I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Hujayralarda mineral moddalarning to’planishi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.4.3. Hujayralarda mineral moddalarning to’planishi. 
Hujayra moddalari orasida suv birinchi o‘rinda turadi. Suv hujayra
massasining deyarli 80% ni tashkil etadi. Suv hujayraning faqat miqdor
jihatdan muhim bo‘lgan tarkibiy qismi emas. Hujayra hayotida u juda katta
va xilma-xil rol o‘ynaydi. 
Hujayraning fizikaviy xossalari - hajmi, elastikligi suvga bog‘liq. Organik
moddalar molekulalari strukturasini, jumladan, hujayralar funksiyasini bajarish
uchun zarur bo‘lgan oqsillar strukturasini hosil qilishda suvning ahamiyati
juda katta. Suvning erituvchi sifatidagi ahamiyati ham katta: ko‘pgina


47 
moddalar tashqi muhitdan suvdagi eritma holida hujayraga o‘tadi va hujayradagi 
mahsulotlar ham suvdagi eritma holida chiqarib yuboriladi. Suv ko‘pgina
kimyoviy reaksiyalar (oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va boshqalarning
parchalanish reaksiyalari) ning bevosita ishtirokchisidir. 
Hujayrada ro‘y beradigan kimyoviy reaksiyalar faqat suvli eritmada sodir 
bo‘ladi. Masalan, oqsillar,
yog‘lar, uglevodlar va boshqa moddalar suv bilan 
o‘zaro kimyoviy ta’sir etish natijasida parchalanadi. 
Nihoyat, suv hujayradagi issiqlik taqsimotida va issiqlik ajratishda muhim 
rol o‘ynaydi. Tashqi muhit harorati pasayganida yoki ko‘tarilganida suv 
molekulalari o‘rtasida vodorod bog‘larining uzilishi va yangidan hosil bo‘lishi 
tufayli issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. 
Suvda eritmalar holida juda xilma-xil mineral tuzlar bo‘ladi. Hujayra 
tarkibida quyidagi mineral tuzlar: kationlardan - kaliy, natriy, kaltsiy, magniy; 
anionlardan - kuchsiz fosfor, xlor, karbon kislota qoldiqlari va boshqa ko‘pgina 
tuzlar bo‘ladi Bu tuzlar hujayradagi fizik-kimyoviy jarayonlar uchun zarur. 
Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar sifatida uchraydi. 
Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko‘rinishida bo‘ladi. Ion holida 
uchraydiganlar orasida K
+
, Na
+
, Ca
2+
tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular 
tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat - qo‘zg‘atuvchanlikni amalga oshirishni 
ta’minlaydi. 
Suv va suvda erigan mineral moddalar, qand va polisaxaridlar, organik 
kislotalar va boshqa moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi va 
hujayra shirasida to‘planadi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling