juda qisqa bo’lsa-da, tegishli maolumotlar qoldirganlar. Bu davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy ham da madaniy aloqalar haqida, ular O’tgan davr haqida Hali olimlar orasida Ko’p ilmiy munozaralar bo’ladi, ular haqida Ko’plab maxsus ilmiy tadqiqotlar O’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar chop etiladi. Eron ahamoniylari bosqinlari (milodda avvalgi VI-IV asrlar) va makedoniyalik Iskandar istilolari (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining uzoq va shonli kurashlariga, daxshatli qO’zolonlariga (Spitamen) qaramay, mahal liy davlatchiligimiz barham topdi. Markaziy Osiyo (miloddan avvalgi 522-521 yillar)da bo’lib O’tgan xalq qO’zolonlari Doro I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur o’tdi. U Hatto saroy aristokratiyasi Huquqlarini ham cheklab, mamlakatda Hokimiyat tartiblarini O’rnatdi. Gerodotning Habar berishiga qaraganda, Doro I O’z imperiyasini alohida viloyatlarga- satrapliklarga bo’lib idora qilgan. Har bir satraplik Har yili davlat xazinasiga maolum miqdorda soliq tO’lashga majbur edi. Makedoniyalik Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida Sharq erlari lashkarboshi Salavkga o’tdi. U miloddan avvalgi 293 yil Sharqni idora qilish ishini O’zining Spitamen qizi Apamadan bo’lgan o’g’li Antiox I ga topshirdi IX-XII asrlarda O‘zbekiston xududida turli boshqaruv usullari va ma’muriy tizimiga ega bo‘lgan turli sulolalar boshqargan bir qancha davlatlar xukm surdi. Xalifalikka qarshi kuchayib borayotgan qo‘zg‘olonlar xalifalarning maxalliy zodagonlarga bog‘liqligini kuchaytirib yubordi va viloyatlarni boshqarishda maxalliy zodagonlarning roli ortti. SHu jarayon oqibatid Xurosonda toxiriylar xonadoni xukmron mavqeni egallay boshladi. Sijiston (Seiston) xokimi Abulmuxammad Talxa ibn Abullox qo‘lida xizmat qilgan Rozik shu xonadon boshlig‘i bo‘lib, uning Musxab, Xusayn va toxir ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Ular birgalikda Xirot viloyatidagi Bo‘shanj shaxrini boshqarganlar. Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Amin xalifa bo‘ldi. Bu vaqtda Xurosonda noiblik qilayotgan Abdullox (keyinchalik Maxmun laqabini olgan) toxir qo‘shinlari yordamida taxtni akasidan tortib oladi. Garchi, xalifa Maxmunga o‘z xizmatlari evaziga Somonxudot nabiralari Movarounnaxr viloyatlarini (Nux-Samarqand, Axmad_farg‘ona:, YAxyo-CHoch, Istaravshan, Ilyos-Xirot) boshqarish xuququini qyolga kiritgan bo‘lsalarda, Toxiriylar davlatiga qaram edilar. IX asr o‘rtalarida quyi tabaqadan bo‘lgan Safforiylar mavqei kuchaydi. YAxqub ibn Lays va uning Amr, Toxir, Ali ismli ukalari bilan birgalikda 861 yil Sijistonni, 867 yil Xirot va Bushanjni, 869 yil Kirmon va Forsni qo‘lga kiritdilar. Xurosonda eng yuqori mavqega erishgan safforiylarga xalifa Muxtamid (870-892) YAqubni Balx va toxariston xokimi etib tayinlash to‘g‘risida erlik jo‘natdi. 873 bil YAxqub toxririylar xukumdori Muxammad ibn toxir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, toxiriylar davlatiga barxam berdi. Toxiriylar sulolasi vakillari quydagilardan iborat: toxir ibn Xusayn 821-822. Talxa ibn Toxir 822-828. Abdullox ibn Toxir 830-844. Toxir II ibn Abdullox 844-862. Muxammad ibn Toxir 862-873. Toxiriylar davlatida jamiyat bir qancha ijtimoiy toifa va qatlamlarga ajralgan edi. Ular mulk, martabasi va mansablariga ko‘rabir-birlaridan farqlanganlar. Raiyat orasida kashovarz, kishtukorkunanda. CHorakor, barzikor singari ijtimoiy qatlamlar bo‘lgan. Yirik va mayda er egalari dexqon deb yuritilgan. Ijaraga berilgan erlar muzoraxa deb atalgan. Davlat tomonidan makka safariga-xajga borayotganlarga aloxida g‘amxo‘rlik qilganlar. Bunday kishilar rabox yoki ibni sabil deb atalgan. Ilgari yirik zadogonlar xisoblangan va bu vaqtda kelib kambag‘allashib qolgan kishilar «axli buyutot» deb yuritilgan. Xalifaning buyruq va farmonlarini bajaruvchilar, unga tobe xukmdorlar soxibi xaros deb atalgan. Toxiriylar davlati boshqaruvida xuquqiy munosabatlar asosan islom dini qonun-qoidalari va ko‘rsatmalariga tayangan xolda olib borilgan. Davlatni xuquqiy jixatdan mustaxkamlashga ko‘p xarakat qilgan xukmdor Abdullox edi. U barcha soxa va jarayonlarni o‘zining maxsus odamlari orqali nazorat qilar va xar qanday qonun buzilishlari uchun javobgar amaldor va mansabdorlarni shafqatsiz jazolardi. Uning buyrug‘iga ko‘ra qonunshunoslar suvdan foydalanish, sun’iy sug‘orishdagi turli baxslarni xal etish, sug‘orish tizimi xaqida «kitob al kuniy» qonunlar to‘plami xam yaratilgan va bu narsa toxiriylarda xuquqiy munosabatlar va qonunlarning amal qilinishiga katta e’tibor brilganligini ko‘rsatadi. Somoniylar davlatining asoschisi Somon qishlog‘i oqsoqoli (Balx yoki Termiz yaqinida) Somonxudot avlodlari asos solgan. Xalifa Ma’mun ularning xizmatlari evaziga movarounnaxrning viloyatlari xokimligini topshirgan edi. 839-840 yy Nux ibn Asad Isfijobni bosib oldi. So‘g‘dning bir qismi va Farg‘ona xokimligini qo‘lga kiritdi. Somoniylar davlatining yuzaga kelishida Axmad xam katta xizmat qildi, uning Nasr, YAxqub, Asad, Ismoil, Isxoq va Xomid kabi o‘g‘illari bor edi. 842 yil Nux ibn Asad vafot etgach, Samarqand uning ukalari Axmad va YAxyo xukmi ostiga o‘tdi, keyinchalik xokimlikni Nasr (865-892) davom ettirdi. 856 yil YAxyo ibn Asad vafotidan so‘ng, CHoch va Istaravshan xokimligi Axmadning ikkinchi o‘g‘li YAxqub qo‘liga o‘tdi. Keyinchalik bunday tashabbus Ismoil ibn Axmad qo‘liga o‘tdi va 874 y Buxoro xokimi bo‘ldi. Movarounnaxrni birlashtirish tarafdori bo‘lgan Nasr ibn Axmad bir qancha xududlarni o‘z xokimligiga qo‘shib oldi va natijada 875 yil xalifa Muxtamiddan Movarounnaxrni boshqarish uchun erlik olishga erishdi. Ismoil esa akasiga buysunishni istamadi va 888 y u bilan to‘qnashdi va faqatgina Nasr vafotidan so‘ng (892) Movarounnaxrning yagona xukmdori bo‘lib qoldi. Uning kuchayishidan xavfsiragan xalifa 898 yil Movarounnaxr xokimligidan Ismoilni tushirib, o‘rniga safforiylardan Amr ibn Lays tayinlangani xaqida erlik yubordi va bu ikki o‘rtada urush kelib chiqishiga olib keldi. 899 va 900 yy to‘qnashuvlarda Ismoil g‘alabaga erishib, Xurosonni xam o‘ziga qo‘shib oldi va shu tariqa yirik davlatga aylangan Somoniylar davlati X asr oxirigacha xukm surdi. Somoniylar xalifalikdagiga o‘xshash boshqaruv tizisini o‘rnatdilar. Davlat boshlig‘i amir bo‘lgan. Amirlikning ma’muriy tizimi quydagicha bo‘lgan: - dargox (amir saroyi va devon) (davlat idorasi). Saroydagi eng yuqori mansab xojib ul buzurg va soxibi xaros edi. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan o‘nta devon ixtiyorida bo‘lgan. Bular quydagilar edi: - Devoni vazir yoki xojayi kalon. - Devoni mustavfiy (moliyaviy ishlar) - Devoni amid. (devoni rasoyil, devoni insho) (Elchilik ishlari) - Devoni soxibshurot (Sipoxiylar va shox saroyini moddiy ta’minoti) - Devoni soxibbarid (Davlat elchilari va xokimlar ustidan maxfiy naz) - Devoni muxtasib (Tosh-tarozu, shariat ishlari nazoratchisi) - Devoni mushrif (Xazina kirim-chiqimi va boshqa davlat ishlari) - Devoni kozi - Devoni ziyo - Devoni mamlakai xos (davlat mulklari boshqaruvchisi) Barcha devonlarning viloyat. SHaxar va tumanlarda bo‘limlari bo‘lib, xokimlarga bo‘ysungan faqatgina Devoni barid markaziy davlatga bo‘ysungan. SHaxarlar maxsus tomonidan boshqarilgan. Amaldorlar o‘rtasida ruxoniylar, ayniqsa, shayxulislom mavqei bilan bo‘lgan. Davlat qo‘shinlari muntazam va yollanma qo‘shinlardan iborat bo‘lib, yollanma qo‘shinlar maxalliy xokimlar ixtiyorida bo‘lgan. Somoniylar davlati sud ishlari va xuquqiy munosabatlarni amalga oshirish shariatga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan va uni qozikalon, mufti, raislar amalga oshirganlar. Og‘ir jazoga loyiq jinoyatchilarni amir va qozikalon sud qilganlar, o‘lim jazosi aksariyat xollarda Registon maydonida amalga oshirilgan. Somoniylar davrida yirik er egalar-dexqonlarning mavqei ortdi va ular xatto viloyatlar xokimlari darajasigacha xam ko‘tarila boshladi. Ziroatchi kadevarlar, ijarachi barzikorlar, qullar qishloq xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lsa, xunarmandlar va savdogarlar xam ijtimoiy xayotda faol ishtirok etardi. Somoniylarda er egaligi quydagicha shaklda edi: Mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf mulklari, jamoa mulki. Somoniylar davrida erlar qaytadan taqsimlandi va oqibatda yangi er egaligi shakli paydo bo‘ldi. Er egalarining bu yangi gurux asosan sipoxiylardan chiqqanlar edi. Voxadagi erlarning asosiy qismi Zarafshondan bosh olgan kanallar orqali sug‘orilgan. (SHoxrud, Karmina, SHopurkom, Xarkanrud, Gav, Xitraf, Samjon) qorakuldaryo), Paykand, Daymun, Arvon, Navkand Romiton, Varaxsha, Xama, Xaramkom va boshqalar). Qoraxoniylar davlatiga X asr o‘rtalarida Sotuk Bugroxon (915-955) tomonidan asos solindi. qoraxoniylar davlati Ettisuv xududlarida qorluk davlati (756-940) o‘rinda tashkil topdi va 942 bil Sotuk Bugrxon Bolasogunni bosib olgach, yozini xoqon deb e’lon qildi. qoraxoniylar davlatiga yag‘mo va chigil qabilalar xam birlashdilar. Sotuk vaqtidayoq davlat ikki qismga bo‘linib ketgan bo‘lib, birining poytaxti Bolasogun, ikkinchisining markazi dastlab Taroz, keyinchalik Koshgar bo‘lgan va ularni xoqonlar yoshlariga asosan boshqarganlar. qoraxoniylar davlati kuchayib bordi va ayni vaqtda inqirozga uchray boshlagan somoniylarga qarshi xarbiy yurishlar uyushitirib, 996 yilda uni mag‘lubiyatga uchratdi. 1001 yilda Sulton Maxmud /aznaviy qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni qoraxoniylar va /aznaviylar o‘rtasidagi chegara etib belgiladi. SHu tariqa qoraxoniylar davlati xududlari qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismini, Ettisuv, SHosh, Farg‘ona kabi viloyatlar bilan chegaralandi. XI asr o‘rtalarida tamgachxon unvonini olgan qoraxoniy Ibroxim ibn Nasr g‘arbiy qoraxoniylar davlati poytaxtini O‘zgandan Samarqandga ko‘chirdi. 1068 yildan boshlab Ibroxim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurashlar boshlanib ketdi va unda SHamsulmulk Abulxasan Nasr ibn Ibroxim (1068-1080) g‘alabaga erishdi. 1080 yilda SHamsulmulk vafot etgach, xokimyat uchun kurash avj oldi va bundan foydalangan saljuqiy Malikshox 1089 yilda Movarounnaxrga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqand bosib olingach, xon Axmad asir olindi. Malikshox Axmad bilan sulx tuzib, uni taxtida qoldirdi, biroq Axmadning saljuqiylarga itoatkorligi uchun 1095 yilda o‘ldirishdi. 1102 yilda qoraxoniylar taxtiga Arslonxon o‘tirdi (1102- 1130) va saljuqiylardan yarim mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Arslonxon nisbatan norozilik oshgach, u xokimyatni o‘g‘li Nasrga topshirdi, biroq Nasr fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi va bu imkoniyatdan foydalangan Sanjar 1130 yilda Samarqandni bosib oldi. XII asr boshlarida Bolasogunni egallagan qoraxitoylar Movarounnaxr ichki xududlariga xujum qilib kelib, 1138 yilda Xo‘jandni, 1141 yilda Katvon cho‘lida Sulton Sanjar va Samarqand xukmdori Maxmudning qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, Samarqand va Buxoroni egalladilar. So‘nggi qoraxoniylar qoraxitoylardan ozod bo‘lgan bo‘lsada, 1212 yilda ularning oxirgi xukmdori Usmon Muxammad Xorazmshox tomonidan o‘ldirildi va davlat Xorazmga qo‘shib olindi. qoraxoniylar Movarounnaxrni egallagach, bu erda markazlashgan boshqaruv xokimyati o‘rnini aloxida mulk boshqaruvi tizimi egalladi. Xar bir viloyat maxlum siyosiy mavqega ega xolda elikxonlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi, davlatning oliy xukmdori xoqon, xonlar xoni yoki tamgachxon deb yuritilgan. Ettisuvdan turib Movarounnaxrni boshqarishning murakkabligi bu erdagi Samarqand elikxoni mavqeini kuchaytirib yuborgan. qoraxoniylar saroyida Somoniylarda bo‘lganidek bir qancha amaldorlar bo‘lsada, imom, sayid, shayx, sadrlarning mavqei kuchli bo‘lgan. qoraxoniylar davlat boshlig‘i lavozimi merosiy xisoblanib, ma’muriy idoralar ikkiga-dargox va devonga bo‘lingan. Ulug‘ xojib lavozimidagi amaldor xoqon va fuqaro o‘rtasidagi qushi (xarbiy lageri) xonto‘y deb atalgach, bu erda xar doim to‘qqizta bayroq xilpirab turgan. Elchilar yalavoch yoki yalafar deb atalgan, davlat el va viloyat xududlariga bo‘lingan. qoraxoniylarning davlat tepasiga kelishi Movarounnaxr jamiyati xayotida xam o‘zgarishlar yasaldi. Aloxida mulklar boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniylar davridagi tartiblarga muvofiq kelar, ijtimoiy mansab va boshqalarda farq katta emasdi. Bu davrda dexqonlar o‘zlarining ijtimoiy tuzumdagi xukmronlik mavqeini yo‘qotdi. qoraxoniylar davriga kelib, jamiyatning ijtimoiy bo‘g‘inlari quydagicha shakilga ega bo‘ldi. elikxon-xoqondan keyingi poonada turuvchi amaldor. U xoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatning mulk soxibi xisoblangan: - iqtidorlar-qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, martabalariga ko‘ra bir- birlaridan farq qilganlar - islom dinining peshvolari- -imomlari, sayyidalar, shayxlar, sadrlar. - Xokimlar, raislar, muxtasiblar va xokazo. - Tariqchilar-ziroatchilarning turkcha nomi. - Xunarmandlar - Savdogarlar - Ko‘chmanchilar-chorvadorlar. Qoraxoniylar davrida oddiy xalq butun deb atalgan. Soliq to‘lovchi fuqaro raiyat, qabila boshliqlar bek, savdogarlar sart deb atalgan. Xoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy er-mulklar xisoblangan. qoraxoniylarda xuquqiy munosabatlar islom dini an’analariga asoslangan xolda yuritilgan va islom dini peshvolarining mavqei davlatda birmuncha yuqori bo‘lgan. SHuningdek, qoraxoniylar ko‘chmanchi turkiyqabilalarga xos tartib-qoidalarga xam rioya etganlar manbalarda keltirilgan (Nizomulmulk, Ibn al Asir va boshq). SHunga qaramay, qoraxoniylar raxbarlari islom dini va shariatga amal qilish bilan o‘z davlatlarining xuquqiy asoslarini saqlay olganlar, va unga qattiq rioya etganlar. XIV asr o‘rtalariga kelib, chig‘atoy ulusidagi barqarorlik qozonxon vafotidan so‘ng (1336-1347) barxam topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir qozong‘on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. Amir qozog‘on fitna natijasida o‘ldirilgach, CHig‘atoy ulusi beklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo‘jandda Boyazdi jaloyir, Balxda O‘ljoy Bug‘o Suldus, SHibirgonda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda Amir Kayxusrav va O‘ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr YAsovuriy, Ko‘xistonda Amir Sotilmish xukmronlikni qo‘lga kiritdilar. 1348 bil taxtni egallagan Tug‘luq Temur Movarounnaxrda o‘z mavqeini tiklash uchun ikki marta (1360-1361) yurish qildi. SHu vaqtda Tug‘luq Temur xizmatiga kirgan Amir Temur SHaxrisabz xokimi etib tayinlandi. 1362 yilda u Balx xokimi Amir Xusayn ibn Musallab bilan yaqinlashib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzdilar. Biroq 1365 bil Ilyosxo‘jaga qarshi bo‘lgan «Loy jangi» dagi mag‘lubiyat ularning ittifoqiga raxna soladi. Samarqandni ishg‘ol qilmoqchi bo‘lgan Ilyosxo‘ja esa sarbadorlardan mag‘lubiyatga uchrab, chekinadi. Ikki amir kelib, Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar boshliqlarining Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o‘rtadagi ittifoqning barxam topishiga sabab bo‘ladi. 1370 yil Amir Temur qo‘shinlari Balxda Amir Xusaynni mag‘lubiyatga uchratdi va shu erda amirlar qurultoyida Amir Temur Movarounnaxr xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida CHingizxon naslidan Suyurgatmish (1370-1388) va uning o‘g‘li Sulton Maxmud (1388- 1402) rasmiy ravishda taxtni boshqardilar. Amir Temur Movarounnaxrning qonuniy xukmdori bo‘lib olgach, mamlakat xududlarini birlashtirishga kirishdi. Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) yurish qildi. SHosh, termiz, Xisor, Badaxshon, qunduz xukmdorlari tobelik bildirdilar. Mo‘g‘uliston ustiga to‘rt marta yurish qilib, sharqiy xududlar daxlsizligini ta’minlaydi 1371, 1374, 1375, 1376, 1377). Uch bor Mang‘ishloq xokimi To‘yxoja o‘g‘lon farzandi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish qilib, (1389, 1391, 1394. 1395) Oltin O‘rdani mag‘lubiyatga uchratdi. Amir Temur 1380 yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor jangsiz taslim bo‘ldi. SHundan so‘ng Amir Temurning Eronga qarshi uch yillik (1386), besh yillik (1392), etti yillik (1399) amalga oshiriladi. 1398-1399 (sentyabr-mart) yillarda Xindiston yurishi, 1401 bil SHomga, 1402 yili Boyazidga qarshi yurishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Eng asosiy yurishlardan biri Xitoyga qarshi mo‘ljallangan edi. Bu yurishga 1404 yil kuzidan tayyorgarlik boshlandi, biroq Amir Temurning 1405 yil 18 fevralda vafot etishi Xitoy safarining amalga oshmay qolishiga sabab bo‘ldi. Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun xududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra xarbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qiladi: - davlat siyosiy jixatdan mustaqil bo‘lishi. - Davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi. - Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilishi. - Boshqaruv tizimi muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakillangan bo‘lishi. - Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar axvoli davlat e’tiborida bo‘lishi. - Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish. - Xar bir davlat shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan xolda olib borishi. - Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustaxkam iyon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog‘i. Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni, jamiyat rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar, manfaatlarini ta’minlashini qo‘shdi. Boshqaruv ikki idordan: dargox va vazirlik (devon) dan iborat bo‘lgan. Dargoxni Oliy xukmdor boshqargan. Dargox faoliyatini boshqarish, uning devonlar, maxalliy xokimyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlarini Oliy devon yuritgan. Oliy devonda-ijroiya xokimyatida bosh vazir, xarbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarxadlar va tobex mamlakatlar boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi uch vazir devonbegiga xisobot berib turgan. Markaziy xokimyat tizimida shayxuislom, qozikalon, qoziy axdos (odat bo‘yicha xkum chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri axzam (vaqf erlari, mulklari musasaddisi), dodxox (shikoyatlarni qiruvchi), eshikog‘a, saroy vaziri, yasovul va boshqalar bo‘lgan. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida Amir Temurning xizmati shundaki. U davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib qoidalar, xuquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot ming choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida emxonalar tashkil etilgan. Xar bir emda 20-200 boshdan ot – ulov tutilgan. Amir Temur mamlaktatni boshqarishda o‘z yaqinlariga suyangan. Davlat boshqaruv ishlarida Soxibqiron islom qonun- qoidalariga asoslangan. Amir Temur xokimyat tepasiga kelgach, barcha soxada mo‘g‘ullardan qolgan vayronagarchilikni tugatish va obodonlashtirishi, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga asosiy e’tibor qratdi. Davlat turli toifaga mansul mulk soxiblari birlashtirildi. qattiq intizom o‘rganildi. Mamlakatda axvol yaxshilanib, xunarmand axolining turmush darajasi yaxshilandi. Temur davlatidagi ijtimoiy tuzum davlat tarkibiga kirgan xalqlarning turli tumanligi, ularning bir -biri bilan aloqadorligi, inobati bilan bog‘liq edi.Amir Temur mamlakatni boshqarishda axolining o‘n ikkita ijtimoiy guruxga bo‘lganligi manbalarida qayd etilgan. Ular quydagi ijtimoiy toifalardir: -sayyidlar, olimlar va shayxlar. - katta tajribaga ega ilmli kishilar. - Duo qiluvchi taqvodorlar. - Lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlar. - Askarlar va xalq ommasi. - Dalat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslaxatgo‘y dono va aqlli kishilar. - Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i. - Tibbiyot axli, munajjim va muxandislar. - Muxaddislar va muarrixlar. - Tasavvuf vakillari va oriflar. - Xunarmandlar va san’atkorlar. - Ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar. Bu ijtimoiy toifalar yoki qatlamlar Amir Temur davlatining ma’muriy- boshqaruv tizimidagi tartiblar bilan aloqador xolda uning xarbiy siyosiy xarakterda bo‘lganligini xam ko‘rsatib turibdi. XV asrda ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi qishloq axli orasida bir qismi imtiyozlariga ega bo‘lgan va ular soliqlarning oz miqdorini to‘lashgan. Axolining juda katta qismini ijarachi-chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. qishloqlar jamoa yoki qariya deb yuritilgan. Uning mulki butun jamoa axliga qarashli bo‘lgan. Xunarmandchilik soxasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa erkin xunarmandlar bo‘lgan. Ular shaxarda yashovchi savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning o‘rta xol vakillari sanalganlar. Temuriylar davrida soliqning asosiy turi-xiroj bo‘lgan. Er solig‘i xosilning uch bir qismigacha bo‘lgan. Bog‘lardan tanobona solig‘i olingan. SHuningdek, jon solig‘i, ulog‘, begar xam mavjud edi. Erga egalikning keng tarqalgan turixususiy er egaligi bo‘lgan suyurg‘ol edi. XV asrda ziroatchilar qanday er mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to‘laganlar. Ular asosan to‘rt turga 1. davlat rlarida ishlovchi ziroatkorlar. 2. Xususiy mulk erlarida ishlaydigan ziroatchilar. 3. O‘z erida ishlovchi ziroatchilar. 4. Vaqf erlarida ishlovchi ziroatchilarga bo‘lingan. Xiroj asosan maxsulot yoki pul bilan olingan. Mag‘lub shaxar axolisidan sari shumor (jizya) olingan. Mamlakat xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda soliq - avorizot yig‘ib olingan. Do‘kondor xunarmandlardan tamg‘a solig‘i olingan. Xalq ko‘plab xashar ishlari (begar)ga jalb etib turilgan. SHuningdek mulkdorlar o‘z mulklarining qirqdan bir qismi miqdorida zakot to‘lab turganlar. CHegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj undirilgan, maxalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i, bog‘dorlar tanobona to‘laganlar. Amir Temur davlatida xuquqiy munosabatlar boshqa SHarq davlatlarida bo‘lgani kabi qur’oni Karim, xadislarda bayon etilgan tartib - qoidalarga asoslangan edi. Amir Temurning xuquq va qonun unsurlari «Temur tuzuklari»da o‘z aksini topgan. Bu asarda davlat yumushlari, xarbiy soxa, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari xaqida so‘z yuritiladi. Unda ta’kidlanishicha, dunyoviy jixatlarni xukmdorning o‘zi, ya’ni, Amir Temur nazorat qilgan va kerakli jazoni sham o‘zi bergan. SHariat ishlari bilan esa shariat qozisi shug‘ullangan. SHuningdek, davlat devonining turli bo‘g‘inlarida xam turlicha qozilar faoliyat yuritgan, masalan, lashkar uchun maxsus qozi, raiyat uchun aloxida qozi tayinlangan. Amir Temur davlatida xuquq tizimi quydagicha bo‘lgan: SHayxulislom-mamlakatda musulmonlarni nojo‘ya ishlardan saqlash va savob ishlarga undash bo‘yicha masxul shaxs. Sadrlar-axli islomga boshchilik qilgan. Asosiy vazifalari vaqflarni nazorat qilish bo‘lgan: shuningdek ular suyurg‘olni xam belgilab turganlar. Mutavalliy-sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. qozi-xar bir shaxar va viloyatla, devonning turli bo‘g‘inlarida qonunni nazorat qilgan. qozilar martabasi va darajasiga ko‘ra bir-birilan farq qilgan. Mudarris-diniy masalalar, shariat, tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs. Muxtasib-bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi maxsul. Bular orasida qozi va sadrlar o‘z ishlar yuzasidan shaxsan Amir Temurning o‘ziga xisobot berib turganlar. Amir Temur qat’iy qonunlar va tartiblarni o‘z tuzuklarida yozib qoldirgan: -xazinabon moliya ishlariga xiyonat qilsa, o‘zlashtirib olgan mablag‘i maoshidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi xisobidan ushlab qolingan: - agarda sipoxiy biror-bir kimsaga zulm qilsa, uni o‘sha jabrlangan kishiga topshirganlar va jabrlanuvchi o‘zi xoxlagancha jazolagan: - qishloq yoki shaxar amaldorlari pastroq toifadagi kishilarga zulm etkazsalar, katta miqdorda jarimaga xukm etilganlar: - xalqqa jabr zulm qilgan kishi jarima bilan yoki darra bilan jazolangan: - kimda-kim o‘g‘irlik qilsa, o‘g‘irlangan narsani qaytarishi shart bo‘lgan yoki qattiq jazolangan. Kishilarga etkazilgan xar qanday zarar uchun, jismoniy zarar uchun xamda sharob ichish, zino ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi kabi jinoyatlar shariat qozisi chiqargan xukmga binoan jazolangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1.Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston, 1996. 2.Boboev H.B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: “Fan”, 2004. . 3.Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T., «SHarq», 2000. 4.Z.Muqimov. Davlat va huquq tarixi. T.:-2003 y. 5.Sagdullaev. A va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat tarqqiyoti. T.,«Akademiya», 2000. 6.O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi konsepsiyasi.g‘ O‘zbekiston tarixi. 1999 yil 1-son. Foydalanilgan saytlar: 1. www.ziyo.uz 2. www.arxiv.uz 3. www.history.eng 4. www.shosh.uz Download 444.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling