I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tayanch iboralar:
Mikrosomalar, koferment, fermentlar kompleksi, biosintez, moddalar almashinuvi, urug’larning yetilishi, urug’larni saqlash, nektar, changlanish, urug’larning gibrid tabiati, genetic xususiyatlar, sintez, urug’larning tinch holati, energiya, nafas olish jarayoni, biologik oksidlanish, glikoliz, aerob jarayon, anaerob jarayon, lipaza. Nazorat savollari: 1. Urug’larda moy hosil bo’lish jarayonini tavsiflab bering. 2. Bitta to’pguldagi urug’larning xossalari va kimyoviy tarkibi turlicha bo`lishiga sabab nima? 3. Urug’lar sifatining turlicha bo`lishiga tashqi muhit qanday ta’sir ko’rsatadi? 4. Urug’larda to’planadigan moy miqdori va yog’ kislotalari tarkibi haqidagi S.А.Ivanov qonuniyatini tushuntiring. 5. Qaysi geografik kengliklarda o’stirilgan moyli o’simliklarning urug’larida to’plangan moylarda to’yinmagan va o’ta to’yinmagan yog’ kislotalari miqdori ko’proq bo’ladi? 6. Moyli urug’larning yetilish davrida modda almashinish jarayonini tavsiflab bering. 7. Urug’larning tinch holatini ta’riflang va ahamiyatini tushuntiring. 8. Yig’ib olingan urug’larda modda almashinish jarayoni qanday amalga oshadi? 9. Urug’larda nafas olish jarayonining anaerob va aerob bosqichlarini tavsiflab bering. 10. Moyli o‘simliklar urug‘ining unishi davrida lipaza fermentining faolligi qanday ta’sir qiladi? 58 1.6. MOYLI URUG’LAR SIFATINI BAHOLASH VA URUG’LARNING TEXNIK KIMYOVIY TAXLILI 1.6.1. Moyli o’simliklar urug’larining asosiy sifat ko’rsatkichlari va davlat standartlarini tuzishning asosiy tamoyillari Moyli mevalar va urug’larni tavsiflash uchun moyli o’simliklarning navi tushunchasi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Navning turlichaligi moyli xom ashyo texnologik xususiyatlari va olinadigan mahsulot xossalarini belgilaydi. Nav – bu bir xil vegetatsion davrli, tashqi ko’rinishi va o’lchamlari, mevalari va urug’lari bir xil bo’lgan o’simliklar yig’indisidir. Bitta navdagi o’simliklar bir xil nasliy belgilarga - moylilik va hosildorlik, qurg’oqchilikka, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamlilikka ega bo’ladi. Tanlash uslubi – selektsiya yordamida dastlabki navdagi o’simlikka nisbatan hosildorligi, tashqi muhit ta’siriga chidamliligi va boshqa belgilari bilan farq qiladigan navlarni yetishtirish mumkin. Selektsiya yordamida kungaboqarning belgilangan yog’- kislota tarkibli navlari yaratilgan, indov(raps)ning moyi tarkibida eruk kislotasi bo’lmagan navi yaratilgan. Shu bilan birga turli moyli o’simliklar urug’larining texnologik xossalari yuzasidan selektsiya ishlari amalga oshirilmagan. Masalan, paxta selektsiyasida urug’lardagi yog’ miqdori hisobga olinmaydi va yangi navlarning moyliligi eski navlardagiga nisbatan past. Qandolatpazlik maqsadlariga mo’ljallangan kungaboqar oqsillarining belgilangan aminokislota tarkibi boyicha selektsiyani amalga oshirish kerak. Texnologik xossalari yaxshilangan moyli o’simliklarni ham yetishtirish katta ahamiyatga ega. Moyli o’simliklarni selektsiyalashda individual tanlash, hamda tur ichida, turlararo tanlash va mutagen gibridlash uslublaridan foydalaniladi. Akademik V.S.Pustovskiy tomonidan kungaboqarni selektsiyalashda katta yutuqlarga erishilgan. Uning rahbarligi ostida kungaboqarning moy miqdori zig’ir, oddiy kungaboqar, xantal kabi moyli o’simliklardagiga nisbatan yuqori bo’lgan navlari 59 yaratilgan. Moyning chiqishi kungaboqarning oddiy navlariga nisbatan 170% ni tashkil qiladi. Kungaboqarni selektsiyalash V.S.Pustovskiy ishlab chiqqan uslub yordamida amalga oshiriladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling