I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Moyli urug‘lar hujayra devorchalarining qalinligi , mkm


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Moyli urug‘lar hujayra devorchalarining qalinligi , mkm
Urug‘ing nomi
 
Moyli tо‘qima turi
 
Qalinligi
 
Kanakunjut
endosperm 
0,4 ... 0,42 
Zig‘ir
urug‘palla va endosperm 
0,32...0,4 
Kungaboqar
urug‘palla 
0,54...0,8 
Soya urug‘palla va endosperm 1,29... 1,30 
Chigit
urug‘palla
0,3 
Moylarni ajratib olish texnologiyasi moyli urug‘ni tayyorlash jarayonida shu 
devorchalarning maksimal sindirilishiga erishishga asoslangan. Shuning uchun 
turli moyli urug‘lar hujayra devorchalari qalinligi orasidagi farq, ularning har 
biridan moy ajratish jarayoniga har xil energiya sarfini belgilaydi. 
Quritilgan urug‘larda hujayralarning devorlararo qatlami kislorodga nisbatan 
ko‘proq CO
2
gazi bilan to‘la bo‘ladi. O‘sayotgan hujayra devorchasi metabolik 
faol holatda bo‘lib, tsitoplazmadan kam farqlanadi. O‘sishdan to‘xtagan hujayra 
devorchalari biokimyoviy faolligi tez susayib, hujayralararo bog‘liqlik faqat 
plazmodesmalar orqali amalga oshadi. 
Meva po‘sti va urug‘lar qobig‘i to’qimalarining hujayralari asosiy moy 
tutuvchi to’qima hujayralaridan farq qiladi. Urug‘ pishishi bilan uning po‘sti qotib 
boradi va hujayra devorchalari tarkibida chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi. Urug‘lar 
qobig‘i to’qimalarining hujayralarida gemitsellyuloza, lignin moddasi hosil bo’ladi 
hamda yog’simon fiziologik va kimyoviy inert moddalar - suberin yoki kutin bilan 
qoplanadi.
Lignin moddasi asosan tsellyuloza molekulalarining mitsellalararo 
bo‘shliqlarida to‘planadi. Hujayra po’sti qattiq, yog’ochsimon, ba’zida mo’rt 
bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday hujayra po’sti yo’g’onlashadi. 
Hujayra po’sti po‘kaklashish jarayonida lipid tabiatiga ega bo’lgan, gidrofob 
suberin moddasi paydo bo‘ladi. Bunday hujayralarning po‘sti egiluvchan va
pishiq bo‘ladi, biroq o‘zidan suv va gazlarni o‘tkazish xususiyatini yo‘qotadi.


40 
Po‘kaklangan hujayralar tashqi muhit hamda organlardagi boshqa tirik 
hujayralar bilan moddalar almashinish xususiyatini yo‘qotadi (moddalar 
almashinish jarayoni butunlay to‘xtaydi). Po’kaklangan to’qima urug’larni tashqi 
ta’sirlardan saqlaydi. 
Urug‘ va mevalarning yetilishi jarayonida hujayralarning po’stida gidrofob 
polimer moddasi - kutin hosil bo’ladi va urug’larni tashqi muhit va 
mikroorganizmlar ta’siridan saqlaydi. Bu jarayondan keyin hujayra po‘stining
egiluvchanlik xususiyati saqlansa ham, biroq suv va gazlar o‘tkazish qobiliyati 
pasayadi. Hujayralarda modda almashinish jarayoni ancha sekinlashadi, lekin 
butunlay to‘xtamaydi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling