I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


-rasm. Kungaboqar to’pgulida tomirlarning joylashuvi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

5-rasm. Kungaboqar to’pgulida tomirlarning joylashuvi. 
Urug’lar radial yo`nalishda chetlardan markazga qarab o`zgarib boradi. Eng 
chetda joylashgan urug’lar yirik, yaxshi yetilgan, markazdagi urug’lar eng yosh va 
kichik bo`ladi. Urug’larning shakllanishi va yetilishi turli haroratda, namlikda, 
o`simlik yaproq yuzasida sodir bo`ladi.
Markaziy zonadagi urug’lar va gullar suv va oziqaviy moddalar bilan yomon 
ta'minlanadi. Chunki tomirlarning joylashuvi xuddi poyadagidek bo`ladi. Yirik 
tomirlar yon tomonlarda, kichiklari chekkalarida joylashgan bo`ladi.
Suv va oziqaviy moddalar kelishi kamayganida soyabon markazidagi 
gullarning nektarliligi kamayadi, ularga hasharotlar kam keladi. Bu esa 
changlanishni va gulning keyingi rivojlanishini yomonlashtiradi.
Urug’larning 
kimyoviy 
tarkibi 
urug’larning 
rivojlanish 
vaqtida 
yaproqlarning holatiga bog’liq bo`ladi. A.I.Yermakov tomonidan o’trkazilgan 
tajribalarda zig’irning bir qism yaproqlari gullash vaqtida olib tashlanganida 
urug’larning massasi kamaydi. Soya o’simligi yaproqlaridan oziqa moddalari 
o`simlikdagi ularga yaqin bo`lgan mevalarga keladi. Kungaboqar yaproqlari faqat 
soyabondagi o`z urug’lari qatorini ta'minlaydi. Urug’lar sifatining turlicha 
bo`lishiga yaproqlarning shamol, hasharotlar va mikroorganizmlar ta'sirida 
shikastlanganligi ham ta'sir qiladi. 
O’simlik va urug’larning rivojlanishida ularning gibrid tabiati ham katta 
ahamiyatga ega. 
Urug‘larda rivojlanishning turlicha bo‘lishi yana ularning genetik 
turliligiga, ya’ni turli changchilar, urug‘donlar, murtaklar sifatiga bog‘liq.


52 
Urug’lar sifatining turlicha bo`lishiga tashqi muhit ham ta'sir ko`rsatadi. 
O`zgaruvchan tashqi muhit sharoitlarida urug’lar oziqaviy moddalar bilan turlicha 
ta'minlanadi. Urug‘ni pishish davrida unga oziqa moddalarining o‘tish muddati va 
jadalligi ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Ob-havo yaxshi bo‘lib, nam yetarli 
bo‘lganda urug‘ning yetilish va pishish davri uzayadi, urug‘ yirik bo‘lgan holda, 
hosil oshadi. 
Moyli o’simliklar va urug’larning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibining 
o’zgarishi tashqi muhit ta’sirida sodir bo’ladi. O‘simliklarning tashqi muhit 
sharoitiga moslashish xususiyati nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi 
saqlanib qolish maqsadiga yo‘naltirilgan.
Moyli o‘simliklarni o‘stirish joyining geografik o‘rni va unga xos bo‘lgan 
iqlim sharoiti - harorat, yorug‘lik, namlik va boshqalar urug‘da hosil bo’lgan va 
to’plangan moyning miqdoriga hamda tarkibiga ta’sir qiladi.
S.A.Ivanov, turli geografik joylarda o‘stirilgan moyli o‘simliklarning moy 
tarkibini o’rganib, moy hosil bo’lishi jarayoni shimolda o’sadigan o’simliklarda 
kuchayadi, degan xulosaga keldi. Masalan, O’rta Volga bo’yida yetishtirilgan 
xantal urug‘ida moy miqdori 30-33% bo’lsa, shimolda - G’arbiy Sibirda o’stirilgan 
xantal urug’i tarkibida esa moy miqdori 40...50% ni tashkil etadi. Urug’ tarkibidagi 
moy miqdoriga o’simlikning dengiz sathidan qaysi balandlikda o‘stirilishi ham 
ta’sir qiladi. N.I.Vavilovning ko’zatishi bo’yicha yetishtirish joyning dengiz 
sathidan balandligi oshganda urug’ tarkibidagi moy miqdori ham ko’payadi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har xil geografik kengliklarda 
etishtirilgan o‘simliklarning moyi yog’ kislotali tarkibi bilan farqlanadi. Moy 
miqdorining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydigan tashqi muhit sharoiti (asosan harorati), 
uning to‘yinmaganlik darajasining 
o'shishiga olib keladi. 
S.L.Ivanovning xulosasiga asosan past harortlarda o‘simlik moylarining 
to‘yinmaganlik darajasi oshganda o’simlikning 
himoyalanish 
reaktsiyasi 
kuchayadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalar to’yingan yog’ kislotalarga nisbatan past 
harortda suyuq holatda bo’lib o’simliklarni past harorat ta’siridan saqlaydi. 
Masalan, tropik o‘simliklarning ko’pchilik moylari qattiq (xona haroratida) 


53 
bo’ladi, o‘rta va 
shimoliy hududlarda o'sayotgan o'simliklarda esa
suyuq moylar 
to’planadi. 
Lekin janubda o’sayotgan ayrim o’simliklar yog’larida polito’yinmagan (2 
ta, 3 ta va 4 ta qushbog’li) yog’ kislotalari aniqlangan. Olimlarning fikri bo’yicha, 
urug‘larning pishishi davrida moyning to‘planishiga va to‘yinmaganlik darajasiga 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling