onalikning turlichaligi, ya’ni rivojlanayotgan urug’ onalikning turli joyida
joylashuvi hisoblanadi.
Masalan, paxta ko`sagida urug’larning shakllanish tezligi gullarning
poyada joylashuviga bog’liq bo`ladi (5-jadval). Poyaga yaqin joylashgan
ko`saklar tezroq rivojlanadi.
5-jadval
Paxta ko`sagining poyada joylashuvining chigit sifatiga ta’siri
(X. X. Yenileyev va V. P. Solovyov, 1960)
Poya shoxining
raqami
Bitta ko’sagida urug’
miqdori (o’rtacha)
1000 urug’ning
massasi, g
Urug’ namligi,
%
1-3
32,8
135
7,32
4
33,7
135
7,22
5
35,3
134
7,10
6
36,1
134
7,07
7
36,7
133
7,22
8
38,0
129
-
Kanakunjut urug’larining kimyoviy tarkibi ular shakllangan ko`sakchaning
poyada joylashuviga bog’liq bo`ladi. Markaziy o`q poyada joylashgan guldan hosil
bo`lgan urug’lar yon shoxlarda hosil bo`lgan urug’larga nisbatan yog’ga boy va
tarkibida ritsinol kislota miqdori ko`p bo`ladi. Poyaning turli joylarida rivojlangan
zig’ir urug’lari ham tarkibi, to`planadigan lipidlar miqdoriga ko`ra va alohida
urug’larning massasi bilan farq qiladi.
Bitta to’pgulda urug’lar miqdori
qanchalik ko`p bo`lsa, ular
ning xossalari va
kimyoviy tarkibi
ham shunchalik turlicha bo`ladi. Sifatning turlicha bo`lishini
kungaboqar misolida kuzatish mumkin (5-rasm). Yetilish vaqtida kungaboqarning
gul kosasida 8 minggacha urug’ mavjud bo`ladi. Kungaboqar soyabonining o`ziga
xos tuzilishi urug’lar yetiladigan naysimon gullarning o`ziga xosligini belgilaydi.
Naysimon gullarning ochilishi soyabonning chetlaridan markazga qarab o`zgarib
boradi. Bunday zonalar 6-12 ta bo`lib, har kuni bitta zona gullari ochiladi va
soyabonning gullash davri 6-12 kun davom etadi.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |