I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

To’rtinchi bo’limda urug’larning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun 
foydalaniladigan standartlar ko’rsatilgan.
Beshinchi bo’limda urug’larni joylashtirish va saqlash qoidalari keltirilgan. 
Urug’lar toza, quruq, begona hidlarga ega bo’lmagan, zararkunandalar bilan 
zararlanmagan vositalarda tashiladi va omborxonalarda saqlanadi.
Moyli urug’lar standartlarida namlik, ifloslanganlik, zararkunandalar bilan 
zararlanganlik va yangiligiga me’yorlar belgilangan bo’lib, xo’jaliklardan 
urug’larni tayyorlash korxonalariga keltirilayotgan moyli xom ashyolar va yog’ 
ishlab chiqarish korxonalariga yuborilayotgan xom ashyoga qoyilgan talablar bir 
biridan farq qiladi.
Tayyorlanayotgan moyli urug’larga ikkita bazis va chegaraviy me’yorlar 
belgilangan. Bazis me’yorlar- urug’larni qo’shimcha ishlov berishsiz saqlash va 
standart sifatli mahsulot olish mumkin bo’lgan sifat me’yorlarini bildiradi.


63 
Chegaralangan me’yorlardagi sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan urug’larga 
qo’shimcha ishlov berish yo’li bilan sifatli mahsulot olish mumkin.
Kritik namlikdan past namlikka ega bo’lgan urug’larni qo’shimcha ishlov 
berishsiz oddiy turdagi omborxonalarda saqlash mumkin. Namlikning bazis 
me’yorlari 9-14% ni, ya’ni kritik namlikdan yuqori miqdorni tashkil qiladi.
Shuning uchun bazis me’yorlardagi namlikka ega bo’lgan urug’lar saqlashdan 
oldin quritiladi.
Kо‘pgina moyli urug‘lar uchun namlikning asosiy me’yori 9 - 14 % ni 
tashkil qiladi, bu urug‘ning о‘lchami va turiga bog‘liq. Ba’zi urug‘lar namligining 
asosiy me’yorlari, %: 
kunjut va chigit 
- 9
yeryong‘oq, kо‘knor, zig‘ir - 11
xantal, indov, kungaboqar 
- 12
maxsar, kanop 
- 13
soya
- 14
Bazis me’yorlarga ko’ra urug’lardagi iflos va moyli aralashmalar miqdori 
reglamentlanadi. Iflos aralashmalarga mineral (tuproq, qum, toshlar) va organik 
aralashmalar (yaproq, poya qoldiqlari, puch urug’lar, urug’ qobiqlari, barcha 
yovvoyi o’simliklar urug’lari, shikastlangan urug’lar) kiradi. 
Moyli aralashmalarga ezilgan, maydalangan, zarakunundalar tomonidan 
zararlangan, puch, kichkina, unib chiqqan, rangi o’zgargan asosiy o’simlik 
urug’lari kiradi. Davlat standartida har bir moyli xom ashyo uchun iflos 
aralashmalarning ruxsat etilgan miqdori (asosiy me’yorlari) kо‘rsatilgan, %: 
kungaboqar va kо‘knor urug‘lari uchun - 1
moyli zig‘ir uchun - 3
boshqa moyli xom ashyolar uchun - 2 .
Moyli aralashmalar miqdori, %: 
kо‘knor uchun - 1 
kungaboqar uchun - 3
maxsar va kanakunjut uchun - 4
qolgan moyli xom ashyolar uchun - 6. 


64 
Kо‘pchilik moyli urug‘lar turlari uchun ularni texnologik qayta ishlashda 
zarur bо‘ladigan namlik urug‘lar namligining asosiy me’yoriga tо‘g‘ri keladi. 
Faqatgina zig‘ir va indov urug‘lari uchun texnologik qayta ishlash uchun kerak 
bо‘lgan namlik miqdori urug‘lar namligining chegaraviy me’yoriga teng. 
Moyli urug’larning sifati chegaraviy me’yorlardan past bo’lsa direktiv
tashkilotlarning maxsus ruxsati bilan qabul qilinadi.
Yog’-moy ishlab chiqarish korxonalariga keltirilayotgan moyli urug’lar va 
mevalarga qo’yiladigan talablar chegaraviy, ba’zida bazis me’yorlardan ham 
yuqori bo’ladi. Masalan, kungaboqar urug’larining namligi 6-8% ni (bazis 
me’yorlarga ko’ra 7%) tashkil qiladi.
Bolalar ovqatlanishi mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan moyli 
urug’larga maxsus talablar qo’yiladi. Masalan, kungaboqar urug’idagi pestitsidlar 
qoldig’i miqdori maksimal qiymatlardan ortiq bo’lmasligi kerak. Og’ir metallar – 
mis, simob, qo’rg’oshin hamda aflotoksinlar miqdori yo’l qo’yiladigan 
kontsentratsiyadan ortiq bo’lmasligi kerak.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling