I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
-rasm.Moyli uruq’larning mevali
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2-rasm.Moyli uruq’larning mevali
va uruq’li qobiqlari to’qimalarining tuzilishi a-kungaboqarning mevali qobig’i: 1- epidermis; 2-gipoderma; 3-pantsirli qatlam; 4-sklerenxima; 5-parenxima qatori; 6-yupqa devorli parenxima; 7-uruq’ qobiq’i; 8-endosperm; 9-tashqi epidermis; 10- parenxima; b-kanakunjut uruq’ining uruq’li qobiq’i: 1-tericha; 2-parenximli qatlam; 3-yupqa devorli palisad qatlami; 4-qalin devorli palisad qatlami; v- ziq’irning uruq’li qobiq’i: 1-epidermis; 2-yuqori qavat qatlami; 3-qalin devorli peranxim; 4-tuksimon qatlam; 5-ko`ndalang to`qima; 6-pigmentli qatlam; 7-endosperma. 33 to`qimasi – po’kak hosil bo`ladi. Bu mustahkam to`qima hujayralari havo yoki yelimsimon moddalar bilan to`ldirilgan bo`shliqlarni o`rab turadigan qalin devorlardan iborat (2-rasm). Hujayra devorlari tarkibida suberin moddasi bo’lib, suv va havo o’tkazmaydi, to’qimasi mustahkam va qayishqoq. Pishib yetilgan davrda bunday po‘st to‘qimalari qotib, nihoyatda mustahkam bo‘ladi. Urug’ qobig’ida va meva devorlarida o`sishning ingibitorlari joylashgan bo`lib, bu to`qimalarni olib tashlash urug’larning o`sishiga yordam beradi. Turli moyli urug‘lar meva po‘stlari tarkibiga kiruvchi ayrim kimyoviy moddalari bilan ham farq qilishadi. To`qimalarda fenollarning bo`lishi o`tkazmaslik xossasini kuchaytiradi. Ayrim o`simliklarning urug’ qobig’ida, masalan, zig’irda, yelimsimon moddalar to`planadi. Suv bilan ta'sirlashishda qobiq yelimlari bo`kadi va urug’lar yelimsimon bo`lib qoladi. Bu urug’larni tuproqda ushlab turadi va ularni suv va shamol bilan olib ketilishiga yo`l qo`ymaydi. Bo`kkan yelim qatlami kislorodni ham o`tkazmaydi va ortiqcha namlik mavjud bo`lgan kuzgi sharoitlarda ham murtakka kislorod kelishini oldini oladi va o`sishni qulay sharoit tug’ilgunicha to`xtatib turadi. Agar yetilgan urug’larda meva qobig’i yetilish va yig’im-terim vaqtida ham buzilmasa, urug’ qobig’i asosiy to`qima - murtak yoki endosperm tuzilishiga o’xshash tuzilishga ega bo`ladi. Masalan, kungaboqarda urug’ qobig’i ikki qavatli yupqa pardadan iborat. Tashqi qavatning to’qimasi popukli, ichki - endosperm. Agar urug’lar yetilganidan keyin urug’ qobig’i saqlanib qolmasa, ularning urug’ qobig’i mustahkam va meva qobig’iga o’xshash bo`ladi. Ayrim hollarda urug’ qobig’i o`zakning moyli to`qimalariga yopishib ketgan bo`ladi, va urug’ buzilganda ham bu aloqa saqlanib qoladi. Ko`pincha urug’ qobig’i o`zakka tegib turadi (soya, xantal, paxta, kanakunjut). Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling