I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Endosperm. 
Yetilgan 
urug’ning‘ 
endospermi odatda to’plovchi 
to‘qimalarning yirik hujayralaridan iborat. Zaxira oziqa to’qima endosperm 
murtakning asosiy to`qimalariga o`xshash to`qimadan iborat bo`ladi

Endosperm 
kimyoviy tuzilishi jihatidan unsimon yoki yog‘simon bo‘lishi mumkin.
Unsimon 
endosperm hujayralarida ikkilamchi kraxmal donachalari, yog‘simon endosperm 
hujayralarida esa yog‘ tomchilari to‘planadi. Bundan tashqari, urug’larda oqsil va 
fitin (fosforli birikmalar) ham uchraydi. Oqsil, aleyron donachalari shaklida bo‘lib,
endospermning tashqi yupqa qavatini tashkil etadi (bug‘doy, arpa va boshqa shu 
kabi donlar). Fitin urug‘ning unishidagi modda almashinuvini tezlashtiradi. 
Endosperm urug’ bo’kkanda fermentlar ta’sirida gidrolizga uchraydi va 
unish jarayonida murtak tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Ko‘pchilik o‘simliklarda urug‘ shu qadar suvsizlanadiki, ular juda ham 
qattiq, shishasimon va hatto toshsimon bo‘lib qoladi (masalan, finik pal’masi). 
Yog‘simon endospermli urug‘lar (kungaboqar, zig‘ir, yong‘oq va boshqalar) 
to’plovchi oziq moddalar ichida quvvat jihatidan boshqa urug‘larga nisbatan 
ustunlik qiladi. 
Endosperm murtakning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Endospermga 
ega bo`lmagan urug’larda bu to`qima mavjud emas, u urug’ qobig’iga yopishgan 
hujayralar qatoridan iborat bo`ladi.
Paxta chigitida endosperm urug’ pallasini to`ldirib turuvchi to`qimadan 
iborat. Zig‘ir urug‘i endospermining hajmi murtak hajmiga teng. Endospermi 
rivojlangan urug’larda (kanakunjut) endosperm urug’ qobig’ini butun hajmini 
egallab turgan to`plovchi to`qima hisoblanadi. 


36 
Tayanch iboralar: 
To’qima,
hujayra, qobiq, anatomik tuzilish, palisad, suberin moddasi, urug’ 
mag’zi, urug’ murtagi, urug’ po’sti, zaxira moddalari, differentsiatsiya. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling