I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leykoplastlar
- Xromoplastlar
- Goldji apparati
- Mikrotanachalar
Xloroplastda asosan yashil rangli xlorofill, sariq rangli karotin va qizg’ish
rangli ksantofill pigmentlari sintezlanadi. Xloroplastning asosiy vazifasi aynan xlorofill bilan bog‘liq. U fotosintez jarayoniga qatnashib anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Xlorofill - o‘simlik hujayrasida uchraydigan eng muhim pigment - yashil rang beruvchi modda hisoblanadi. Xlorofill moddasi halqa bo‘lib birikkan bir talay karbon va azot atomlaridan tashkil topgan, unda halqaning markazida magniy atomi turadi. Xloroplastda fotosintez jarayoni natijasida kraxmal hosil bo‘ladi. Fermentlar yordamida bu kraxmal shakarga aylanadi va glyukoza ko‘rinishida bargdan boshqa organoidlarga tarqaladi. Leykoplastlar oq rangli yumaloq tirik tanachalar shaklida uchraydi Leykoplastlarning asosiy vazifasi kraxmal, oqsil va yog‘ moddalarini to‘plashdan iborat. Leykoplastlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan glyukozani ikkilamchi kraxmalga - amiloplastlarga aylantirib, zaxira kraxmalga o‘tkazish xususiyatiga ega. Xromoplastlar - karotinoidlar lipoidlar jumlasiga kiruvchi pigment (karotin, ksantofill)lardan iborat. Bu pigmentlar kimyoviy tuzilishi jihatidan uglevodorodlarning izoperenoidi bo‘lib, 40 ta uglerod atomidan iborat. Yadro - bu irsiy belgilarni saqlaydigan va oqsil sintezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa darhol nobud bo‘ladi. Hujayra yadrosidan so‘ng eng yirik organoid - endoplazmatik retikulum. Ular membranalardan hosil bo‘lgan kanalchalar bo’lib, uch o‘lchamli labirintlar 44 ko‘rinishiga ega. Labirintlar orasidagi bo‘shliqlar tsisternalar deyiladi. Ikki xil retikulumlar bo‘lib, g‘adir-budir retikulumda organoidlardan ribosomalar joylashadi va ular oqsil sintezini ta’minlaydi. Silliq retikulumda, ya’ni tsisternalarda lipidlar va boshqa moddalar sintezi boradi. Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik kanalchalarning tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq, mayda tanachalarni ko‘rish mumkin. Ular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislota (RNK)ning spiralsimon shaklli bir necha molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o‘rami orasida oqsil molekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Diktiosomalar yoki Goldji apparati deb nomlangan biomembranalar to‘plamining funksiyasi hujayrada sintezlangan mahsulotlarni hujayra tashqi biomembranasiga tashishdan iborat. Ular retikulum va hujayraning chiqaruvchi tizimiga bog‘langan. Goldji apparatida organik moddalar vaqtincha to‘planadi va keyin hujayraning boshqa qismlariga tarqaladi. Mikrotanachalar - hujayra organellalari sferik yoki yumaloq diametri 0,2...1,5 mkm va bir qavat biomembrana bilan o‘ralgan o‘simlik hujayrasining tarkibiy qismidir. Bulardan sferasomalarda zaxira lipidlari sintezlanadi va to‘planadi, glikosomalarda esa lipidlar uglevodlarga aylanadi. Turli moyli o‘simliklar sferasomalari bir-biriga yaqin kimyoviy tarkibga ega. Triglitseridlar ularning 80-90 foizini tashkil qiladi. Sferosomalarda triglitseridlarning sintezini ta’minlovchi fermentlar mavjud. O‘simlik tanasining boshqa hujayralaridan farqli pishgan moyli urug‘ moyli to‘qimalari hujayralarining butun hajmi zich taxlangan sferosomalarga to‘lgan. Quruq urug‘larda esa vakuollar umuman yo‘q. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling