I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Tayanch iboralar: 
Metabolik jarayonlar, fiziologik faoliyat, kimyoviy tarkib, lignin, mikroskop, 
tarkibiy 
elementlar,
vakuola, 
protoplast, 
tsitoplazma, 
yadro, 
diffuziya, 
lipoproteidlar, glikoproteidlar,
nukleoproteidlar, mitoxondriya, pigmentlar, 
xlorofill, leykoplastlar, xromoplastlar, endoplazmatik reticulum, ribosomalar, 
Goldji apparati, mikrotanachalar, sferosoma. 



48 
Nazorat savollari:
 
1. Urug’lar asosiy to`qimalarining hujayralarida nechta va qanday asosiy 
elementlar bo’ladi? 
2. O’simlik hujayrasida zaxira moddalari qanday taqsimlangan bo’ladi? 
3. Qanday 
kimyoviy 
moddalar 
urug’larni о‘rab turuvchi tо‘qimalar 
mustahkamligini ta’minlaydi? 
4. О‘simlik hujayra asosiy organoidlarini ayting va funksiyalarini 
tushuntiring. 
5. Tsitoplazma nima va uning kimyoviy tarkibi qanday? 
6. О‘simlik hujayrasida zaxira oqsil moddalarning to’planishini tavsiflab bering. 
7. Lipidlarning hujayrada joylashuvi qanday? 
8. Hujayra tarkibidagi uglevodlarning ahamiyati. 
9. Hujayraning fizikaviy xossalari suvga bog’liqligini tushuntiring. 
10. Vakuolaning tarkibi nimadan iborat? Uning ahamiyati nimada? 
11. Mitoxondriylarning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
12. O’simlik hujayralarda mineral moddalarning to’planishini tavsiflab bering. 
1.5. URUG‘LARNING HOSIL BO‘LISHIGA TASHQI
MUHITNING TA’SIRI 
1.5.1. Urug’larda moy (triglitserid) hosil bo’lish jarayoni
va bunga tashqi muhitning ta’siri 
O‘simliklarda yog‘lar asosan uglevodlardan hosil bo‘ladi. Biroq bu
jarayon birmuncha murakkab bo‘lib, avval uglevodlar ko‘pgina oraliq 
reaksiyalarda boshqa birikmalarga aylanadi. Bu reaksiyalarda, birinchidan,
yog‘ hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘ladigan energiya ajralib chiqsa,
ikkinchidan, yog‘larning tarkibiy qismi hisoblangan birikmalar hosil bo‘ladi.
Bu birikmalar yog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etadigan ferment tizimlar ta’srida
hujayra va to‘qimalarda yog‘larga aylanadi. 
Yog’ hosil qiladigan ferment tizimlar, asosan, mikrosomalarda va
mitoxondriylarda mujassamlashgan. Triglitseridlar hosil qiladigan birlamchi
mahsulotlar yog‘ kislotalar va glitserindir. Boshqa birikmalar kabi, glitserin va 


49 
yog’ kislotalar ham faol holga kelmasdan turib, bevosita reaktsiyaga kirisha 
olmaydi.
Yog’ kislotalar bevosita faollashgan shaklda uchrashi mumkin. Faol 
bo’lmagan yog’ kislotalar ATF va KoA (koferment-A) ishtirokida faol holga 
aylanadi. 
KoA molekulasi tarkibini adenozin, pantotenon kislotasi, tioetanolamin va 
fosfor kislotasining qoldiqlari tashkil etadi. Koferment-A atsil guruhlarini 
ko’chirishda, yog’ kislotalarining biosintezi jarayonida ishtirok etadi. 
Ikkinchi tomondan fosfodioksiatsetondan faollashgan glitserin hosil bo’ladi. 
Bu reaktsiyada qaytarilgan NADF

H

(tirik hujayralarda oksidlanish-qaytarilish 
reaktsiyalarida ishtirok etadigan fermentlar kompleksi) ishtirok etadi.
Hosil bo’lgan faol glitserin va yog’ kislotalarning kofermentli hosilalari 
osonlik bilan reaktsiyaga kirishib, fosfatid kislota (diglitserid fosfat) hosil qiladi.
Diglitserid yana bir molekula yog’ kislotasining kofermentli hosilasi bilan 
reaktsiyaga kirishib, yog’lar hosil qiladi. 
Yog’ hosil bo‘lishini quyidagi umumiy sxema bilan ifodalash mumkin: 
O’simlik o‘stirilayotgan joyning iqlim sharoiti va mineral o‘g‘itlar
undagi moddalar almashinuvi jarayonlariga, urug’ning kimyoviy tarkibiga va
ayniqsa tsellyuloza, yog‘lar hamda
oqsillar biosinteziga ancha kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Iqlim sharoiti har xil bo‘lgan turli geografik hududlarda
yetishtirilgan o`simlikda moddalar almashinuvi har xil bo’ladi. 
Bir turdagi va hatto bitta o`simlik meva va urug’lari morfologik belgilari, 
kimyoviy tarkibi va fiziologik xossalari bilan farq qilishi mumkin. Bunday turlicha 
sifatlilik, urug’lar va mevalar haqida gapirilganda ularning o`rtacha yoki umumiy
belgilarini tushuntirishga olib keladi. 


50 
Urug’lar va mevalar sifatining turlichaliligi turli sabablarga ko`ra yuzaga 
keladi va bir necha shakllarga bo’linadi. Aniq ko`ringan belgilardan biri 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling