I. A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarida kiberterrorchilik tuzilmalari haqida nimalar aytib o‘tilgan?


Download 20.29 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi20.29 Kb.
#1725373

1. Kibermakon tushunchasini dastlab kim o‘z asarida yozadi?
- Kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson.
2. Qaysi asarda Kibermakon haqida daslabki tushunchalar aytib o‘tilgan?
- «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome»)
3. Keyinchalik kimning asarida Kibermakon tushunchasi tasvirlangan?
- Gibson
4. Gibsonning utopik trilogiyasini ayting.
- «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel»)
5. «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») asaridagi kibermakon tushunchasi qanday tasvirlangan?
- Kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi.
6. Ijtimoiy nuqtayi nazardan kibermakon deganda nimani tushunasiz?
- Kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
7. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qaysi asarida ma’lumotlar berilgan?
- I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarida.
8. I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarida kiberterrorchilik tuzilmalari haqida nimalar aytib o‘tilgan?
- «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur».
9. Bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan guruh nomini ayting.
- ISHID
10. Nima uchun ISHID guruhi dunyoda eng katta xavf solib turgan guruh sanaladi?
- ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidi bunga asosiy sababdir.
11. ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidida nimalar aks etadi?
- ISHID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
12. Qaysi ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchilik va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjud deb o‘ylaysiz?
- «Odnoklassniki», «Facebook», «Instagram», «Twitter», «VKontakte»
13. Axborotlar ziddiyati nima?
- Insonlararo o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir.
14. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan birini ko‘rsating.
- Axborotlar ziddiyati.
15. Har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur nima?
- Axborot.
16. Kim «axborot urushi» deb axborotlar ziddiyatini ataydi?
- N.A.Kostin.
17. “Axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmoqda». Ushbu so‘zlar kimning so‘zlari?
- N.A.Kostin.
18. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan birini ko‘rsating.
- Axborotlar ziddiyati.
19. Bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan guruh nomini ayting.
- ISHID.
20. «Axborot urushi» atamasi ilk bor kim tomonidan ishlatilgan?
- Tomas Rona.
21. «Axborot urushi» atamasi ilk bor qachon ishlatilgan?
- 1976-yil.
22. «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi qachon uyushtirilgan?
- 1991-yil
23. Axborot texnologiyalari ilk marotaba qachon harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi?
- 1991-yil.
24. AQSH mudofaa vazirligi qachon «Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi?
- 1998-yil oktabrda.
25. «Sog‘lom avlod yili» deb qachon nomlanadi?
- 2000-yil.
Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling