I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Urug’ va urug’ massasining texnologik xossalari. Urug’ massasining


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.6.2. Urug’ va urug’ massasining texnologik xossalari. Urug’ massasining 
tarkibi 
Urug’ massasi tushunchasi.
Uyib qo’yilgan urug’ partiyasini urug’ massasi 
deb atash qabul qilingan. Saqlashga keltirilgan urug’ uyumi xossalari turlicha 
bo’lgan millionlab urug’lardan tashkil topadi.
Urug’lar va mevalarning xossalari 
ularning anatomiyasi, morfologiyasi, kimyoviy tarkibi bilan bog’langan bo’lib, har 
bir moyli o’simlik uchun o’ziga xos hisoblanadi. Bu tavsiflarning 
o’zgaruvchanligi tufayli urug’ massasining tarkibi va xossalarini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlarning o’rtacha qiymati haqida gapiriladi. Baholash uslubining bunday 
turlaridan biri variatsion egri chiziqlar yoki urug’lar xossalari qatori hisoblanadi. 
Urug’ va urug’ massasining texnologik sifatini belgilovchi xossalari 
shartli ravishhda quyidagilarga bo’linadi: 
fizik-mexanik xossalari (urug’larning fizik-mexanik xossalariga bog’liq 
bo’lgan)- sochiluvchanlik, o’z-o’zidan saralanishi, uyum zichligi, g’ovakligi va 
boshq.; 


65 
fizik-kimyoviy xossalari – urug’larning sorbtsion xossalari, issiqlik 
o’tkazuvchanligi, harorat o’tkazuvchanligi va x.k.; 
fiziologik 
(biologik) 
xossalari 
(urug’ 
massasini tashkil etuvchi 
komponentlarning biologik xususiyatlari bilan belgilanadi) – nafas olish, yetilish
gaz almashinuvi. 
Urug’ massasining tarkibi. Urug’ massasining asosiy hajmini ma’lum 
ekinning urug’i, turli o’lchamdagi begona o’simliklar urug’i, standart tomonidan 
ruxsat etilgan iflos aralashmalar, mikroorganizmlar va urug’ orasidagi havo tashkil 
qiladi. Bundan tashqari, urug’ massasida turli xil hasharotlar va zararkunandalar 
bo’lishi mumkin. Saqlashda urug’ massasiga tirik organizmlar majmuasi sifatida 
qaralishi lozim. Urug’ massasini saqlash uning tarkibiy qismlarining miqdoriga 
bog’liq. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling