I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

tashqi muhit harorati va tuproqning namligi ta’sir qiladi. Tuproqning namligi 
yuqori bo’lganda urug’larning moyliligi va to’yinmaganlik darajasi oshadi. 
Urug'larning moy hosil bo’lish jadalligiga ug’itlar ham 
ta’sir qiladi. Amalda 
paxta, kanakunjut, indov, eryong’oq, zig’ir, soya urug’larning yog’dorligiga kaliy 
va fosforning ijobiy ta’siri aniqlandi. 
1.5.2. Moyli urug’larda modda almashinuvining
o’ziga xosligi 
Evolyutsion taraqqiyot davomida o‘simliklar tashqi muhitga yaxshi 
moslashgan. Ularning bu munosabati modda almashinishi orqali amalga oshib, 
o‘simlaklarning fiziologik holati, tashqi muhit sharoiti va o‘simlik kimyoviy 
tarkibiga bog‘liq. O‘simliklarning tashqi muhit bilan bog‘liqligi hayvonlarning 
tashqi muhit bilan bog‘liqligiga nisbatan ancha kuchli, chunki hayvonlar zarur 
bo‘lgan vaqtda og‘ir va noqulay iqlim sharoitidan qochishlari mumkin.
O‘simliklarning tashqi muhit sharoitiga moslashish xususiyati nihoyatda 
xilma-xil. Ushbu xususiyatlar o’simlikning barcha qismlarida, ayniqsa yetilgan 
urug’ va mevalarda namoyon bo’ladi. 
Moyli urug’larning pishishi murakkab ko’p bosqichli jarayon. Ularda bir 
qator murakkab o’zgarishlar - fermentativ reaktsiyalar, biosintez, lipidlarning 
to’planishi kuzatiladi.
Pishishning 
boshlang’ich 
davrlarida urug’larda asosan uglevodlar 
almashinuvi borib, uglevodlar va oqsillar sintezini ta’minlaydi. Urug’ to’qimalari 
o’sishi to’xtashi bilan oqsillar sintezi susayadi, uglevodlarning lipidlarga aylanish 
jadalligi ortadi. Urug’larda lipidlar to’planadi, bu jarayon to’liq pishguncha davom 
etadi. 


54 
Urug‘ pishayotgan davrda undagi modda almashinish tezligi ancha o’zgaradi 
va yetilish bilan birga tarkibidagi suv miqdori sekin-asta kamayib boradi. Yetilgan 
urug‘lar, odatda, juda ham quruq bo‘ladi.
Yetilish davrida modda almashinish jarayoni maksimal darajada bo’lgan 
holatdan urug’lar tinch holatga o’tadi. Tinch holatdagi urug‘larning salbiy 
ta’sirlarga chidamliligi oshadi. Shuning uchun, ularni shu holatda saqlash 
tarkibidagi zaxira moddalarni to‘liq saqlanib qolishini ta’minlaydi. 
Tinim davrining o‘tish muddati o‘simlik turi va ularning nav xususiyatlariga, 
urug‘larning onalik belgilari o‘simlikda rivojlanishi va pishishi hamda urug‘ning 
yig‘ib olingandan so‘ng saqlash sharoitiga bog‘liq. Bu davrda urug‘ fiziologik- 
biokimyoviy jarayonlarni o‘tadi, ular to‘la yetiladi va unib chiqish xususiyatiga ega 
bo‘ladi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to’la to’xtamaydi, balki faol 
modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. 
Tinch holatdagi urug‘larda fermentlar faolligi minimal bo‘lib, modda 
almashinuvi urug‘ni ekish davrigacha saqlanishi uchun zarur bo‘lgan minimal 
qiymatga ega bo‘ladi. Namlik, harorat va kislorod ta’sirida urug‘ murtagi tinch 
holatdan chiqadi va o‘sa boshlaydi. Asosiy to‘qimalardagi zaxira moddalari 
parchalanadi va yangi o’simlik rivojlanadi. 
O‘simliklarda moddalarning almashinuvi tashqi muhit sharoitining 
o’zgarishi ta’sirida boradi, urug’larda har xil tezlik bilan kimyoviy, asosan 
oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari sodir bo’ladi.
O’sayotgan o’simliklar quyosh energiyasi bilan ta’minlanadi va fotosintez 
jarayonida anorganik moddalardan organik moddalar paydo bo’ladi. To’plangan 
uglevodlar, so’ngra lipidlar (yog’lar), oqsillar va hujayraning boshqa 
komponentlari sintezining barcha keyingi jarayoni organik birikmalar energiyasi 
hisobiga fermentativ reaktsiyalar tsiklida amalga oshadi. Pishgan urug’lar 
energiyani organik moddalarning (uglevod, yog’, oqsillar) oksidlanishi hisobiga 
oladi. 
Organizmlarga energiya beradigan moddalar makroergik birikmalar bo’lib, 
ular fosfor guruhlari borligi bilan tavsiflanadi. Bu birikmalardan barcha tirik 


55 
organizmlar uchun eng muhimi adenozintrifosfat kislota -ATF bo’lib, u 
adenonozindifosfat - ADF yoki adenozinmonofosfat kislota - AMF gacha 
parchalanadi. ATFning parchalanishi natijasida 8-10 kkal/mol’ energiya ajralib 
chiqadi. 
Yig’ib olingan urug’larda modda almashinish jarayoni nafas olish orqali 
amalga oshiriladi. O’simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaktsiyalarda 
organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga parchalanishi va 
kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoni nafas olish deyiladi. 
Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo’lib, barcha tirik organizmlarga xos 
xususiyatdir. Bunda uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Biroq uglevodlarning tirik 
organizmlarda bajaradigan vazifasi faqat ularga energiya yetkazib berish bilan 
yakunlanmaydi. Ularning parchalanishida bir qator oraliq birikmalar hosil bo’ladi. 
Bu birikmalar o’simliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning 
(yog’lar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi. 
Barcha tirik hujayralarning organoidi sanaladigan mitoxondriyalar nafas 
olish a’zosi hisoblanadi. Ana shu mitoxondriyalarda murakkab organik birikmalar 
(asosan uglevodlar) fermentlar tizimi ishtirokida kislorod yordamida oksidlanib, 
suv va CO
2
ga parchalanadi. Bu reaksiyalar tizimi biologik oksidlanish deyiladi. 
Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar 
(yog’lar, yog’ kislotalari, oqsillar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. 
Umuman, o’simliklarning nafas olishi qorong’ilik yoki yorug’likdan qat’iy 
nazar tirik hujayralarda doimiy xarakterga ega. Hatto omborlarda saqlanadigan 
urug’larda nafas olish to’xtamaydi. 
Turli-tuman fermentlar jadalligida sodir bo’ladigan nafas olish jarayonida 
murakkab organik moddalar, oddiy birikmalargacha, jumladan, oqsillar 
aminokislotalargacha, yog’lar glitserin va yog’ kislotalargacha, poli- va 
oligosaxaridlar monosaxaridlargacha parchalanadi. Gidroliz jarayonida hosil 
bo’lgan oddiy birikmalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan keyin karbonat 
angidrid va suvgacha oksidlanishi natijasida energiya ajraladi: 
kj
CO
O
H
O
O
H
C
2875
6
6
6
2
2
2
6
12
6






56 
Nafas olish hodisasi ikki fazadan iborat bo’lib, birinchi faza o’tishi uchun 
kislorod talab qilinmaydi, u anaerob faza hisoblanadi. Shu fazada nafas olishda 
sarflanadigan modda (glyukoza) parchalanish hodisasiga uchraganligini hisobga 
olib uni glikoliz fazasi deb atashadi. 
Bu jarayonda juda kam miqdorda energiya ajralib chiqadi va oxirgi bosqich 
mahsuloti piruvat kislotasi hosil bo‘ladi. Glikoliz anaerob nafas olish va bijg’ish 
jarayonlarining boshlang‘ich bosqichidir. 
Glikoliz hodisasida energiyaga boy 4 molekula ATF va 2 molekula NAD-H 
(nikotinamidadenindinukleotid vodorodi) hosil bo’ladi. NAD-H ning har qaysisi 
oksidlanganda 3 molekula ATF sintezlanadi. Demak, 2 NAD-H oksidlanishida 6 
molekula foydali energiyaga ega ATF hosil bo‘ladi.
Nafas olishning aerob bosqichi - ikkinchi asosiy bosqich sanaladi. Bu 
bosqichda piruvat kislota karbonat angidrid bilan suvda to’liq parchalanadi. Bu 
jarayon aerob sharoitda sodir bo’lib, bunda bir qator oraliq moddalar, dikarbon va 
trikarbon kislotalar ishtirok etadi. Ularning bir-biriga aylanishi “halqa”dan iborat. 
Shuning uchun ham dikarbon va trikarbon kislotalar tsikli deb ataladi. 
Triglitseridlarga boy bo‘lgan moyli o‘simliklar urug‘ining unishida ular 
tarkibidagi lipidlar juda tezlik bilan kamayishini kuzatish mumkin. Shu bilan birga 
bu davrda lipaza fermentining faolligi ham eng yuqori bo‘ladi. O‘simlik moylari, 
avvalo, lipaza fermenti ishtirokida gidrolizlanib, yog‘ kislotalar va glitseringacha 
parchalanadi. Lipazaning ta’siri bir necha bosqichli bo‘lib, triglitseridlar avval 
diglitseridlarga, so‘ngra monoglitseridlarga va nihoyat yog‘ kislotalari hamda 
glitseringa parchalanadi. 
Moylarning lipaza ta’sirida parchalanishini sxematik ravishda quyidagicha 
ifodalash mumkin: 


57 
Bunday reaksiya natijasida hosil bo’lgan glitserin va yog‘ kislotalarining 
keyingi parchalanishidan hosil bo’lgan oxirgi mahsulot bir xil, ya’ni karbonat 
angidrid bilan suv bo‘lsa-da, lekin ular har xil yo‘l bilan parchalanadi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling