I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Moyli urug’lar hujayra tsitoplazmasidagi moyninng holati
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
1.4.2. Moyli urug’lar hujayra tsitoplazmasidagi moyninng holati.
Lipidlar protoplast tarkibida uchraydigan eng muhim moddalardir. Ular tuzilishiga ko‘ra murakkab efir bo’lib birikkan yog‘ kislotalari va glitserindan tashkil topgan. O‘simliklarning protoplastida oddiy yog‘lar va murakkab lipidlar 45 (lipoidlar yoki yog‘larga o‘xshash moddalar) bo‘ladi. Lipidlarga fosfo- va glikolipidlar hamda ba’zi pigmentlar (karotinoidlar) kiradi. Bular hujayraning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Yog’lar hujayralar tsitoplazmasining tuzilishiga kiradigan tarkibiy qism ko’rinishida yo bo’masa, yog’ to’qimasida to’planib boradigan zaxira yog’ shaklida bo’ladi. Hujayraning tarkibiy qismi bo’lmish protoplazma to’qimalarda doimiy miqdorlarda uchraydi va doimiy tartibda bo’ladi. Hujayra tsitoplazmasida yog’ zaxira holda suyuq tomchilar shaklida saqlanadi va oqsillar bilan beqaror bo’ladigan birikmalar (lipoproteidlar)ni ham hosil qiladi. Ayniqsa zaxira holda yog’ ko’p miqdorda urug’larda (kungaboqar, zig’ir, kunjut, kanakunjut, va xakozo) va qisman mevalar tarkibida uchraydi. Turli o’simlik urug’ida yog’ning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, yeryong’oq tarkibining 50 % ni yog’, yong’oqning 75%, zig’irning 70- 72 % ni , bodomning 70% ni yog’ tashkil etadi. Murakkab lipidlar (lipoidlar) neytral yog’larga qaraganda birmuncha murakkab moddalar. Ular tarkibida glitserin bilan yog’ kislotalaridan tashqari boshqa birikmalardan iborat struktura elementlari: fosfat kislota, azotli moddalar, sterinlar, sfingozinlar va boshqalar bo’ladi. Lipoidlar butun hujayra tsitoplazmasida bo’ladi, lekin hujayra membranalarida ayniqsa ko’p. Yog‘lar bilan lipidlar hujayrada energiya (quvvat) berish vazifasini bajaradi. Yog‘lardan tashqari o‘simliklarning hujayra oraliqlarida efir moylari yog‘ tomchilari shaklida (lavanda, yalpiz, rayhon va boshqa o‘simliklarda) uchraydi. Lipidlarning hujayrada joylashishi haqida turli tushunchalar mavjud: professor A.M.Goldovskiy nazariyasi bo‘yicha (1937 y.) moyli urug’lar hujayralarida moy nihoyatda kichik ultramikroskopik kapillyarlar ichida joylashgan deb hisoblanadi. Ultramikroskopik kanalchalar (kapillyarlar) quruq urug’ va mevalarning qattiq tsitoplazmasida bir xil taqsimlangan. 46 Keyinchalik 1963 yilda K.E.Leontyevskiy nazariyasi paydo bo‘lib, moyli urug’larning tuzilishini elektron mikroskop yordamida tekshirish natijasida moy suyuq tomchilar shaklidagi globula yoki sferasomalarda yig‘ilishi ta’kidlangan. Globula yoki sferasomalarni qobiqlari ham o‘ta mustahkam bo‘lib, oddiy mexanik kuch yordamida ularni buzib tashlash yoki uzish nihoyatda qiyinligi aniqlangan. 1971 yilda professor V.G.Sherbakov tomonidan moyli urug’larni ichki tuzilishi yanada mukammalroq o‘rganilgan va elektron mikroskop yordamida 60- 80 ming marotaba kattalashtirib, moy saqlab turuvchi mahsulot qismlari haqiqatan ham shar shakldagi sferosomalarda ekanligi tasdiqlangan. Shu bilan birgalikda sferasoma va globulalar atrofida nihoyatda ko‘p miqdorda ariqchalar borligi aniqlangan. Bunga sabab moyli urug’lar yetilayotgan, yig‘ib olinayotgan yoki saqlanayotgan vaqtda namlik miqdorining o‘zgarib turishi tufayli suv bug‘larining uchishi ta’sirida ushbu tirqishlar paydo bo‘ladi degan fikr yuzaga kelgan. Umuman nazariyalar bir-biriga qarshi bo‘lmay, aksincha bir-birini to‘ldirishi V.G.Sherbakov tomonidan aniq tajribaviy dalillar asosida tushuntirib berilgan. Protoplast tarkibida uglevodlar ham uchraydi. Uglevodlar hujayra tarkibidagi faol biologik moddalar bilan bog‘lanib glikozidlar, glikoproteid kabi muhim moddalar hosil qiladi. Kraxmal o’simlik hujayrasida zaxira holda to’planadigan murakkab polisaxaridlarning keng tarqalgan turi. U tsitoplazmada erimaydigan donachalar shaklida to’planadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling