62
Moyli urug’larga belgilangan davlat standartlarining bo’limlarga
bo’linishi. Moyli xom ashyolarning – urug’lar va mevalarning sifati davlat
standartlari tizimi bilan reglamentlanadi. Standartlarda qonunga ko’ra
moyli xom
ashyolarga yagona texnik talablar, ularni saqlashga va qayta ishlashga
tayyorlash
texnologiyalari belgilangan.
Moyli urug’larning standartlari beshta bo’limni o’z ichiga oladi: ta’riflar,
tovar tasnifi, texnik shartlar, sifatini aniqlash uslublari, saqlash va tashish.
Birinchi bo’limda urug’lardan foydalanish yo’nalishlari, ishlatish maqsadi
belgilanadi.
Ikkinchi bo’limda -
botanik va morfologik belgilar, biologik xususiyatlari
va yetishtirish hududi xususiyatlariga qarab urug’lar
va mevalarning turlar va
xillarga ajratilgan tovar tasnifi keltirilgan. Urug’lar va mevalarning har bir turida
boshqa turdagi urug’lar miqdori 5, 10, 15% miqdorida belgilab qo’yilgan.
Uchinchi bo’limda urug’lar sifatiga qoyilgan talablar
miqdoriy ifodalarda
keltirilgan. Bu talablar – namligi, ifloslanganligi,
zararkunandalar bilan
zaralanganlik darajasi asosida urug’larning sifat guruhi aniqlanadi. Shu bo’limda
urug’lar iflos va moyli aralashmalarining to’liq bayoni keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: