I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Hujayralarning mikroskopik tuzilishi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
1.4.1. Hujayralarning mikroskopik tuzilishi,
tarkibiy elementlari Urug’lar to`qimalarining hujayralari asosan, 3 qismdan: tashqaridan o‘rab turuvchi hujayra po‘sti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi - protoplastdan iborat. Hujayra po‘sti va vakuola uning o‘lik qismi, protoplast esa tirik qismidir (4-rasm). Protoplast o‘z navbatida tsitoplazma va yadrodan tashkil topgan. 4-rasm. O’simlik hujayrasining submikroskopik tuzilishi (sxemasi). 1-yadro; 2-yadrocha; 3-yadro po’stlog’i; 4-g’ovaklar; 5-mitoxondriyalar; 6-plastidlar; 7- diktiosomalar; 8-vakuollar; 9- hujayra po‘sti; 10-plazmodesmalar. O`simlik hujayrasida hayvon hujayrasidan farqli tarzda hujayra devori qattiq. Yuksak o‘simliklarning hujayrasi tashqi tomondan ancha qattiq qobiq po‘st bilan o‘ralgan. Bu po‘st hujayraga ma’lum shakl beradi va uni tashqi muhitning noqulay omillaridan saqlaydi. 38 U hamma tomondan protoplastni o`rab turadi va u uchun mexanik tayanch vazifasini bajaradi. Hujayra devori ikkita - tashqi (birlamchi devor) va ichki (ikkilamchi devor) qatlamdan iborat bo`ladi. Ikkita qo`shni hujayraning ta'sirlashuvchi birlamchi devorlar orasidagi bo`shliq hujayralararo qatlam yoki o`rta plastika deb ataladi. Qo`shni hujayralar o`zaro butun yuzasi bilan ta’sirlashmaydi va hujayralarning burchaklarida bo`shliq - hujayralararo bo`shliq hosil bo`ladi. Hujayralararo bo`shliq umumiy hujayralararo tizimni hosil qiladi va u o`simlik to`qimasidan atmosferaga ochilgan bo`ladi. Havo hujayralararo bo`shliqdan har bir hujayraga yetarli miqdorda yetib boradi. Hujayra po‘sti - asosan tsellyuloza, gemitsellyuloza va pektin moddalardan tuzilgan bo‘lib, hujayra sirtini qoplaydi. Polisaxaridlardan tashqari hujayra po‘sti tarkibida oqsillar, mineral tuzlar, mum, lignin, suberin, kutin, pigmentlar va boshqa moddalar ham bo‘ladi. Kutin va suberin (suber –po’kak), kimyoviy jihatidan bir-biriga yaqin modda bo‘lib, yog’ kislotalari va ularning murakkab efirlaridan tashkil topgan. Bu moddalar amorf shaklda bo‘lib erituvchi moddalarda erimaydi va mikroorganizmlarning ta’siriga juda chidamli. Hujayra po’sti mustahkamligini ta’minlaydigan pektin moddalari yosh hujayralar po’sti va hujayralar oralig’ida saqlanadi va yonma-yon turgan hujayrani bir-biri bilan birlashtirib, yelimlab turadi. Pektin moddalari amorf holda bo’lib, yengillik bilan gidrolizlanish va kolloid eritmalariga o’tish qobiliyatiga ega. Po’stda va hujayralar oralig’ida mavjud bo’lgan pektin moddalari suv singdirib bo’kadi. Hujayra po’sti orqali suv va suvda erigan kichik molekulali moddalar erkin, qarshiliksiz o’tadi. Lekin tarkibida lignin, suberin moddalari ko’paygandan va kutikula qavati qalinlashganidan keyin eritmalarning diffuziyasi cheklana boshlanadi. Moy tutuvchi to‘qima hujayralarining devorchalari asosan yupqa, lekin har xil urug’larniki turli qalinlikda bo’ladi. Masalan, loviya hujayrasi devorlari eng 39 qalin, chigitniki eng yupqa. Boshqa moyli urug’lar hujayra devorchalarining o‘lchami 0,4 dan 0,94 mkm gacha bo’ladi (4-jadval). 4-jadval Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling